Islom karimov o‘zbekiston erishgan yutuq va marralar — biz tanlagan islohotlar yo‘lining tasdig‘idir


Mening tilagim, da’vatim shuki, Vatanimizning, olijanob



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/35
Sana20.02.2022
Hajmi1 Mb.
#461254
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
Islom Karimov. Asarlar. 22-jild. O\'zbekiston erishgan yutuq va marralar - biz tanlagan islohotlar yo\'lining tasdig\'idir

Mening tilagim, da’vatim shuki, Vatanimizning, olijanob 
xalqimizning ana shunday mehri va ishonchiga doimo munosib 
bo‘ling, marrani hamisha baland olib, bilimga, izlanish va o‘rganishga 
intilib yashang, hech qachon bo‘sh kelmang, aziz bolalarim!
Fursatdan foydalanib, “Barkamol avlod” o‘yinlarini yuksak saviyada 
o‘tkazish uchun zamonaviy sport majmualari va ijtimoiy infratuzilma 
obyektlarini barpo etgan mohir quruvchilarga, me’mor va muhandislarga, 
ana shunday ezgu ishlarga katta hissa qo‘shgan mutasaddi va homiy 
tashkilotlarga, butun Namangan ahliga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan 
chuqur minnatdorlik bildiraman. 
Sizlarni bugungi sport bayrami bilan yana bir bor tabriklab, 
barchangizga kelgusi hayotingizda yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilayman. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
153
“O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT DASTURINI AMALGA 
OSHIRISHNING MUHIM ZAXIRALARI” MAVZUSIDAGI 
XALQARO KONFERENSIYANING OCHILISH MAROSIMIDAGI 
NUTQ 
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari, xonimlar va janoblar! 
Siz, aziz mehmonlarimizni, xalqaro konferensiya ishtirokchilarini – 
nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar hukumatlari vakillari, olimlar 
va mutaxassis-amaliyotchilar, iqtisodiyotning agrar sektorida faoliyat 
ko‘rsatayotgan kompaniyalar, banklar va boshqa moliya institutlari 
rahbarlarini qutlash va mazkur forumda qatnashayotganingiz uchun yuksak 
hurmat-ehtirom va samimiy minnatdorlik bildirish menga katta 
mamnuniyat bag‘ishlaydi. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi 
tashkiloti (FAO) bosh direktori Joze Gratsianu da Silva, Jahon sog‘liqni 
saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakob, 
Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Ven Say Chjang, Yevropa 
Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Yanush Xerman, 
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari Hamid Opeloyer, 
Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti bosh direktori Jan-Mari Oran, 
Jahon bankining Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish masalalari 
bo‘yicha bo‘limi rahbari Loran Debr, Islom taraqqiyot bankining Qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirish departamenti direktori Demba Ba, Belgiya 
Parlamenti Senatining a’zosi Dominik Tilmans, Bolgariya qishloq xo‘jaligi 
va oziq-ovqat vaziri Dimitar Grekov va forumdagi ishtiroki bilan bugungi 
anjumanimizning ahamiyatini yanada oshirayotgan boshqa qadrli 
mehmonlarimizga alohida minnatdorlik bildiraman. 
Konferensiyada 40 ta mamlakatdan va 20 ta xalqaro tashkilotdan 200 
nafardan ziyod mehmon ishtirok etmoqda. 
Muhtaram anjuman qatnashchilari! 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro 
ekspert tadqiqotlari jahonda va uning ayrim mintaqalarida ushbu muammo 
bilan bog‘liq murakkab vaziyat yuzaga kelayotgani jiddiy tashvish va 
xavotir uyg‘otayotganini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda mazkur muammo 
jahon hamjamiyati uchun o‘ta dolzarb va jiddiy tahdidlar qatoriga 
kiritilmoqda. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
154
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamda Jahon 
sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoda 
840 milliondan ortiq kishi, ya’ni deyarli har sakkiz odamning biri to‘yib 
ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to‘laqonli 
ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar 
yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda. Ana shunday sabablar 
tufayli 160 milliondan ortiq bola bo‘yining o‘sishi, jismoniy va intellektual 
rivojlanishiga doir kamchiliklardan aziyat chekmoqda. 
2008-yilda boshlangan inqiroz bilan bog‘liq voqealar barchamizning 
esimizda, o‘shanda jahon miqyosida narx-navo ko‘tarilib, oziq-ovqat 
ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgani Osiyo, Afrika va Lotin 
Amerikasining ko‘plab davlatlarida norozilik va ommaviy tartibsizliklarga 
sabab bo‘lgan, butun dunyoda barqarorlikka nisbatan jiddiy xavf-xatarga 
aylangan edi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish