“Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va taraqqiyoti” mavzusida tayyorlagan kurs ishi toshkent-2020



Download 136 Kb.
bet5/12
Sana31.08.2021
Hajmi136 Kb.
#161264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
“Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va taraqqiyot

G‘arb sivilizatsiyasi. Zamonaviy g‘arb sivilizatsiyasi yunon va Rim davridagi an’analar va tafakkurga tayanadi. G‘arb sivilizatsiyasi bashariyatga ko‘plab foydalar keltirgan. Uning yutuqlari bugungi kun va kelajak uchun ham katta ahamiyatga ega. Bu jihatdan ushbu sivilizatsiya bilan islom sivilizatsiyasini o‘xshashliklari juda ko‘pdir. G‘arb sivilizatsiyasi tabiiy ilmlar, matematika, texnologiya sohasida xali hech bir sivilizatsiya ulasha olmagan ko‘plab imkoniyatlar va sharoitlarni yaratib berdi. Insof bilan aytish lozimki, xali birovning xayoliga kelmagan, hatto uxlab tushiga ham kirmagan bunday yutuqlar ushbu tsivilizatsiya vakillariga nasib etdi. G‘arb sivilizatsiyasi insoniyat uchun masofalarni yaqinlashtirdi. Endilikda uzoq joylarga ham oz vaqt ichida borish imkoniyati mavjud, bu bilan vaqt tejaladi. Insoniyat kosmosga etib bordi, u endilikda dunyoni u erdan turib kuzatish imkonini qo‘lga kiritdi. Oldinlari kishi qo‘l mehnati va jismoniy mehnat bilan hayotini rivojlantirgan bo‘lsa, hozirga kelib aqliy mehnat rivojlanib ketdi. Endilikda eng katta yutuqlardan biri sanalgan kompьyuterning ixtiro etilishi natijasida eng qiyin vazifalar ham osonlik bilan bajarilmoqda. Musulmon olimlari ham uning yordamida islom ilmlariga, shu jumladan, Qur’on, hadis arab tili, odob-axoq kabi sohalarda avvalari qiyin bo‘lgan tadqiqotlarni yaratmoqdalar.

Ushbu sivilizatsiyaning yana bir alohida xususiyati shundaki, u hech ham qotib qolmagan, muntazam ravishda rivojlanib boraveradi. U insoniyatga uyg‘onish sari chaqiradigan ichki tuyg‘ularni, shijoatlantiradigan aqliy quvvatni, odamlarni osonlikcha boshqarish imkoniyati sharoitlarini yaratib berdi. Buning natijasida har biri kishining amalga oshirgan ishiga yarasha munosabat bildirish, samarali mehnat qiluvchi va yaxshilarni mukofotlash, aksini esa jazolash faoliyati osonlashdi. Shuningdek ushbu jamiyatda inson erkinliklari, tabiiy huquqlari rioya qilinish va manfaatlari himoya qilinishda namuna bo‘lish darajasiga etdi. Tabiiyki, bunday sharoitda kishi o‘zining qadr-qimmatini sezadi, xavf va xorlikdan himoyada bo‘ladi, natijada manfaatli mashg‘ulot bilan shug‘ullanib, foyda keltiradi. Aynan bunday sharoitda tsivilizatsiyaning to‘la rivojlanishiga etarlicha asoslar yaratiladi. Yuqorida aytib o‘tilganlar g‘arb sivilizatsiyasining ijobiy tomonlari bo‘lib, bunday vositalar, jihozlar, texnologiyalar yordamida inson ham yaxshilik va ham yomonlik qila olishi mumkin. Ming afsuski, gohida bunday imkoniyatlar ortidan ko‘plab noxushliklar ham kelib chiqmoqdaki, bunday holatlar ushbu tsivilizatsiyaning maqsaddan ko‘ra ko‘proq texnologiyalarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.

Mashhur musulmon olimi Yusuf Qarzoviy G‘arb tafakkurining xususiyatlariga to‘xtalib, quyidagi besh jihatni alohida aytib o‘tadi:

Birinchisi, Ilohni bilish bilan bog‘liq tushunmovchiliklar. G‘arb tsivilizatsiyasida Alloh taoloning birligi borasidagi qarashlarga munosib tarzda ahamiyat berilmaydi, balki unda noaniqliklarga duch kelinadi. Bular Yaratuvchining sirliligi va ayrim e’tiqodiy jihatlarning mavhumligi bilan izohlangan.

Ikkinchisi, materialistik qarash bilan bog‘liq tushunchalar. Ushbu tushunchalar asosida borliq va bilish faqatgina moddiylik bilan izohlanadi, g‘aybiy va hissiy narsalar deyarli inkor etiladi. Natijada ko‘p narsa moddiylikka bog‘liq degan aqida paydo bo‘lib qoladi. Bu esa, ko‘plab g‘aybiy narsalarni tushunishda xalal beradi.

Uchinchisi, sekulyaristik qarash. Bu nazariya yuqoridagi ikki qarash samarasida paydo bo‘lgan bo‘lib, u din va ijtimoiy hayotni bir-biridan ajratish g‘oyasiga qurilgandir. Buning natijasida dinni jamiyat hayotidagi rolidan mutloq uzib qo‘yish holati kelib chiqadi.

To‘rtinchisi, doimiy kurash. Ushbu sivilizatsiya negizida insonning muntazam ravishda o‘zi bilan o‘zi yoki boshqa bilan kurashi yotadi. Aniqroq aytganda, u kurash asosiga qurilgan bo‘lib, inson o‘z nafsi bilan, tabiat, va hatto Xudo bilan ziddiyatda, degan qarash kelib chiqadi.

Beshinchisi, boshqalardan o‘zini ustun deb hisoblash. Bu qarash aksar g‘arbliklarda keng ildiz otgan bo‘lib, ular o‘zlarini boshqalardan afzal biladilar, ayrim hollarda o‘zlarining sivilizatsiyalaridan boshqasini tan olmaslik ham uchrab turadi. Aslida esa, g‘arb sivilizatsiyasi ham insoniyat sivilizatsiyasining bir qismi ekanligi esdan chiqariladi .

Mazkur xususiyatlar g‘arb sivilizatsiyasining o‘tmishi va buguniga ham bir xilda taalluqlidir. Ayrim tadqiqotchi olimlar ushbu sivilizatsiyaning bir qator ijobiy tomonlari bilan brigalikda ayrim salbiy tomonlari haqida ham fikrlar bildirganlar. Aynan Abdulaziz at-Tuvayjuriyning biz asos qilib olgan kitobida ham bunday fikrlarni uchratish mumkin. Jumladan, unda g‘arbliklarning har doim ham o‘zlarida mavjud bo‘lgan diniy bilimlar va axloqiy qarashlarga mutanosib faoliyat olib bormasligi ta’kidlanadi. Buning o‘z navbatida sivilizatsiyaga og‘ir oqibatlarni olib kelishi, uning asl asoslaridan uzoqlashishi, ba’zi hollarda nizo va urushlarga ham omil bo‘lishi, natijada ilmu fanning rivojlanishi to‘sib qo‘yilishiga sabab bo‘lib qolishi mumkinligi aytiladi6.


Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish