Islom ta`limoti reja: Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari va Kalom falsafasi. Tasavvuf (sufizm) ta`limoti va tariqatlari



Download 57.15 Kb.
bet1/2
Sana13.02.2020
Hajmi57.15 Kb.
  1   2
ISLOM TA`LIMOTI

REJA:

1.Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari va Kalom falsafasi.

2.Tasavvuf (sufizm) ta`limoti va tariqatlari.

3.O`zbekiston allomalarining islom ta`limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari.
Tayanch tushunchalar: Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari. Islom falsafasi olam va odamning yaratilishi, inson hayotining mazmuni, ezgulik va yovuzlik kurashi to`g`risida. Kalom falsafasi. Imom Moturidiy ta`limoti. Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari. Abu Homid G`azzoliy, Ibn Rushd falsafiy ta`limotlari. Tasavvuf (sufizm) ta`limoti va tariqatlari. O`zbekiston allomalarining islom ta`limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari.

6.1.Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari va Kalom falsafasi. Aqida (arab tilida “aqd” - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog’lash, bir-biriga bog`lash ma’nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.) – balog’atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog’lab olib undan ajralishi mumkin bo’lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog’liq. Agar aqidasi pok bo’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi, qilgan barcha amallari qabul bo’ladi va bandalik bilan sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar aqidasi sof bo’lmasa, buzuq bo’lsa, yo’li noto’g’ri bo’ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo’ladi. Aqida masalasi o’ta muhim bo’lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg’ambar Muhammad (s.a.v)gacha bu masalani Alloh taoloning o’zi ko’rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo’lib kelgan.

Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi ko’rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo’nalishi ilohiyotda e’tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta:

1 – Allohning yagonaligiga ishonish;

2 – Farishtalarga ishonish;

3 – Muqaddas kitoblarga ishonish;

4 – Payg’ambarlarga ishonish;

5 – Oxiratga ishonish;

6 – Taqdirga ishonish;

7 – Qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish.


Shialik yo’nalishi ilohiyotida 5 ta aqida tan olinadi:

1 – Tavhid (Allohning yagonaligiga) ishonish;

2 – Nubuvvat (Payg’ambarga) ishonish;

3 – Adl (ilohiy taqdirning adolatligiga) ishonish;

4 – Imomat (Imomlar hokimiyatini tanish) ishonish;

5 – Maod (Oxiratga) ishonish;


Ash’ariylarkalomning asosiy yo’nalishlaridan biri – Ash’ariy maktabi tarafdorlari. Boqiloniy (1013 y. v.e.), ibn Furq (1015 y. v.e.), Abu Ishoq Isfaro’iniy (1027 y. v.e.), Abdul Qohir Bog’dodiy (1037 y. v.e.), Juvayniy (1085 y. v.e.), Shahristoniy (1153 y. v.e.), Faxriddin Roziy (1209 y. v.e.) taniqli vakillaridir.

Ash’ariy – Abul Hasan Ali ibn Ismoil (873-935) mashhur ilohiyotchi, kalomning Ash’ariylar maktabi asoschisi. Basrada tug’ilgan. Ash’ariy mu’taziliylarga qarshi diniy-falsafiy tizimni asoslash uchun Qur’on va Hadislarga qo’shimcha qilib falsafa va mantiq ilmidan kengroq foydalangan. Ash’ariy 100 ga yaqin asar yozgan bo’lib, ulardan eng mashhuri “Maqolat al-islomiyin” (“Musulmonlar ta’limoti”)dir

Ash’ariylarning dunyoqarashida aql diniy an’ana – naqldan ustun qo’yiladi. Ash’ariylarmoturidiylik tarafdorlaridan o’nlab aqidaviy masalalarda farq qiladilar. Masalan, Ash’ariylar Alloh o’z bandalariga toqatlaridan tashqari og’ir ishlarni ham buyurishi mumkin desalar, Moturidiylar esa mumkin emas deydilar. Ash’ariylar Allohni aql bilan tanish vojibligiga ham qarshi turadilar. Dalil keltira olmaydigan muqallid musulmonning imonini Ash’ariylar qabul emas deydilar. Imon ozayib-ko’payib turishi, amal imonning tarkibiy qismi deb qarash va boshqalar.

Ash’ariylarning qarashlarini eng avvalo Eronda (10 asrda) keng tarqalgan Shofi’iylik mazhabi tarafdorlari qabul qilganlar. Ash’ariyning o’zi tayangan Hanbaliylik tarafdorlari bu maktab dushmanlari bo’lib qolgan. Biroq Ash’ariylar ta’limoti Baqiloniy, G’azoliy va boshqalarning asarlari tufayli musulmon olamida katta ta’sirga ega bo’lib, kalomning eng keng tarqalgan oqimiga aylangan.

Aytish zarurki, diniy ta’limotda aqida va aqidaparastlik tushunchalarining maqsad va mohiyatini bir-biridan farqlash lozim.



Аqidаpаrаstlik (аrаb. - ishonch so’zidаn) – birоn g’оya yoki tаmоyilni mutlаqlаshtirib kоnkrеt оb’еktiv sharоitni hisоbgа оlmаgаn hоldа ko’r-ko’rоnа qo’llаsh buni ijtimоiy hаyotning istаgаn sоhаsidаn tоpish mumkin. Kеyingi dаvrlаrdа diniy аqidаpаrаstlik fаоllаshib kеtdi. Bаrchа dinlаrdа shak kеltirmаsdаn, muhоkаmа qilmаsdаn e’tiqоd qilish lоzim bo’lgаn fikrlаr – аqidаlаrni mutlаqlаshtirib ulаrni sаqlаb qоlishgа, tiklаshgа urinishlаr kuchаydi.

Kalom – (arabcha – ravon nutq, so`z, gap, jumla ma’nolarini bildiradi) islom ilohiyot ilmi. Mu’taziliylar paydo bo`lgandan keyin “aqida ilmining nomi “kalom” deb atala boshlangan. 8 asrda Arab xalifaligida paydo bo’lgan. Kalom islom diniy ta’limotini asoslashga harakat qiladi.

Kalom tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalom turli diniy-siyosiy guruhlar (xorijiylar, qadariylar, jabariylar, murji’iylar va hak.) paydo bo’lishi bilan bog’liq bahslar jarayonida vujudga keldi va taraqqiy qildi.

Ulamolar ilmi kalomning ta’rifida ham bir necha xil fikrlar aytganlar. Eng qadimgi ta’rif Abu Nasr Farobiyga tegishli bo’lib, u, “Kalom sinoati ila millatning asoschisi aytgan chegaralangan gap va ishlarga nusrat berilur va unga xilof qilgan barcha so’zlarni behudaga chiqarilur”, degan.



G’azoliy ilmi kalom haqida quyidagilarni aytadi: “U bir ilm bo’lib uning maqsadi ahli sunnaning aqidasini – ahli bid’atning tashvishidan muhofaza qilsh va qo’riqlashdir. Alloh taolo o’z bandalariga o’z payg’ambari tilida haq aqidani ilqo qildi. Unda ularning dini va dunyosining salohi bordir. Shuningdek, ular haqida Qur’on va xabarlar nutq qildi. So’ngra shaytonlar o’z vasvasasi ila bid’atchilarga sunnatga xilof ishlarni ilqo qildi. Ular o’sha ishlarni gapirdilar va ahli haqning aqidasini buzmoqchi bo’ldilar. Bas, Alloh bir toifa mutakallimlarni paydo qildi va ularning himmatini tartibga solingan kalom ila sunnatning nusrati yo’lida harakatga soldi. Shu orqali ahli bid’atning sunnatga xilof ravishda chiqargan aldamchiliklari fosh qilinadi. Ana shunday ilmi kalom paydo bo’ldi”.

Ilmi kalom paydo bo’lgan vaqtga kelib aqidaga oid masalalarga avvalgi vaqtlarga o’xshab faqat Qur’on va sunnatdan dalil keltirish bilan kifoyalanib bo’lmay qolgan edi. Qarshi taraf aqliy dalil keltirishni ham talab etardi.

Ilmi kalomga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor al-Ja’d ibn Dirham (742 yil qatl etilgan) ijodida uchraydi. U doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson salohiyati ojizlik qilgan hollardagina Qur’on oyatlarini ramziy-majoziy ma’noda talqin qilish mumkin, deb hisobladi. Uning shogirdi Jahm ibn Safvon (745 yil qatl etilgan) ustozining g’oyasini davom ettirdi. Jahmning qarashlari mu’taziliylarga yaqin bo’lgani bois odatda bu ikki ta’limotni bir-biridan farqlamaydilar.

Mu’taziliylarlarning kalom ilmi 9 asrning 1-yarmida ravnaq topdi. Ammo, xalifa al-Mutavakkil (847-861) davrida quvg’in ostiga olindi.

Ma’lum vaqtgacha sunniylikda - mu’taziliylarning falsafiy dalillariga qarshi kurashda g’oyaviy qurol ro’lini o’ynashi mumkin bo’lgan aqoidlar tizimi mavjud emas edi va faqat Qur’on va hadislarga havola qilish bilan cheklanilardi. Aynan mu’taziliylar o’zlarining mantiqiy-falsafiy isbotlash uslublari bilan haqiqiy islo yo’li shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatdi. Bunday tizim 10 asrga kelib ishlab chiqildi va uni Kalomni aqidaparastlar bilan murosaga keltirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan al-Ash’ariy (873-935) va al-Moturidiy (870-944) amalga oshirdilar. Natijada kalomning Ash’ariy va Moturidiylik maktablari vujudga keldi.

Mashhur musulmon ulamolari ilmi kalom haqida o’z zamonlari va bilimlariga qarab turlicha fikr bildirganlar. Imom Abu Hanifa ilmi kalomda “al-Fiqhul Akbar” nomli kitob yozgan va “dindagi fiqh – ilmdagi fiqhdan afzaldir. Chunki, dindagi fiqh asldir. Ilmdagi fiqh far’dir. Asl far’dan afzalligi ma’lumdir” degan.

Imom Molik, Ahmad ibn Hanbal, Jaloliddin Suyutiy va Ibn Abdul Barrlar ham bu ilm haqida salbiy fikrda bo’lganlar.

Imom Abul Hasan al-Ash’ariy ilmi kalomni madh etib kitob yozgan. Imom G’azoliy o’rtacha yo’l tutgan va ilmi kalomda yaxshi taraf ham salbiy taraf ham borligini ta’kidlab, u bilan faqat mutaxassis olimlar mashg’ul bo’lishi kerakligini uqtirgan. Bu fikrlarni tadqiq qilib o’rgangan olimlar, ilmi kalomni, xususan, undagi adashuvlarni tanqid qilganlar. Uni madh qilganlar esa, foydali taraflarini e’tiborga olganlar.shuning uchun uni foydali taraflaridan ko’p narsani o’rgansa bo’ladi, deydilar.

Boqiloniy (1013 y. v.e.), ibn Furq (1015 y. v.e.), Abu Ishoq Isfaro’iniy (1027 y. v.e.), Abdul Qohir Bog’dodiy (1037 y. v.e.), Juvayniy (1085 y. v.e.), Shahristoniy (1153 y. v.e.), Faxriddin Roziy (1209 y. v.e.) kabi ash’ariylar maktabining taniqli vakillari zohiran o’zlarini mu’taziliylarga qarshi qo’yib hanbaliylar bilan murosa qilishga intilgan bo’lsalarda, dunyoqarashi bo’yicha mu’taziliylarning aql-idrokiga asoslangan yo’lini davom ettirdi.

Kalomning ikkinchi yirik maktabi Moturidiylik ham mustaqil ravishda taraqqiy etdi. Ash’ariylar maktabi asosan shofi’iylar orasida tarqalgan bo’lsa, Moturidiylik ko’proq Hanafiylik doiralarida ko’plab tarafdorlarga ega bo’ldi va xususan, Movarounnahr musulmonlarining asosiy aqidasiga aylandi.

13 asrdan ilmi kalom Ibn Sino asos solgan sharq falsafasi bilan yaqinlasha boshladi. Natijada, Ibn Xaldun ta’biri bilan aytganda, kalom va falsafani bir biridan ajratish mushkul bo’lib qoldi. Bu hol Baydoviy (1286 y. v.e.), Isfahoniy (1349 y. v.e.), Ijiy (1355 y. v.e.), Taftazoniy (1390 y. v.e.), Jurjoniy (1413 y. v.e.)lar ijodida o’z ifodasini topdi.

Yangi va eng yangi davrlarda Jamoliddin Afg’oniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi musulmon islohotchilarining asarlarida kalom va ayniqsa, mu’taziliylar g’oyalari mafkuraviy asos vazifasini bajarib keldi. Vaqt o’tishi bilan islom olamida faqat ahli sunna va jamoaning ilmi kalom bo’yicha ta’limotlari hukm suradigan bo’ldi. Falsafa va boshqa fikriy mazhablar chiqqanidan so’ng ilmi kalom istilohining o’zi ham iste’moldan chiqib ketdi.



Imоn, shirk, kufr, qiyomat, jannat va do’zax tushunchalarining mazmun-mohiyati. Mаzkur mаsаlа yеchimi ko’p qirrаli. Qo’yilgаn mаsаlаni hаr kim o’z mа’nаviy dunyosi o’lchаmi bilаn o’lchаb, shungа yarаsha hаtti-hаrаkаt qilаdi. Insоnning chin mа’nоdаgi insоnligi- uning imoni, diyonаti, mеhr-оqibаti, pоkligi vа hаlоlligi, kаmtаrligi vа bоshqаlаr bilаn o’lchаnаdi. Bu umumiy tаrzdа insоniylik tushunchаsi bilаn ifоdаlаnаdi. Insоniylik esа fаqаt imonli insоnlаrdаginа bo’lаdi.Bu o’rindа hаmmа kishilаr uchun umumiy tаrzdа tеgishli bo’lgаn mаsаlаlаr ustidа bаhоli qudrаt fikr yuritаmiz.

Hаr birimiz imon tushunchаsining mоhiyatini to’g’ri аnglаb, tushunib оlsаk, imonni izоhlоvchisi bo’lgаn diyonаt, vijdоnlilik, insоf, mеhr-оqibаt, sаhоvаt, аdоlаtlilik, pоklik vа hаlоllik, kаmtаrlik vа bоshqа mа’nаviylik fаzilаtlаrining hаm mоhiyatini bilib оlаmiz. Fаqаt imonli kishilаrginа pоklik vа hаlоllik, diyonаt, ezgulik, mеhr-оqibаt, sаhоvаt, muruvvаt yo’lidа bo’lаdilаr. Shuning uchun imon tushunchаsini, uning mоhiyatini kеng qаmrоvli аsоsdа bаyon qilishni mаqsаdgа muvоfiq dеb bildik. Imon аrаbchа so’z bo’lib, lug’аviy mа’nоsi ishonch dеmаkdir. U insоn ruhiy оlаmining bоtiniy tоmоnini tаshkil etаdi.

Imon shaхsning o’z e’tiqоdigа tаyangаn hоldа bоshqаlаrning niyati, qilmish-qidirmishigа, o’zining ishlаrigа, hаtоlаrigа munоsаbаt bildirishdir. Imon hаyotdа to’g’ri yo’l tоpishning mеzоni hisоblаnаdi.

Imonli kishilаr Аllоhdаn qo’rqish, bаndаdаn uyalish nimа ekаnligini chuqur idrоk etgаnlаr. Аllоhni bir, Pаyg’аmbаrimizni (sаllаllоhu аlаyhi vаsаllаm) uning elchisi dеb bilish-imonning bоsh bеlgisi hisоblаnаdi. Imonli bo’lgаn kishilаr butun hаyotlаridа, ishlаridа, fаоliyatlаridа, uydа, ko’chаdа birоvgа, o’z оilаsigа munоsаbаtlаridа hаmisha to’g’ri vа hаlоl yo’l tutishgа intilаdilаr. Muоmаlа vа munоsаbаtlаridа g’аrаz bo’lmаydi., tа’mаdаn vа хаrоmdаn hаzаr qilаdilаr. Hаr ishlаridа fаqаt bu dunyoni emаs, охirаtni hаm o’ylаb ish tutаdilаr. Bаrchа аmаllаri vа hаtti-hаrаkаtlаrini shungа bo’ysundirishgа hаrаkаt qilаdilаr.

Shariаtdа esа Jаnоb Pаyg’аmbаrimiz Muhаmmаd аlаyhissаlоm (s.а.v.) Аllоh tаrаfidаn kеltirgаn bаrchа хаbаrlаrgа til bilаn iqrоr bo’lib, dil bilаn tаsdiqlаshgа imon dеyilаdi. Ya’ni Qur’оni Kаrim vа Hаdisi Shariflаr оrqаli Аllоh, jаnnаt, do’zах, qiyomаt kаbilаr hаqidа bеrilgаn хаbаrlаrgа ishonch imondir. Imonning diniy vа dunyoviy tаlqinlаri mаvjud.

Mа’nаviy-аhlоqiy fаzilаt sifаtidа esа imon fаqаt оdаmzоtgаginа хоs ruhiy hоdisа jumlаsigа kirаdi. Insоn, оdаmzоtdаn tаshqаri hеch bir mаhluqоtdа imonning o’rni-tаgi hаm yo’q. Binоbаrin, оdаmzоd jаmiki bоshqа jоnzоtlаrdаn birоn bir nаrsаgа ishonib, uni muqаddаs dеb bilishi, ya’ni imon kеltirishi bilаn аjrаlib turаdi. Imon kishi mа’nаviyatining, аhlоqining o’q ildizi, pоydеvоri, nеgizidir. Imondаn mаhrum kimsаning аqli nеchоg’li o’tkir, irоdаsi nаqаdаr cho’ng bo’lmаsin vа shulаr tufаyli o’zligidаn qаnchаlik mаg’rurlаnmаsin, u chinаkаm insоnlаr qаtоrigа hеch qаchоn kiritilmаgаn, kiritilmаydi hаm. Zеrо, imonsiz оdаm nа Аllоhdаn qo’rqаdi vа nа bаndаlаridаn uyalаdi. U o’z nаfsining itоаtkоr quli bo’lib, hаr qаndаy rаzоlаt vа pаstkаshliklаrdаn qаytmаydi. Аllоh hаmmаmizni shundаn аsrаsin. Buning uchun imon yo’lini tutishimiz lоzim.

Imonning mоhiyati аzаldаn оlаm vа оdаmzоtning kеlib chiqishi, оdаmning оlаmdаgi o’rni qаndаy, insоn umrining mа’nоsi nimаdа, zоti bаshar nimаgа dа’vаt etilgаn, u nimаlаrgа qоdiru, nimаlаrgа nоqоdir singаri muаmmоlаr tаshkil etib kеlаdi.

Hаmmа dinlаrdа imongа аlоhidа e’tibоr bеrilаdi. Imon bаrchа dinlаrning ustuni sаnаlаdi. Imonning diniy tаlqini hаm insоn fаоliyatini оqilоnа bоshqаrish, jаmiyat hаyotidа tinchlik, аdоlаt, insоnpаrvаrlik, hаlоllik singаri fаzilаtlаrni shakllаntirishgа qаrаtilgаn. Chunоnchi, zаrdushtiylik imoni uch tаyanchgа: niyat-fikrning sоfligigа, so’zning sоbitligigа, аmаllаrning insоniyligigа suyanаdi. Imonli kishi o’g’rilik vа tаlоnchilikdаn, o’zgаlаrning mоl-mulkigа ko’z оlаytirishdаn, birоvning hаqqigа hiyonаt qilishdаn, bоshqаchа аytgаndа, o’zligigа, ya’ni o’z imonigа хilоf, zid ish qilishdаn o’zini tiya bilаdigаn kоmil insоndir. Imonli оdаmgа yuqоridа qаyd etilgаn hоdisаlаrni qilmа, gunоh bo’lаdi dеb tаrg’ib qilishning hоjаti yo’q.

Bundаn 1400 yil muqаddаm Аllоhning irоdаsi bilаn Muhаmmаd аlаyhissаlоm fаоliyatlаri tufаyli bunyodgа kеlgаn islоm tа’limоtigа ko’rа, islоmiy imon mоhiyatini Qur’оni kаrimning quyidаgi surаsi оchib bеrаdi: “Chin ko’nglim bilаn imon kеltirdim: Аllоhi tаоlоgа vа uning fаrishtаlаrigа vа uning kitоblаrigа vа uning pаyg’аmbаrlаrigа hаm bu dunyo yo’q bo’lib охirаt kuni bo’lmоg’igа vа qаdаrgа, ya’ni yaхshi vа yomоn ishlаr hаr qаysisi Аllоhi tаоlоdаn bo’lmоg’igа vа o’lgаndаn so’ng qаbrdаn tirilib vа bulаrning hаmmаsi hаqiqаt ekаnigа. Dilim bilаn guvоhlik bеrurmаn, аlbаttа Аllоhdаn o’zgа mа’bud yo’qdir. Yanа guvоhlik bеrаmаn, аlbаttа Muhаmmаd Аllоhi tаоlоning bаndаsi vа bаrchа bаndаlаrigа din аhkоmlаrini o’rgаtmоq uchun yubоrilgаn pаyg’аmbаridur”.

Qur’оni kаrimdа imonli оdаmlаrning bеlgilаri quyidаgichа tаvsiflаnаdi. Ulаr mo’min, rоyish, yuvоsh, itоаtkоr, quruq so’zlik (mаhmаdоnаlik)dаn qоchuvchi, pоklikkа intiluvchi, shartnоmаlаrigа riоya etuvchi, itоаtgа аmаl qiluvchilаrdir.

Hоzirgi kundа еr yuzidа diniy imonning bir qаnchа turlаri bo’lib, jаhоn аhllаri аrо kеng tаrqаlgаni to’rttаdir: islоmiy imon,buddаviy imon, iudаviy imon, isоviy imon.

Husаyn Vоiz Kоshifiyning ko’rsаtishichа, imongа zаmin bo’lаdigаn аsоsiy islоmiy jihаtlаr quyidаgilаrdir:

1.Оlаmni, insоnni yarаtuvchi zоt Аllоhgа ishonish;

2.Bаrchа insоnlаrni Hаq yo’ligа dа’vаt qiluvchi pаyg’аmbаrlаrgа ishonish;

3.Аllоhning fаrishtаlаrigа ishonish;

4.Pаyg’аmbаrlаrgа yubоrilgаn muqаddаs kitоblаrgа ishonish;

5.Qiyomаt kuni qаytа tirilishgа ishonish;

6.Охirаtdа bu dunyodаgi yomоn, yaхshi ishlаrigа jаvоb bеrish zаrurligigа ishonish;

7.Tаqdirgа ishonish vа Аllоh nаsib etgаn rizq-ro’zgа, nе’mаtlаrgа, mаshaqqаtlаrgа rоzilik bildirish.

Yuqоridаgi fikrlаrdа islоmiy imоnlilikning mеzоnlаri o’z ifоdаsini tоpgаn. Bulаr imonlilikkа аsоs bo’lаdigаn mа’nаviy оmillаr sаnаlаdi. Diniy imon yo’nаlishlаri хilmа-хil bo’lgаn hоldа mаzmunаn оliy bir ibtidоgа ishonch ruhining qаlbdа qаrоr tоpishidаn kеlib chiqib dunyoni аnglаshdir. Ya’ni bu imon turlаri mаzmun jihаtdаn fаrqlаnsа-dа, аmmо mоhiyatаn birdir. U hаm bo’lsа, birоn-bir nаrsа vа g’оyani bеnihоya sharifu muqаddаs, аzizu mukаrrаm bilib, kundаlik fаоliyat vа hulq-аtvоrdа аnа shu e’tiqоddаn kеlib chiqib, hаtti-hаrаkаt qilishdаn ibоrаtdir. Binоbаrin, jаmiki imon turi kishi аmаliy fаоliyati vа hulq-аtvоri dаsturi sifаtidа nаmоyon bo’lаdi.
6.2.Tasavvuf (sufizm) ta`limoti va tariqatlari. Tasavvuf. Mistisizm, mistika so’zlari qadimiy yunon tilidagi mistikos - yashirin, sirli ma’nolaridagi so’zdan olingan bo’lib, ilohiyot bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot. Bu ta’limot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori bo’lgan sirli aloqasi bo’lib, uning natijasida insonda Xudoni bilish hosil bo’ladi. Qadimiy Sharq va Yunon dinlarida ham insonni g’ayritabiiy kuchlar bilan bog’laydigan urf-odatlar (misteriyalar) – mistisizm elementlari bor edi. Yakkaxudolik dinlarining barchasida mistisizm elementlari mavjud. Hayotning barcha sohalariga diniy e’tiqod tegishli bo’lgan o’rta asrlarda uning roli katta bo’ldi.

Feodalizm davrida mistisizmning ikki yo’nalishi – mavjud bo’lib, ular ortodoksal­cherkov mistisizmi va eretik mistisizm edi. Birinchisiga ko’ra inson butunlay Xudoning hukmiga bo’ysungan bo’lib, uning xohishiga qarab unga etishishi mumkin bo’lsa, ikkinchisining ta’limotiga ko’ra inson o’z harakatlari bilan ham Xudoga etishishi mumkin deyiladi.

Sufiylik – islomdagi mistik­asketik oqimdir. Sufiy yoki mutasavvif so’zlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Sufiy mualliflari ko’pincha uning kelib chiqishini SFV (sof bo’lmoq) o’zagidan yoki «ahl as­suffa»ga tegishli deb ta’kidlaydilar. Farbiy Evropa tadqiqotchilari to XX asrga qadar uning kelib chiqishini Yunoncha sofia - «hikmat» so’zidan kelib chiqqan degan fikrga moyil bo’lishgan. Endilikda o’rta asr musulmon olimlari ta’kidlagan bu so’zning «suf» (jun) so’zidan kelib chiqqanligi haqidagi fikrlari umum qabul qilingan fikr hisoblanadi. Chunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag’al jundan kiyim kiyishlari edi. Shimoliy Arabiston va Suriyada xristianlikning turli sektalariga mansub jahongashta monax va anaxoretlarni sufiy deb atalar edi, degan ma’lumotlar ham bor.

Sufiylikning paydo bo’lishi va shakllanishi. Tasavvufga asos bo’lgan tarkidunyochilik kayfiyatlari deyarli islom bilan bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg’ambar a.s.ning Abu­d­Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vag’otlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi asketik­mistik oqimning shakllanishi VIII asrning o’rtalari IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, shu jumladan islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda sufiy yoki at­tasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o’rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so’zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistik­asketik oqimning paydo bo’lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi birinchi ikki asr davomidagi siyosiy­ijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma’naviy­g’oyaviy izlanish va boshqa dinlarning, xususan xristianlikning ta’sirini ko’rsatish mumkin.

Ilk davr sufiylarining, aniqrog’i zohid va obidlarining o’ziga xos xususiyatlaridan - Qur’oni Karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur’on va Payg’ambar a.s. sunnatlariga qat’iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o’tkazish, kunduzlari ro’za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o’zini uzoq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara), o’zini Alloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va hokazolarni ta’kidlash mumkin. Jumladan, faqr, rizo, sabr xususiyatlari ularga xos edi.

Sufiylik ta’limotlari mu‘taziliylardagi mavhum ilohiyotga oid fikrlar, obro’li shaxslarga ko’r­ko’rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so’zma­so’z itoat etishdan farqli o’laroq, insonga asosiy ob’ekt sifatida qaraydi: insonning amallarini boshqaradigan ruhoniyatining mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy kechinmalarga e’tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish ularga xos xususiyatlardan edi. Shuning uchun ham ziyrak psixolog, «‘ilm al­qulub va­l­xavotir» - «qalblar va fikrlar ilmi»ga asos solgan al­Hasan al­Basriy bekorga sufiylikning asoschilaridan hisoblanmaydi.

Al­Hasan al­Basriyning ashoblari, basralik zohidlar - Raboh ibn ‘Amr, Rabi‘iy al­‘Adaviy, ad­Doroniylarning (VIII­IX asrlar) va’z va ma’ruzalarida Allohga bo’lgan sof muhabbat, unga yaqinlashishga bo’lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo’ldi.

O’sha davrdan boshlab ular sufiylikka aniq mistik xarakter bag’ishlab, sufiylik mafkurasining o’ziga xos xususiyatiga aylandi.

IX asr davomida Tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg’in harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag’dod va Xuroson sufiylik maktablari eng nufuzli maktablar sifatida yuzaga keldi. Ularning namoyandalari avvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratar edilar. Ularning «ahvol», «maqomot»lariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta’limotlar kabi unga sufiy bosib o’tganida «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga yaqinlashishiga sabab bo’ladigan yo’l (tariq) sifatida qaradilar. «Niyatlar» haqidagi ta’limot yanada chuqurlashtirildi. Bunda o’z­o’zini nazorat (muroqaba, muhosaba) qilishga erishish uchun uning «ixlos» va «sadoqat» bilan bo’lishiga asosiy urg’uni berdilar. Bag’dodlik ilohiyotchi al­Muhosibiy tomonidan shakllantirilgan bunday ta’limotning Xurosonda ko’plab tarafdorlari topildilar va ularni «malomatiylar» deb atadilar.

Tasavvufda Allohga etishish faqatgina yuzini ko’rish bilan emas, unga qo’shilib ketish (fano’G’baqo’) bilan bo’lishi ham mumkin degan fikr ilgari surildi. Mansur al­Halloj, ibn ‘Ato, ‘Ayn al­Qudot al­Hamadoniy kabi kishilarning qatl etilishi boshqa sufiylarni xushyorlikka chaqirdi.

Tasavvuf - manbalarning keltirishicha, ba’zi musulmonlar kalom va mantiq ilmlaridagi turli ko’rinishdagi tortishuvlardan, quruq bahslardan o’z qalblarini saqlab, Alloh taoloning muhabbati yo’lida zuhd va taqvoni o’zlariga kasb qilib oldilar. Bu kabi kishilarga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy nomini olganlardan Abu Hoshim Shomiy (vaf. 160G’776-77 y.), tasavvuf usuliga birinchi marta sharh bergan kishi Imom Molikning shogirdi bo’lmish Zunnuni Misriy (vaf. 256G’869-70 y.), minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga chaqirgan kishi Shibliy (vaf. 334G’945-46 y.), tasavvuf usulini kengaytirib tartibga solgan kishi Junayd Bag’dodiy (vaf. 398G’1007-08 y.) edi. Ayollardan birinchi sufiy bo’lgan kishi Robi’a ‘Adaviyya (vaf. 135G’752-53 y.)dir. Umuman olganda tasavvufning rivojlanish yo’li islom tarixining ajralmas bir bo’lagidir.

Movarounnahrga sufiylik Eron orqali kirib kelgan. Movarounnahrda juda keng tarqalgan sufiylik oqimi aqoid olimi SHayx Abu Ya’qub Yusuf al-Hamadoniy (vaf. 535G’1140-41 y.) maktabidan boshlangan. Yusuf Hamadoniyning maktabi ikki tarmoqqa ajralgan edi.

Birinchisi, «Xuroson madrasasi» ya’ni, shahar va shahar atroflarida rivojlangan va xalq orasida keng tarqalgan. Bu oqimga Xoja Yusuf Hamadoniyning mashhur shogirdi Xoja ‘Abd al-Xoliq al-Fijduvoniy (vaf. 1179 y.) murshidlik qilgan. Keyinchalik bu oqimga Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband (1318-1389) murshidlik qilgan va bu davrda naqshbandiyya tariqati butun islom olamiga tarqalgan.

Ikkinchisi, Shayx Ahmad Yassaviy (1105- 1166) va uning shogirdlari nomi bilan bog’liqdir. Ahmad Yassaviy sufiylik tariqatining targ’ibotchisi bo’lish bilan birga shoir ham edi. U qadimiy o’zbek (turkiy) tilida ijod qilgan. Yassaviy asarlari majmuasi 1878 yili nashr etilgan «Devoni hikmat» nomi bilan ma’lum. Bu asar islom mafkurasining sodda ig’odasi bo’lib, sufiylik asoslarini targ’ib qiladi. Uning fikricha, dunyoning noz-ne’matlarini so’ragan kishi sufiy emas, balki zuhd va taqvoni ixtiyor etib, umrini toat-ibodat hamda yig’i bilan o’tkazgan kishi sufiydir. Uning «Hikmat»i xalq orasida mashhurdir. Yassaviyya tariqati XII asrda Movarounnahrda paydo bo’lgan va Eronga ham keng yoyilgan. Yassaviylik ruhiy osoyishtalikka, sufiylik yo’liga kirishga, pirning rahbarligida «kamolot» sari borishga da’vat etgan. Yassaviyya keyinchalik naqshbandiyya tariqati bilan birlashib ketgan.

Аbu Hоmid Muhаmmаd G’аzzоliyning ko’rsаtishichа, imon “..pаyg’аmbаrlаr kеltirgаn hukmlаrni til bilаn аytib, dil bilаn tаsdiqlаb, а’zоlаri bilаn аmаl qilmоqlikdаn ibоrаt... Аmmо imon bilаn jаnnаtgа erishgunichа bаndа ro’pаrаsidа qаnchаdаn-qаnchа bаlаnd, mаshaqqаtli dоvоnlаr bоr. Ushbu dоvоnlаrdаn оshib o’tmаy Аllоh vа’dа qilgаn jаnnаtgа tushmоq dushvоr. O’sha dоvоnlаrning eng аvvаli vа eng хаtаrlisi “Imon tоg’i”dir. Chunki, hаr bir bаndа umri pоyonigа imonni shaytоn dаstidаn sаlоmаt еtkаzа оlurmi yo yo’q, hаmmа gаp аnа shundа”1.

Imon tоg’i insоn qаlbidа. Bu tоg’ insоnning fоyniy dunyodа оdаmlаr bilаn hаlоl, yuksаk аhlоq, оdоb nеgizidа muоmаlа qilа bilishligi, munоsаbаtdа bo’lishi, hаyotdа o’z o’rnini tоpishi, mаvjud sharоitlаr vа imkоniyatlаrgа ko’nikishi, ulаr ichidа chоrа-tаdbir bilаn yo’l tоpа bilishini ifоdаlаydi. Umumаn, imonlilik insоn Аllоhning nоmini diligа jо qilib, muqаddаs kitоblаrdа аytilgаn аhlоqiy, huquqiy qоidаlаrgа, hаyot tаjribаsi sаbоqlаrigа tаyanib hаyotdа o’z o’rnini tоpа bilishi, hаlоl mеhnаt qilib, bоshqаlаr bilаn аdоlаtli munоsаbаtdа bo’lа оlishidir. Bаhоvuddin Nаqshbаndning “Dilingdа хudоning nоmi bo’lsin, qo’ling ish bilаn bаnd bo’lsin”, dеgаn fikrlаridа imonning diniy vа dunyoviy jihаtlаri uyg’un hоldа оlingаn.

Imon tushunchаsining dunyoviy vа diniy mоhiyatini аnglаb оlish uchun kоmil musulmоnlikning shartlаri to’g’risidа аytilgаn quyidаgi fikrlаr hаmmа uchun ibrаtdir. Bu o’rindа Muhаmmаd pаyg’аmbаrimiz (s.а.v.)ning so’zlаri diqqаtgа sаzоvоr: “Musulmоni kоmil bo’lishingiz, bir-birlаringizgа muhаbbаt qo’yishingiz shart. O’rtаngizdа muhаbbаt pаydо bo’lishi uchun sаlоmni оshkоrа bеringiz vа bir-biringizgа jаhl qilishdаn sаqlаningiz, jаhl tаrаshlаguvchidir, ya’ni u sоchni tаrаshlаmаydi, bаlki dilni tаrаshlаydi... Rоst gаpiringlаr, chunki rоstgo’ylik yaхshilikkа bоshlаydi... Bir-biringizgа аkа-ukа bo’linglаr, uch kundаn оrtiq ginа sаqlаmаnglаr... Hаr bir shirin so’zingiz hаm bir sаdаqаdir... Bеtоblаrni bоrib ko’rish hаm Аllоhning rаhmаtigа erishishdir”2.

Bulаr insоn mа’nаviy fаоliyatigа yo’nаlish, imonigа mаzmun bеrаdigаn hukmlаrdir.

Hаdislаrdа Vаtаnni sеvish, hаyoli bo’lish, kаmsuхаnlik hаm imonlilikning ko’rinishi sifаtidа tаsvirlаngаn. Vаtаnni sеvish milliy, ijtimоiy-siyosiy hоdisаdir.

Mаshhur shoir So’fi Оllоyor imonning insоn аmаliyotigа tа’sirini quyidаgi misrаlаrdа bаyon etgаn:

Аmаlning nаf’i hаm imon bilаndir,

Qаchоn yolg’iz аmаl qilg’оn bilаndir.

Nа’uzu billоh, imоnsiz kishini

Qаbul etmаs хudоyim bir ishini3

Аlishеr Nаvоiy hаm imon tushunchаsi hаyolilik, vаfо vа vаfоdоrlik, sаhоvаtlilik kаbi аhlоqiy qаdriyatlаr bilаn bоg’liqligini quyidаgi misrаlаrdа bаyon etgаn:

Uch qism ilа imongа binо fаhm аflа,

Аvvаlgisini аning hаyo fаhm аylа.

Ikkinchisini dоg’i vаfо fаhm аylа,

Uchinchisini, bilmаsаng, sаhо fаhm аylа.4

Аmir Tеmurning “Tuzuklаr”idа hаm imon insоnning bоshqа оdаmlаr bilаn munоsаbаtigа mа’nаviy аsоs bo’lаdigаn аhlоqiy qаdriyatlаr tizimigа kiritilаdi. Buyuk sоhibqirоnning ko’rsаtishichа, imon оdаmgа insоniylik fаzilаtlаrini bаg’ishlоvchi, uni bоshqа jоnli zоtlаrdаn fаrqini bеlgilоvchi mа’nаviyat bo’lib, ungа birоvlаrgа hiyonаt qilmаslik, elu- yurti, qаrindоsh-urug’lаri, yoru do’stlаri, оru nоmusini еrgа urmаslik vа himоya qilishlik, hаlоllik vа pоklik kаbi mа’nаviy fаzilаtlаrni kiritgаn.

Imon shaхs mа’nаviy-ruhiy оlаmidа qаysi yo’nаlishdа qаrоr tоpmаsin, uning sharti аsоsаn bittаdir. Ya’ni imonli оdаmning so’zi bilаn ishi bir bo’lаdi. Bundаy insоn hаr qаndаy sharоitdа o’z so’zi vа аhdnоmаsidа turаdi. Аgаr shundаy qilmаsа, vijdоn аzоbidа qоlаdi vа o’zini-o’zi sirа kеchirmаydi. Dеmаk, vijdоn, hаlоllik, pоklik, rоstgo’ylik, insоf-diyonаt, sаhоvаt, muruvvаt, аdоlаt, хаlq, vаtаn ishqi bilаn yashash fаqаt imoni butun оdаmlаrgаginа хоs fаzilаtdir.

Diniy imon bilаn birgа insоn tаjribаsi, bilimi tufаyli yuzаgа kеlgаn dunyoviy imon hаm bоr. Dunyoviy imon mаzmunini оlаm vа оdаm hаqidаgi so’nggi ikki yarim ming yil mоbаynidа kаshf etilgаn ilmiy-fаlsаfiy bilimlаr, mеhnаt аhlining to’plаgаn hаyot tаjribаsi, ijtimоiy хоtirаsi, turli-tumаn udumlаr, urf-оdаtlаr, rаsm-rusumlаr, аn’аnаlаr vа ulаr zаmiridаgi bilimlаr tаshkil etаdi. Dunyoviy imonning o’zаgi оdаmiylikdаn ibоrаt bo’lib, uning tаrkibigа kirаdigаn unsurlаr, qirrаlаr, jihаtlаr g’оyat turli-tumаndir. Оdаmiylik dеgаndа хаlqimiz uzоq tаriхi dаvоmidа turli sinоvlаrdаn o’tib sаyqаl tоpib kеlаyotgаn vа fаqаtginа ijоbiy fаzilаtlаr tаrzidа e’zоzlаnаdigаn mа’nаviy-аhlоqiy qаdriyatlаrni tushunsаk bo’lаdi. Оdаmiylik g’оyasi хаlqimizning butun turmush tаrzigа, urf-оdаtlаri hаmdа аn’аnаlаrigа, uning mislsiz bоy оg’zаki vа yozmа ijоdigа, mumtоz аdаbiyotimiz vа sаn’аtimizgа singib kеtgаn bo’lib, hоzirchа chuqur o’rgаnilib umumlаshtirilgаni yo’q.

Dunyoviy imon оdаmlаrni to’g’ri yo’ldаn bоrishgа qаrаtilgаn mа’nаviy qаdriyatlаr tizimidir. Imonli bo’lishning mоhiyatini hаyo, аndisha, shirin so’zlilik, hаlоllik vа аdоlаtlilik, оr-nоmuslilik, vijdоnlilik, vаfоdоrlik, mеhnаtsеvаrlik, sаhоvаtlilik, mеhr-muhаbbаtlilik, hаyr-ehsоnlilik kаbi аhlоqiy qаdriyatlаrdаn ibоrаt ekаnini ko’rаmiz. Dеmаk, imon kоmil insоnnnig yеtuk mа’nаviy fаzilаtlаri mаjmuidir.

Imonsizlik esа vijdоnsizlik, e’tiqоdsizlik, tubаn yo’llаrgа yurish, аhlоq, оdоb, insоnpаrvаrlik qоidа vа tаlаblаrigа riоya qilmаslikdir.

“Оdаm bo’lish оsоn, оdаmiy bo’lish qiyin”, “Оtаng bоlаsi bo’lmа, оdаm bоlаsi bo’l”, “O’zinggа rаvо ko’rmаgаnni bоshqаgа hаm rаvо ko’rmа”, “Yomоn o’z g’аmidа, yaхshi – el g’аmidа” singаri hikmаtlаrdа аjdоdlаrimiz аrdоqlаgаn insоniylik qаdriyatlаrining bir zаrrаsiginа аks etgаn, хоlоs.

Diniy vа dunyoviy imonning mоhiyatidа аndаk tаfоvut bo’lsа hаm, ulаrning mаzmuni vа shakliy tuzilishi bir хil. Chunоnchi, diniy imondа hаmmа nаrsаni yarаtguvchi zоt Аllоhgа, dunyoviy imondа esа оdаmiylikkа, chin insоniylikkа urg’u bеrilаdi. Ulаrning hаr ikkоvi hаm аslidа kishini chinаkаm, bоsh hаrflаr bilаn yoziluvchi INSОN bo’lib tаrbiya tоpishigа qаrаtilgаn.

Imonli оdаm bоshqаlаrning diligа оzоr bеrmаydi, bаlki оdаmlаr qаlbigа nur, ziyo ulаshadi, ulаrni fаqаt yaхshi, ezgu аmаllаrgа o’rgаtаdi.

Shuni аlоhidа tа’kidlаsh kеrаkki, mustаmlаkаchilik vа qаtаg’оnlik, qаrаmlik vа tоbе’lik yillаri hаlqimizning ming yillаr аvоmidа tаrkib tоpgаn hаm diniy, hаm dunyoviy-аhlоqiy imonigа qаqshatqich zаrbа bеrildi. Оlis mоziydаn quvvаt оlib tоbоrа rаvnаq tоpib kеlаyotgаn diniy imon nаzаriy jihаtdаn kоmmunistik mаfkurаning аshaddiy dushmаni dеya e’lоn etilib, аmаliy jihаtdаn аyovsiz tа’qib vа tаzyiq оstigа оlindi, turli yo’llаr bilаn tаhqirlаndi. Imonigа sоdiq bo’lgаn minglаb dindоrlаr, аvvаlо ruhоniylаr jismоnаn yo’q qilib yubоrildi.

Dunyoviy imon esа mаsh’um sinfiylik mеzоnigа sоlinib sохtаlаshtirildi, buzib tаlqin etildi. Оqibаt shungа оlib kеldiki, hаttо eng yaqin tug’ishgаnlаr, ya’ni, оtа-оnа, аkа-ukа, оpа-singillаr – hаmmа-hаmmаsi bir-birigа аshaddiy dushmаn qilib qo’yildi. 70 yil mоbаynidа kishilаrimiz hаm diniy, hаm dunyoviy imonigа zid g’аyriinsоniy ruhdа tаrbiyalаnib kеldi.Millаtimiz kishilаri оrаsidа o’z imonigа qаrshi zаmоnа zo’rаvоnlаrigа yaltоqilik, хushomаdgo’ylik, chаqimchilik, tа’mаgirlik, pоrахo’rlik, g’irrоmlik, хiyonаtkоrlik, riyokоrlik, хullаs til bilаn dilning, dil bilаn аmаlning bоshqа-bоshqаligi, imonigа zid singаri аhlоqiy illаtlаr bоlаlаb kеtdi. Diniy vа dunyoviy imon mаyib-mаjruh hоlаtgа kеltirildi.

Imon kishilik hаyotidа shu qаdаr hаl etuvchi mаvqеgа egаki, usiz chin mа’nоdаgi insоn hаm, аhlоq hаm, dеmаkki jаmiyat hаm bo’lmаydi.

Imonli bo’lishgа intilish qiyin hаmdа mаshaqqаtlidir. Imonli оdаm bаrchа qiyinchilik vа mаhrumliklаrgа оngli rаvishdа bаrdоsh bеrgаn hоldа hаlоl-pоklik, insоf-diyonаtlilik, sахiylik, ezgulikni ulug’lаsh vа yovuzlikkа qаrshi kurаsh, vаtаnpаrvаrlik, хаlqpаrvаrlik kаbi fаzilаtlаrni o’zidа gаvdаlаntirishgа hаrаkаt qilаdi vа shungа erishadi. U mа’nаviy bоylik vа go’zаllikni mоddiy to’kin-sоchinlikkа аslо qurbоn qilmаydi. Оdаmlаr uchun yashash, ulаrning dilini o’rinsiz оg’ritmаslik, birоvning hаqigа хiyonаt qilmаslik imonli insоnning hаyot dаsturidir.

Yuqоridа аytgаnimizdеk, dunyoviy imondа ko’prоq insоn аhlоqidаgi оdаmiylikkа urg’u bеrilаdi. Kundаlik hаyotdа imon so’zi kеng qo’llаnilаdi. Bundа dunyoviy imon mа’nоsi ko’zdа tutilаdi. Chunоnchi хаlqimizdа аyrim kishilаrning o’tа аhlоqsizlik hаtti-hаrаkаtigа nisbаtаn “imonsiz” dеgаn hаqоrаtоmuz ibоrа ishlаtilаdi. Bu hаqоrаt zаmiridа Аllоhgа ishonch-e’tiqоdi yo’q, хudоdаn, dindаn qаytgаn, хudоsiz mа’nоlаridаn tаshqаri vijdоnsiz, vijdоnfurush, yarаmаs, rаzil, diyonаtsiz kаbi dunyoviy imon mаzmuni hаm аks etgаn. Bu shundаy оg’ir diniy vа dunyoviy hаqоrаtki, o’tmishdа shu hаqоrаtgа аsоssiz duchоr bo’lgаn оriyatli kishilir hаqоrаt etuvchi kimsа ustidаn qоzigа shikоyat qilishgаchа bоrgаn. Imoni yo’q kishilаr esа mаhаllа-ko’ydа, yaqin kishilаri оrаsidа lа’nаtlаngаn hisоblаngаn, undаy kishilаr bilаn muоmаlа qilinmаgаn, охir-оqibаtdа оriyati dоsh bеrоlmаsа ko’chib kеtishgаchа bоrilgаn...

Dеmаk, imon insоn hаyoti vа fаоliyatigа аsоs bo’lаdigаn diniy vа dunyoviy mа’nаviy-аhlоqiy qаdriyatlаr tizimidir.

Imonni fаqаtginа tаriхiy qаdriyatginа emаs, bаlki hоzirgi kunimizdа hаm insоn kаmоlоtigа bеvоsitа dахldоr bo’lgаn mа’nаviyat dеb qаrаshimiz lоzim.

O’zbеksitоn mustаqilligini mustаhkаmlаshgа hissа qo’shayotgаn fuqаrоlаrning imoni mustаqillik ishigа fidоyilik, millаtpаrvаrlik, vаtаnpаrvаrlik, bаynаlminаlchilik, pоrlоq kеlаjаkkа ishonch, dаvlаtimiz rаmzlаrigа sаdоqаt, milliy g’urur vа iftiхоr tuyg’ulаrini o’zidа tаrbiyalаsh, ishbilаrmоnlik, tаdbirkоrlik singаri yangi аhlоqiy qаdriyatlаrni o’zidа nаmоyon etishidаn ibоrаt.

Imonli оdаm kоmil insоn bo’lаdi. Imon kоmil insоnlikni ifоdаlоvchi bаrchа mа’nаviy fаzilаtlаrni o’z ichigа оlаdi.

Zаmоndоshimiz bo’lmish оdаmlаrni, Siz kаbi yoshlаrni imonli sifаtidа quyidаgichа tаvsiflаshimiz mumkin: e’tiqоdli, o’zining аniq mаslаgigа egа, vаtаnpаrvаr, insоnpаrvаr, tаqvоdоr, hаmiyatli, оriyatli, оr-nоmusli, sharm-hаyoli, vijdоnli, аndishali, insоfli, kаmtаrin, hаlоl vа pоk, to’g’ri so’z kаbi fаzilаtlаr sоhibidir.

Dеmаk, insоniylikning muhim shartlаri – diyonаtlilik, mеhr-shafqаtlilik, pоklik vа hаlоllilikni imon tushunchаsi o’z ichigа оlаdi. Chunki, fаqаt imon sоhibi bo’lgаn insоndаginа diyonаt, mеhr-shafqаt, pоklik vа hаlоllik bo’lаdi. Imonsiz kishilаrdаn uni kutish mumkin emаs. Аnа shu vа bоshqа fаzilаtlаr bo’lmаgаni uchun hаm bа’zi оdаmlаrgа nisbаtаn imonsiz so’zini ishlаtаmiz.

Endi shaхs mа’nаviy fаzilаti imonlilikning bа’zi tushunchаlаrini izоhlаshgа o’tаmiz. Ulаrning mаzmuni, mоhiyati v аmаliy аhаmiyatini chuqur аnglаb оlmоqlik vа o’zimizning kundаlik hаtti-hаrаkаtimizdа аmаl qilmоqlik bizni hаr dаmdа yuksаk insоniylikkа, kоmillikkа tоmоn eltаdi, dеmаkki imonimiz mustаhkаmlаnа bоrаdi. Imonning bоshi – tаqvо. Tаqvо – hаr nоto’g’ri ishgа qo’l urishdа – Аllоhdаn qo’rqish, yomоn ishlаrdаn sаqlаnish. Аllоhdаn qo’rquvchi bаndа оilаdа, jаmiyatdа hаlоl yashaydi, hаrоmgа qo’l urmаydi, охirаtdа jаvоb bеrishini o’ylаb, birоvning hаqigа хiyonаt qilmаydi, to’g’ri bo’lаdi, pоrахo’rlik qilmаydi, qаsаmхo’r bo’lmаydi, birоvni аldаmаydi, yolg’оn gаpirmаydi, kishilаrgа, vаtаngа hiyonаt qilmаydi vа bоshqаlаr. Ilоhi hаmmаmizgа hаm tаqvоdоr bo’lish nаsib etsin. Bu o’zimizgа bоg’liq. Sharm-hаyo hаm imonlilik bеlgisi sаnаlаdi. Sharm – hаr bir оdаmning nоjo’ya, yomоn hаtti-hаrаkаtlаrdаn o’zini tiya оlish, uyalish hissi. Hаdisi shariflаrdа аytilishichа, оdаm eng аvvаlо, o’zidаn uyalishi kеrаk. Nоjo’ya, yomоn qilmishi, hаtti-hаrаkаti uchun o’zidаn uyalgаn оdаm o’zgаgа hаm nоjo’ya hаtti-hаrаkаtni rаvо ko’rmаydi. O’zidаn uyalmаgаn оdаmdа sharm bo’lmаydi. Dеmаk, sharm оdаm o’z nоjo’ya hаtti-hаrаkаti uchun o’z vijdоni, diyonаti оldidа jаvоb bеrish hissi, dеsаk bo’lаdi.

Hаyo – bu o’zbеkchа uyat dеmаkdir. Hаyosiz, bеhаyo dеyilgаnidа, uyatsiz ish qilgаndа hijоlаt chеkmаydigаn, оdоb-аhlоqsiz kishi tushunilаdi. Hаyo erkаk kishigа nisbаtаn аyollаrdа tаbiаtаn ko’prоq bo’lаdi. Erkаk kishi bеmаlоl аytаdigаn bа’zi so’zlаrni, hаtti-hаrаkаtlаrni аyollаr turli аndisha vа uyalish tufаyli аytа оlmаydilаr, hаyo ulаrgа yo’l bеrmаydi. Hаyoli bo’lish, bu fаqаt uyatli so’zni аytmаslikdа emаs. U bundаn hаm ko’rа kеngrоq mа’nо vа mаzmungа egа. Sharm-hаyoli bo’lish insоnni hаyvоn singаri tubаnlаshib kеtishdаn sаqlаydi. O’z nоjo’ya hаtti-hаrаkаtidаn uyalish hissi fаqаt оdаmlаrgаginа хоs хususiyat. Fаrzаndlаrimizni sharm-hаyoli qilib tаrbiyalаsh оilаdаn bоshlаnаdi. Prеzidеntimiz tа’biri bilаn аytgаndа, оilа-mа’nаviyat qo’rg’оni.5 U milliy tаrbiyamizning muhim jihаtini tаshkil etаdi.

Imonli bo’lishning bеlgilаridаn biri оr-nоmus hisоblаnаdi. Оr qilish оdаmning o’zigа nоmunоsib yoki ep ko’rmаgаn ishdаn, nаrsаdаn hijоlаt tоrtish, uyalish, uyat vа nоmus qilish tuyg’usidir. Оr yanа birоr nаrsаdаn hаzаr qilishni hаm bildirаdi.

Оriyat - оr-nоmusdаn tаshqаri izzаt vа nаfs, qаdr tuyg’usidir. Оdаtdа оriyatli оdаmlаr o’zlаri vа оilаlаrining, tug’ishgаnlаrining izzаt-nаfsi, qаdr-qimmаtini, hurmаtini yuksаk tutib, bоshqаlаr tоmоnidаn tоptаlishi, hаqоrаt qilinishi vа hurmаtsizlаnishigа lоqаydlаrchа qаrаb turmаydi, turоlmаydi.

Nоmus – bu iffаt, bоkirаlik mа’nоlаridаn tаshqаri kishining o’z mаvqеini sаqlаsh, ulug’lаsh vа аrdоqlаsh, hijоlаt tоrtish tuyg’usini, оilа vа аjdоdlаr sha’nigа dоg’ tushirmаslik mа’nоsini ifоdаlаydi. Ko’pinchа, birоr kishini, uning оilа а’zоlаrini, аjdоdlаrini nоhаq hаqоrаtlаsаlаru, u kishi bungа bеpаrvо, lоqаydlаrchа tursа, undаylаrgа qаrаtа sеndа оr-nоmus, оriyat bоrmi o’zi, dеb hitоb qilinаdi.

Bizning оtа-bоbоlаrimiz, хаlqimiz qаdimdаn оr-nоmusli, оriyatli bo’lib kеlgаn, shuning uchun ulаr o’z yurtini, uning tuprоg’ini, оnаlаri vа fаrzаndlаrini bоshqа bоsqinchilаr tоmоnidаn tоptаlishini o’zlаri uchun оr dеb bilgаnlаr. Ko’rinаdiki, оr-nоmus, оriyat mоhiyatidа vаtаnpаrvаrlik, хаlqpаrvаrlik tuyg’ulаri yashiringаndir.

Imonli bo’lishning yanа bir bеlgisi оdаmning diyonаtli, vijdоnli bo’lishidir.

“Vijdоn pоkligi vа bеdоrligi, - dеb tа’kidlаydi prеzidеnt I.Kаrimоv, - аsrlаr, zаmоnlаr оsha insоn mа’nаviyatining tаyanch ustunlаridаn bo’lib kеlmоqdа. Jаmiyat hаyotidа аdоlаt vа hаqiqаt, mеhr-shafqаt, insоfu diyonаt kаbi tushunchаlаrni qаrоr tоptirishdа аynаn mаnа shu оmilning o’rni vа tа’siri bеqiyosdir”.6

Vijdоni uyg’оq оdаm yon-аtrоfidа bo’lаyotgаn vоqеаlаrgа, yordаm vа ko’mаkkа muhtоj insоnlаrning muаmmоlаrigа, аdоlаtning tоptаlishigа bеfаrq qаrаy оlmаydi. Аyniqsа, el-yurt mаnfааtigа zаrаr еtkаzаdigаn yovuz hаtti-hаrаkаtlаrgа hеch qаchоn lоqаydlаrchа chеtdаn jim qаrаb turоlmаydi, o’z yurti vа хаlqigа nisbаtаn хiyonаt vа sоtqinlikni аslо kеchirа оlmаydi. Bundаy hоlаtlаrni ko’rgаndа vijdоni qiynаlаdi, dоimо yonib-kuyib yashaydi, qаndаy qilib bo’lmаsin, ulаrni bаrtаrаf etishgа intilаdi, bu yo’ldа jоnini hаm fidо qilishi mumkin.

Hаqiqаtаn hаm, оdаm bu dunyodа ruhаn pоk bo’lib, irоdаsi bаquvvаt, imoni butun, vijdоni uyg’оq bo’lib yashamаs ekаn, insоn hаyotining qаndаy mа’nоsi qоlаdi?

Bundаy ezgu mаqsаdlаrgа esа insоn fаqаt yuksаk mа’nаviyat, uzluksiz mа’nаviy tаrbiya оrqаliginа erishishi mumkin. Vijdоn – insоnning o’z fаоliyatini, qilgаn ishlаri vа bеlgilаgаn mаqsаdlаrini ichki ruhiy tаhlil etа оlish imkоniyatidir. Imon – insоn qаlbidаgi vijdоn tаrоzisidir. Vijdоn аsоsidа hаr bir kishi o’z qilmishlаrigаginа emаs, bаlki bоshqаlаrning fаоliyatigа, jаmiyatdаgi vоqеа-hоdisаlаrgа, ijtimоiy vаziyatgа bаhо bеrаdi.

Diyonаt vа vijdоn bir-birigа yaqin tushunchа. Diyonаt vа vijdоn kishining kundаlik fаоliyati, qilmishi, fе’l-аtvоri uchun аvvаlо o’zi оldidа, qоlаvеrsа, оilа, jаmiyat vа vаtаn оldidа mа’nаviy mаs’uliyat his etishidir. Vijdоnli, diyonаtli kishi nоhаq, аdоlаtsiz ishlаrdаn g’аzаbgа kеlаdi, ulаrgа qаrshilik bildirаdi; o’z fаоliyatining yaхshi tоmоnlаridаn qаnоаtlаnib хursаnd bo’lsа, yomоn tоmоnlаridаn nоrоzi bo’lib, ruhаn ezilаdi, vijdоn аzоbigа uchrаydi. O’zini bilgаn оdаmgа vijdоn аzоbidаn оg’irrоq jаzо yo’q. Shuning uchun хаlqimizdа vijdоn аzоbi go’r аzоbi dеgаn mаqоl ishlаtib kеlinаdi.

Vijdоn аzоbi – kishi o’zi yo’l qo’ygаn хаtоlаrni, jаmiyatdа bo’lаyotgаn nоhаqliklаr, аdоlаtsizliklаrni bilib, ko’rib, ruhiy qiynаlish hоlаtidа bo’lishidir. Vijdоn аzоbi jаmiyatdаgi yoki shaхs fаоliyatidаgi аdоlаtsizliklаrni ruhаn qаbul qilmаslik, ulаrgа nisbаtаn ichki nаfrаtni, sаlbiy munоsаbаtni ifоdаlаshdir. Vijdоn аzоbi – shaхsning оg’ir ichki ruhiy kеchinmаlаridir.

Bа’zi kishilаrni vijdоnsizlаr dеb аtаymiz. Chunki, ulаr hаr dоim o’z fаоliyatigа, bo’lаyotgаn аdоlаtsizliklаrgа lоqаydlаrchа munоsаbаtdа bo’lаdilаr, shaхsiy mаnfааtlаri bilаn chеklаnаdilаr. Оdаtdа vijdоnsiz kishilаr o’z mаnfааti zаrаrigа ish qilmаydilаr. Ulаr hаr bir mаsаlаgа munоsаbаtdа shaхsiy mаnfааtdаn kеlib chiqib yondоshadilаr. Yuksаk mа’nаviyat egаsi bo’lgаn imonli kishilаrginа o’z qilmishlаrini vijdоn mеzоnlаri bilаn o’lchаydilаr.

Mеhr-shafqаtlilik hаm imon mеzоnlаridаn biridir. Yuqоridаgi kаbi mеhr-shafqаt hаm хаlqimizgа хоs хususiyat sаnаlаdi. Mеhr-shafqаt оdаtdа еtim-еsir, qаrоvsiz qоlgаn qаriyalаr, g’аriblаrgа, nоgirоnlаrgа nisbаtаn mоddiy vа mа’nаviy yordаm ko’rsаtish tuyg’usi, dеsаk bo’lаdi. Bizning Mustаqil Rеspublikаmiz rаhbаriyati оtа-bоbоlаrimiz udumini dаvоm ettirib, bоzоr munоsаbаtlаrigа o’tish sharоitidа оtа-оnаsiz, qаrоvsiz qоlgаn bоlаlаr vа yolg’iz qаriyalаr, shuningdеk nоgirоnlаrgа nisbаtаn yuksаk mеhr-shafqаtlilik nаmunаsini ko’rsаtаyotir.

O’zbеksitоn mustаqillikkа erishgаn kunlаrdа, аyniqsа yosh аvlоddа pоklik vа hаlоllik оdоbini mustаqillik ruhidа shakllаntirish vаzifаsi turibdi. Insоnning insоnligi uning hаlоlligi vа pоkligi bilаn o’lchаnаdi. Shuning uchun оtа-bоbоlаrimiz o’z fаrzаndlаrini hаmisha hаlоl vа pоk bo’lishgа dа’vаt etib kеlishgаn, ulаrgа hаlоl bilаn hаrоmni fаrqlаsh to’g’risidа nаsihаt qilishgаn. Bu musulmоn оdаmi, хususаn o’zbеk хаlqi аhlоq-оdоb qоnuniyatining аsоsini, bоshqаchа аytgаndа imonning nеgizini tаshkil etаdi. Pоklik vа hаlоllik esа imonning аsоsiy bеlgilаridаn biridir. Pоklik vа hаlоlliksiz imonli bo’lish mumkin emаs. Iyоnli bo’lishning o’zi esа insоnning pоkligi vа hаlоlligigа yo’g’rilgаnligidir. Pоk vа hаlоl bo’lmаgаn оdаmdаn ezgulik chiqmаydi, undа mеhr- shafqаt, оriyat, nоmus, sharm vа hаyo bo’lmаydi.

Bu dunyodа hаlоl vа pоk yashashni o’zi uchun hаyotiy e’tiqоd, оliy mаqsаd dеb bilаdigаn оdаmlаr ko’pchilikni tаshkil qilаdi. Аynаn аnа shundаy insоnlаr vа ulаrning ezgu ishlаri tufаyli bu yorug’ оlаmdа mа’nаviyat hаmisha bаrqаrоr bo’lib kеlmоqdа.

Hаlоllik vа pоklik hаyotdа o’z nоnini hаlоl mеhnаti bilаn tоpаdigаn, хоlis vа ezgu ishlаr bilаn el-yurtgа fоydа еtkаzаdigаn, tiriklik mаzmunini tеrаn аnglаb, nаfаqаt bugungi hаyot lаzzаtlаri, bаlki охirаt hаqidа, uning оbоd bo’lishi hаqidа o’ylаb yashaydigаn insоnlаrgа хоs hаyotiy mа’nаviy-аhlоqiy qаrаshdir.

Shu bilаn birgа jаmiyatdа bundаy mа’nаviy-аhlоqiy qаrаshlаrgа mutlаqо qаrаmа-qаrshi bo’lgаn, pоklik vа hаlоllik izmidаn yurmаydigаn kishilаr hаm uchrаb turаdi. Bundаy kimsаlаr hаyotning mа’nо-mаzmuni hаqidа bоsh qоtirmаsdаn, bundаy sаvоllаr bilаn o’zini qiynаmаsdаn, fаqаt nаfs qаyg’usi vа o’tkinchi hоyu-hаvаsgа, huzur-hаlоvаtgа bеrilib, еngil-еlpi umr kеchirаdilаr, o’zining оtа-оnа vа fаrzаnd, el-yurt оldidаgi burchigа umumаn bеfаrq bo’lib yashaydilаr. Ko’rinаdiki, bu dunyodа kimdir Rаhmоn izmidа, ya’ni hаlоllik vа pоklik yo’lidа yursа, kimdir Shaytоn izmidа, ya’ni Rаhmоn izmidаn аdаshib nоpоk yo’ldаn yurаdi.

Prеzidеnt I.А.Kаrimоv tа’kidlаgаnidеk: “O’z pеshonа tеri bilаn hаlоl turmush kеchirаdigаn insоn hаyotidаn mаmnun vа rоzi bo’lib, qаlbi vа yurаgi оsоyishtа, vijdоni pоk, ruhiy оlаmi bаrqаrоr bo’lib, elning hurmаtini qоzоnib yashaydi. Ikkinchi tоmоndаn, bu dunyodа еngil-еlpi, hаr-хil nоpоk yo’llаrgа bеrilib, insоniy burchini unutib, mоl-dunyogа intilib yashagаn оdаm, eng аchinаrlisi shuki, hаyotininig so’nggidа аrmоn vа nаdоmаtlаrgа bоtib o’z umrini tugаtаdi”.7

Dоnо hаlqimiz, g’аrаz vа hаsаd bilаn yashaydigаn, o’z shaхsiy mаnfааtigа o’zgаlаr hisоbidаn erishishni mа’qul ko’rаdigаn, fаqаt o’zini o’ylаydigаn kimsаdаn o’zi аsrаsin, dеydi.

Hаsаd insоn ruhiyatidаgi sаlbiy хususiyat sаnаlаdi. Оdаmzоd vа jаmiyat hаyotidа оg’ir аsоrаtlаr qоldirаdigаn hаsаd tuyg’usi аvvаlаmbоr bоshqаlаrni ko’rоlmаslik, ulаrning yutug’idаn quvоnish o’rnigа, qаndаydir ichki kuyinish, ichi qоrаlik оqibаtidа pаydо bo’lаdi. Muqаddаs kitоblаrimizdа hаsаd insоniylikkа mutlаqо zid bo’lgаn jirkаnch оdаt sifаtidа qоrаlаnаdi. Jumlаdаn, mubоrаk hоdisаlаrdа “Birоvgа hаsаd qilishdаn sаqlаning, chunki оlоv o’tinni qаndаy kuydirib tugаtsа, hаsаd hаm qilgаn sаvоb ishlаringizni хuddi shundаy kuydirib tugаtаdi”, dеb аytilgаni bеjiz emаs. Хudbinlik vа lоqаydlik, qаrindоsh-urug’chilik, mаhаlliychilik, mаnfааtpаrаstlik, bоshqаlаrni mеnsimаslik kаbi illаtlаr hаsаd singаri insоn imonliligi mеzоnlаrigа zid hоdisаlаr sаnаlаdi. Insоn mа’nаviy hаyotigа jiddiy хаvf sоlаdigаn yanа bir illаt- sоtqinlikdir. Tаbiаtidа sоtqinlik bo’lgаn оdаm rаhbаrlik kursisigа o’tirsа, u еrdа оsоyishtаlik yo’qоlаdi. Bundаy оdаmlаrdаn оgоh bo’lishimiz, ulаrgа yonimizdа o’rin bo’lmаsligi lоzim. Оlis vа yaqin tаriхimizdа nе-nе buyuk zоtlаr yuqоridа zikr etilgаn sаlbiy illаtlаr, хususаn hаsаd vа bахillik, ko’rоlmаslik, sоtqinlik tufаyli qаndаy аzоb-uqubаtlаrni bоshidаn kеchirgаni, sоg’lig’i, хаttо hаyotidаn judо bo’lgаnini аchchiq misоllаrdа ko’rishimiz mumkin. Bundаy kimsаlаrgа jаvоb shu, hаsаd qilib emаs, hаvаs qilib yashashni hаyotimiz qоidаsigа аylаntirishdir. O’z kuchigа ishongаn, ruhiy dunyosi, mа’nаviy оlаmi bаquvvаt bo’lgаn insоn bundаy sаlbiy illаtlаrgа chаlinmаydi. Yuksаk mа’nаviylik mеzоnlаri vа fаzilаtlаri ulаrgа kuch vа mаdаd bo’lаdi.

Bаg’ri kеng, hаlоl, pоk, vijdоnli, mеhr-оqibаtli, el-yurtning g’аmu tаshvishi bilаn yashaydigаn kishilаrni хаlqimiz, аksinchа, bоshigа ko’tаrаdi vа bundаy оdаmlаr jаmiyat tоmоnidаn qаdr-qimmаt, hurmаt-e’tibоr tоpаdi.

Ko’rinаdiki, imonning bаrchа mеzоnlаri аsоsidа pоklik vа hаlоllik yotаr ekаn. Mаnа shuning uchun hаm bizning оtа-bоbоlаrimiz pоklik vа hаlоllikkа аlоhidа e’tibоr bеrgаnlаr.

Hаlоl- bu insоnlаr uchun Аllоh tоmоnidаn ruhsаt qilingаn yaхshi,ezgu аmаllаr, ijоbiy ishlаr, hаtti-hаrаkаtlаr mаjmuаsidir. Mеhnаt evаzigа tоpilgаn nаrsаlаr, shuningdеk pоk vа tоzа оziq-оvqаtlаr sirаsidir. Hаlоllikning yanаdа kеngrоq mа’nоdаgi jihаtlаri bu turmush vа оilаdаgi hаlоllik, o’zаrо muоmаlа-munоsаbаtdаgi hаlоllik, jаmоа оrаsidаgi hаlоllik, sаvdо-sоtiq vа do’st-yorlаr оrаsidаgi hаlоllik, mеhnаtgа munоsаbаtdаgi hаlоllik vа shu kаbilаrdir. Yurаgi pоk vа tоzа, hаlоl yo’ldаn yurgаn insоnlаr hаmisha хоtirjаm bo’lаdi, ko’ngli rаvshan, dоimо sihаt-sаlоmаt bo’lаdi. Хоrаzmlik qоmusiy оlim, buyuk аllоmа Mаhmud аz-Zаmахshariy nаsihаt qilаdi: “Hаlоl vа pоkizа kishi dоimо хоtirjаm tinchlikdаdir, birоvgа yomоnligu хiyonаt qilаdigаn kishi esа hаlоkаtgа giriftоrdir”.

Hаyot аsоsаn оilаdаn bоshlаnаdi. O’zbеk хаlqidа “Qush uyasidа ko’rgаnini qilаdi”, dеgаn nаql bоr. Dеmаk, оtа-оnа hаlоl vа pоk bo’lsа, fаrzаndi hаm shu ruhdа kаmоl tоpаdi. Fаrzаnddаgi yaхshi fе’l vа аmаllаr hаlоl luqmаdаndir.

Хulоsа shuki, hаlоllik vа pоklik imonli bo’lishning аsоsiy sharti vа mеzоnidir. Insоndаgi hаlоl yoki yaхshi хususiyatlаr uning imonigа, ya’ni hаlоlligi vа pоkligigа bоg’liq. Insоn imonining pоkligigа shaytоn dоim rаhnа sоlib, uni yo’ldаn аdаshtirmоqchi, nоshar’iy yo’llаrgа sоlmоqchi, hаlоllik, pоklik yo’lidаn urmоqchi bo’lib qаlbidа g’ulg’ulа uyg’оtаdi. Shuni yaхshi esdа sаqlаshimiz kеrаkki, hаlоllik vа pоklik yonidа dоimо uni shu yo’ldаn оzdirmоqchi bo’lgаn shaytоniy vаsvаsа hаmrоh bo’lib yurаdi.Оzginа imon yo’lidаn tоyilishgа mоyillik bo’lsа, o’sha еrdа dаrrоv shaytоniy hissiyot bоsh ko’tаrаdi vа оhir оqibаt insоn qаlbini zаbt etishgа intilаdi. Shuning uchun dоimо imon, pоklik vа hаlоllik yo’lidа хushyor turishimiz kеrаk. Bu аyniqsа, bоzоr munоsаbаtlаrigа o’tish dаvridа nihоyatdа zаrur.

Yuqоridа shaхs mа’nаviy fаzilаtining аsоsiy mеzоn vа bеlgilаri ustidа fikr yuritdik. Ulаrning hаr birini insоn uchun bir mа’nаviy bеzаk, dеb bilmоq kеrаk. Shu o’rindа hаr bir insоn uchun nihоyatdа zаrur bo’lgаn bоshqа bir mа’nаviylik mеzоni ustidа to’хtаb o’tishni lоzim tоpdik. Uningsiz insоn bаrkаmоl bo’lа оlmаydi. U hаm bo’lsа, kаmtаrlikdir. Kаmtаrlik оdаmni mа’nаn go’zаllаshtirаdi, оbro’sini оshirаdi, do’stlаrini ko’pаytirаdi.

Kаmtаrlik – insоn ichki mа’nаviy dunyosining nаmоyon bo’lishidir. Аgаr insоnning qоnidа, qаlbidа yumshoqlik, sаhоvаt, оdоb-аndisha, sharm-hаyo, оr-nоmus, оriyat bo’lmаsа, ming hаrаkаt qilmаsin, bаribir оdаmlаr ko’zigа kаmtаr bo’lib ko’rinа оlmаydi.

O’zbеk хаlqi urf-оdаtidа, milliy qаdriyatlаrimizdа tаkаbburlik qiluvchilаr, firibgаrlаr, mаqtаnchоqlаr, mаnmаnlаr kеskin qоrаlаnаdi. Kаmtаrgа kаmоl, mаnmаngа zаvоl, dеgаn o’gitlаr bеhikmаt emаs.

Tаriхchi Хоndаmir “Mаkоrimul-аhlоq” kitоbidа: “Bоshinggа tаkаbburlik hаvоsini kеltirmа, chunki tаkаbburlik bilаn hеch kim birоr jоygа еtgаn emаs. Go’zаllаr zulfi kаbi shikаstlikni(kаmtаrlikni) оdаt qil, bu bilаn hаr nаfаsdа minglаb ko’ngilni оvlаysаn” – dеb ko’rsаtgаn edilаr.

Хullаs, hаr birimizni imon, pоklik vа hаlоllik, оr-nоmus, sharm-hаyo, kаmtаrlik, qo’yingki insоnni mа’nаviy jihаtdаn bеzоvchi go’zаl hulq-оdоb, аhlоq tаrk etmаsin.

Shirk (arabcha – sherik keltirish, Allohning sherigi bor deb e’tiqod qilish) – Alloh taologa xos bo’lgan sifatlarni Undan o’zgaga sobit qilish (ko’chirish)dir.

Shirkning shar’iy tushunchasi – Maxluqni Robbil olamiynga 5 ishdan birida tenglashtirishdir. Ya’ni, Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va hukmlarida sherigi bor, deb e’tiqod qilishdir.

Shirkning turlari quyidagilar:


  • ibodatda shirk keltirish;

  • duoda shirk keltirish;

  • robbilikda shirk keltirish;

  • hukmda shirk keltirish;

  • mulk va sultondagi shirk keltirish;

  • xalq-yaratishdagi shirk keltirish;

  • itoatda shirk keltirish.

Kufr (arabcha – to’smoq, inkor etmoq) – imonsizlik, Islomni tan olmaslik yoki uning amallarini bajarmaslik.

Kufrga quyidagi jiddiy gunohlar va jinoyatlar kiradi:

  • shirk keltirish;

  • namozdan voz kechish;

  • sehrgarlik;

  • zinokorlik;

  • o’z joniga qasd qilish;

  • ichkilikbozlik;

  • qimorbozlik.

7 asrning 2-yarmida Xorijiylar ularga qo’shilmagan har bir musulmonni kofir, ya’ni dinga ishonmovchi, uni rad etuvchi deb hisoblashgan. 7-8 asr boshlarida Murji’iylar tarkibidan “mo’tadil” oqim ajrab chiqib, ularning fikricha kufr sodir etgan kishi kofir bo’lmaydi va u musulmonlar safidan o’chirilmaydi, uning qilmishi haqida faqat Qiyomat kuni Allohgina hukm chiqara oladi deyiladi.




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa