2. Xalq og`zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar. O`zbek xalqi iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida muxim manbalardan biri – xalq ogzaki ijodi namunalari xisoblanadi. Bu namunalar jumlasiga dostonlar, xalq makollari va kushiklar kiradi. Tarixiy merosimizning noyob yodgorliklaridan biri Alpomish dostonidir. Bu doston shakllanganiga ming yildan ortikrok bulganligini dalillar tasdiklamokda. Shuning uchun xam Alpomish dostonining ming yilligi respublikamizda 2000 yilda keng nishonlandi. Asarning badiiy axamiyatidan tashkari iktisodiy karashlar xam muxim urin tutadi. Alpomish dostonidagi iktisodiy munosabatlar tarkibini kuyidagicha guruxlash mumkin:
1. Islom ta’limoti asosidagi iktisoliy munosabatlar. Bu munosabatlarning negizini zakot va juz’ya tulovlari bilan boglik masalalar tashkil etadi. Ya’ni Kungirot Elida xukmronlik kilgan Alpomishning otasi Boyburi bilan uning akasi Boysaribining zakot tulovi buyicha nizolardir. 2.Mexnat taksimotining riovjlanganlik darajasi. Dostondan kurinadiki usha davrga kelib chorvachilik tarmogi Kungirot eli ixtisoslashuvining kursatkichidir. 3. Tovar-pul va moliya tizimi munosabatlari. Dostonda keltirilishicha, kungirotliklarning tovar-pul munosabatlarida natura tulovlari ustuvorligi namoyon buladi. Kalmiklar davlatida esa daromod va xarajatlarni tartibga solish muxrdor lavozimi orkali yuritiladi. Muxrdor daromad va xarajatlar buyicha xisob kitoblar kilishda oksokollar tomonidan yigib topshiriladigan solik va yigimlarga tayanadi. Bu mamlakatda 500 ta oksokollik lavozimi joriy etilgan. Ularning maoshi tuplangan soliklardan bir kismini tashkil etadi. Sipoxiylar uchun esa 500 pul birligi mikdorida maosh tayinlangan. Muomila uchun ishlatiladigan pul birliklari kushni mamlakatlardagi zarb kilingan oltin va kumushlar ekanligi tugrisida ma’lumotlar berilgan. Soliklarning manbai bir tomondan yer soligi bulsa, ikkinchi tomondan esa savdo karvonlari va ichki bozordan olinadigan yigimlar xisoblanadi.
Umuman olganda xalq ogzaki ijodidagi asarlar millat tarixidagi iktisodiy munosabatlarni bayon etishda muxim manbalardan biri xisoblanadi. Uzbek xalqining makollari xam iktisodiy akidalarning tarkibiy kismini tashkil etadi. Demak, milliy iktisodiy tafakkurning umuminsoniy kadriyatlar bilan uygunligini ta’minlashda xalq ogzaki ijodi namunalaridan foydalanish muxim axamiyatga ega.
Adabiyotlar: Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., Sharq, 1998.
Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 101-121b.
Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. O`quv qo`llanma. T., O`zbekiston, 2003. 40-47b.
Amaliy iqtisodiyot: / O`quv qo`llanma/ Tarjimonlar I. Fozilov va boshqalar. «Sharq» 1996 14b.
R.Qarshiyev., A.To`xtamishev. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Ma‘ruzalar matni. SamKXI, 2000y.