Bugungi anjuman doirasida amalga oshiriladigan muloqotlar,
ushbu masala bo‘yicha fikr, bilim va tajriba almashuvlar, tahlillar,
ishlab
chiqilgan
amaliy
tavsiyalar
konferensiyaning
barcha
ishtirokchilari – xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, ilmiy muassasa va
kompaniyalar vakillari uchun g‘oyat foydali bo‘lishiga ishonchim
komil.
Biz O‘zbekistonda barcha xalqaro tashkilotlar, xorijiy investorlar,
tadbirkorlar, banklar, olim va mutaxassislar bilan birgalikda qo‘shma
dastur va loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlikni
kengaytirishdan manfaatdor ekanimizni,
mazkur anjumanning asosiy
vazifalaridan biri ayni shundan iborat deb bilishimizni alohida
www.ziyouz.com
kutubxonasi
170
ta’kidlamoqchiman.
Fursatdan foydalanib, yana bir bor ushbu muhtasham zalda yig‘ilgan
siz, azizlarga samimiy minnatdorligimni izhor etaman. Mehmondo‘st
O‘zbekiston
zaminiga
tashrifingiz
mazmunli,
samarali
bo‘lsin.
Barchangizga
sihat-salomatlik,
ilmiy-ijodiy
faoliyatingizda
muvaffaqiyatlar tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
171
MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
XODIMLARIGA
Qadrli do‘stlar!
Avvalo, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yuksaltirish,
mustaqilligimizni mustahkamlash yo‘lida jonkuyarlik va jonbozlik
ko‘rsatib mehnat qilayotgan siz, aziz jurnalistlar, radio va televideniye,
nashriyot va matbaa sohasi xodimlariga o‘zimning chuqur hurmatimni
bildirib, sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan millionlab muxlislaringiz,
butun el-yurtimiz qatori chin qalbimdan tabriklashga ijozat bergaysiz.
Shu xursandchilik kunda barcha-barchangizni samimiy qutlar
ekanman, Sohibqiron Amir Temur bobomizning: “Adolat va ozodlik
dasturingiz va rahbaringiz bo‘lsin. Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq
vazifangizdir”, deb aytgan chuqur ma’noli da’vati xalqimizning fidoyi
farzandlariga, avvalambor, hamisha el-yurt tashvishi va manfaati bilan
yonib yashaydigan siz, matbuot ahliga qaratilgan, desam, o‘ylaymanki,
ko‘pchilik jamoatchiligimizning fikrini ifoda etgan bo‘laman.
Muhtaram do‘stlar!
Hammamizga
ma’lum,
bugungi
kunda
jahon
miqyosidagi
globallashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamoni, qolaversa,
boshimizdan kechirayotgan hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan, tobora
kuchayib borayotgan talablarni hisobga olmasak, shiddatli davr bilan
hamqadam bo‘lib yashamasak, o‘z-o‘zidan ayonki, strategik maqsad va
vazifalarimizni amalga oshirishimiz, taraqqiy topgan zamonaviy
demokratik davlatlar qatoriga kirishimiz gumon bo‘lib qoladi.
Bu yuksak talabni barchamiz, birinchi navbatda doimo jamiyatning
oldingi saflarida bo‘lib kelayotgan siz, matbuot ahli yaxshi tushunasiz,
anglaysiz, deb bilaman.
Ayni shu talabni inobatga olgan holda, keyingi yillarda O‘zbekistonda
ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini,
ularning faoliyati samaradorligini yanada oshirish, media tarmoqlarining
huquqiy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yangilash, texnik va
texnologik modernizatsiya qilish, jurnalist kasbining ijtimoiy maqomi va
nufuzini ko‘tarish, soha xodimlarining mehnatini moddiy va ma’naviy
rag‘batlantirish yo‘lida, aytish mumkinki, katta ishlar amalga oshirildi.
Ayniqsa,
Mamlakatimizda
demokratik
islohotlarni
yanada
www.ziyouz.com
kutubxonasi
172
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
doirasida qanday muhim dastur va tadbirlar amalga oshirilayotgani sizlarga
yaxshi ma’lum, albatta. Xususan, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi
fuqarolarimizning axborot sohasidagi huquq va manfaatlarini ta’minlash,
davlat va jamoatchilik o‘rtasida ochiq va samarali muloqot olib borish
bo‘yicha ommaviy axborot vositalarining roli va ta’sirini oshirishda yangi,
yuksak bosqich bo‘ldi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
Bu borada ayrim misollarga murojaat qiladigan bo‘lsak, jamiyat
hayotining ko‘zgusi bo‘lgan ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha so‘nggi
yillarda katta amaliy qadamlar qo‘yganimiz yaqqol ayon bo‘ladi.
Bugungi kunda yurtimizda 1400 ga yaqin ommaviy axborot vositasi
faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning orasida an’anaviy axborot vositalari
bo‘lmish gazeta-jurnallar, tele va radiokanallar bilan birga eng zamonaviy
va ilg‘or media tarmoqlari – raqamli va mobil televideniye, internet-
televideniye, internet-radio, umuman, internet jurnalistikasi milliy axborot
maydonida tobora mustahkam o‘rin egallab borayotganini alohida qayd
etish lozim.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston telekanallarining dasturlari global tarmoq
orqali real vaqt rejimida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida namoyish
etilmoqda. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida keyingi
paytda tashkil etilgan “Madaniyat va ma’rifat”, “Dunyo bo‘ylab”,
“Bolajon” telekanallari qatorida “Diyor”, “Oilaviy”, “Kinoteatr”, “Navo”
kabi yangi telekanallar xalqimizning ilmiy-ma’rifiy, ma’naviy-madaniy
saviyasini yuksaltirish, mazmunli hordiq chiqarishga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish yo‘lida o‘z faoliyatini takomillashtirib borayotgani e’tiborga
loyiq.
Ommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbaa korxonalari, matbuot
tarqatuvchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan
Prezident qaroriga binoan ular uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar
mazkur tuzilmalarning mustaqilligini so‘zda emas, amalda ta’minlashda
qulay moliyaviy sharoit tug‘dirib, ushbu sohada mehnat qilayotgan ming-
minglab ishchi va xodimlarning daromadini, moddiy farovonligini oshirish
bilan birga boshqa bir qator tarmoqlar rivojiga ham katta ijobiy ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Bularning barchasi, hech shubhasiz, mamlakatimiz axborot maydonida
sog‘lom raqobat muhitini yaratish, fikrlar xilma-xilligiga erishish, matbuot
www.ziyouz.com
kutubxonasi
173
minbari orqali barcha ijtimoiy qatlamlarning fikr va qarashlarini ifoda
etish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun mustahkam zamin
bo‘lmoqda.
Bu haqda gapirganda, birinchi
navbatda ommaviy axborot
vositalarining fidoyilari bo‘lgan, turli dolzarb masalalarni qalbidan,
yuragidan o‘tkazib, bu sohaning boshqa tarmoqlardan kam bo‘lmasligi
uchun doimo intilib yashaydigan siz, muhtaram jurnalistlar bir haqiqatni
albatta yaxshi anglaysiz, deb ishonaman: bugungi kunda, ayni shu
murakkab va qaltis zamonda dunyoda, yon-atrofimizda ro‘y berayotgan
voqea-hodisalarni chuqur idrok etish, ularning tub mohiyatiga yetib borish
uchun avvalo odamlarda mustaqil fikrlash va yana bir bor mustaqil
fikrlashni shakllantirish talab qilinadi.
Turli g‘oya va manfaatlar kurashi tobora kuchayib borayotgan bugungi
vaziyatda yolg‘onni rost, rostni yolg‘on, deb ko‘rsatishga urinish, axborot-
kommunikatsiya vositalarini o‘zining uzoqni ko‘zlaydigan manfaatlariga
xizmat qilishga majbur etish, g‘arazli maqsadlar yo‘lida odamlarni,
millatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, ularni hayotdan norozi qilish,
turli soxta ma’lumotlarni tarqatish, o‘zgalarni pisand qilmasdan, kuchi
yetadigan davlatlarga po‘pisa va zo‘ravonlik ko‘rsatish, hech kim bilan
hisoblashmay kuch ishlatish holatlari avvalambor ommaviy axborot
vositalarining bugungi o‘quvchi, tinglovchi va tomoshabinlaridan oqni
qoradan, haqiqatni uydirma gaplardan ajratish uchun o‘zining mustaqil
dunyoqarashi va fikriga ega bo‘lishini taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda yon-atrofimizda o‘zini oqlamagan va umrini o‘tab
bo‘lgan eski tizim va mafkuralarni qo‘msashga bo‘lgan urinishlar tobora
tarqalib va kuchayib borayotgan bir paytda bunday kuchlarning
qarmog‘iga tushib qolmaslik uchun axborot sohasida yetti o‘lchab bir
kesish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning ko‘zini keng ochib berish,
ularni irodasi mustahkam, iymoni baquvvat insonlar etib tarbiyalashda
mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining o‘rni va mas’uliyati tobora
ortib bormoqda va bu o‘ta muhim vazifani ado etishda biz avvalo sizlarga,
sizlarning bilim va tajribangiz, professional mahoratingiz, grajdanlik
pozitsiyangizga tayanamiz.
Yoshlarimizni aynan ana shu ruhda – milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalab, har tomonlama barkamol avlodni kamol
toptiradigan bo‘lsak, hech shubhasiz, ertangi hayotimizning eng
mustahkam poydevorini qurgan bo‘lamiz.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
174
Shu nuqtai nazardan qaraganda, yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan
yetuk jurnalistlar, tahlilchi va sharhlovchilarni, muxtasar aytganda, o‘z
kasbining haqiqiy ustasi bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash masalasi
hamon dolzarb bo‘lib turibdi, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga
qo‘shilasiz.
Barchamiz yaxshi tushunamiz, bu vazifani amalga oshirish uchun
mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining xalqaro axborot maydoniga
kirib borishi, dunyoda nom qozongan nufuzli mediakompaniyalar, chet
ellardagi hamkasblari bilan samarali ijodiy aloqalar o‘rnatishi alohida
ahamiyat kasb etadi.
Haqiqatan ham, biz o‘z oldimizga rivojlangan demokratik davlatlar
darajasiga ko‘tarilishdek yuksak maqsadni qo‘ygan ekanmiz, boshqa
sohalar qatori axborot olamida ham ilgarilab ketgan davlatlardan o‘rganish,
ayni shu asosda ommaviy axborot vositalari xodimlarining bilim va
tajribasi, kasb mahoratini oshirishga jiddiy e’tibor qaratishimiz zarur.
Shu o‘rinda ilgari ham aytgan bir fikrni takrorlashni joiz deb bilaman.
Bugungi globallashuv asrida har qaysi inson, har qaysi kasb egasining
o‘z malakasi va saviyasini oshirishi uchun qandaydir mafkuraviy to‘siq va
cheklashlar qolmaganini barchamiz yaxshi bilamiz. Gap faqat o‘qib-
o‘rganishdan, izlanishdan tortinmaslik, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, bu
yo‘ldan qat’iyat bilan ilgarilab borishga bog‘liq.
Bunday dolzarb vazifalar avvalambor oliy o‘quv yurtlarida shu soha
bo‘yicha dars beradigan, zamonaviy bilim va texnologiyalarni yoshlarga
o‘rgatadigan o‘qituvchi va domlalarga tegishli, desak, ayni haqiqatni
aytgan bo‘lamiz.
Shu ma’noda, keyingi yillarda mamlakatimiz ommaviy axborot
vositalari xodimlaridan 600 nafardan ziyodi xorijiy davlatlarda malaka
oshirib, tajriba almashib qaytgani albatta e’tiborga sazovordir. Ayni vaqtda
katta ahamiyatga ega bo‘lgan bu yo‘nalishdagi ishlarimizni izchil davom
ettirish va yanada kuchaytirishni bugungi hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlarining jahon
jurnalistikasining ilg‘or ish uslublari va yutuqlarini, shuningdek,
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xorijiy tillarni
puxta egallashi uchun zarur ko‘mak va yordam berish, shu bilan birga, siz,
hurmatli jurnalistlarning oldida paydo bo‘layotgan turli muammolarni
birgalashib yechish uchun davlatimiz tomonidan barcha chora va tadbirlar
albatta ko‘riladi.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
175
Mana shunday o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni amalga oshirish
yo‘lida barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, yangi omadlar
tilayman.
Aziz boshingiz doimo omon bo‘lishini istayman.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
176
Do'stlaringiz bilan baham: |