O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI
Aziz vatandoshlarim, qadrdonlarim!
Mana shu unutilmas, shukuhli damlarda siz, mo‘tabar otaxon va
onaxonlarni, munis opa-singillarimizni, navqiron o‘g‘il-qizlarimiz, jajji
bolalarimizni – barcha-barchangizni qutlug‘ qadamlar bilan yurtimizga
kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklab, samimiy
tilaklarimni izhor etishni o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman.
Bayramona dasturxon atrofida jamuljam bo‘lib o‘tirgan siz, azizlarni
bag‘rimga bosib, xonadonlaringizga tinchlik, sog‘lik-omonlik va
xursandchilik, to‘kin-sochinlik yor bo‘lishini, yurtimiz yanada obod bo‘lib,
yanada chiroy ochib ravnaq topishini, barcha-barcha ezgu niyatlarimiz
ushalishini tilayman.
Bugungi kunda oldimizda turgan buyuk maqsadlarimizga erishish,
taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, hayotimizni yangi
bosqichga ko‘tarish yo‘lida mamlakatimiz qo‘yayotgan amaliy qadamlar,
O‘zbekistonimizning
xalqaro
maydonda
obro‘-e’tibori
yuksalib
borayotgani barchamizga yaxshi ma’lum.
Yakuniga yetayotgan 2013-yilning ayni shu yo‘lda Vatanimiz
taraqqiyotiga, iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga, el-yurtimiz
hayot darajasining yuksalishiga salmoqli hissa qo‘shgani, xosiyatli va
barakali bo‘lganini shukronalik bilan ta’kidlashimiz lozim.
Buning dalili sifatida jahon miqyosida hali-beri davom etayotgan
moliyaviy-iqtisodiy inqirozning jiddiy ta’siriga qaramasdan, keyingi
yillarda iqtisodiyotimizning o‘sish sur’atlari 8 foizdan ziyodni tashkil
etgani va bunday ko‘rsatkich dunyoda kamdan-kam davlatlarda
kuzatilayotgani barchamizga chuqur mamnuniyat yetkazadi.
Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan keng ko‘lamli kapital mablag‘lar
va chet el investitsiyalarining hajmi tobora oshib borayotgani, shuning
hisobidan eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yuzlab korxonalar,
transport kommunikatsiyalari, ming-minglab yangi uy-joylar, infratuzilma
ob’ektlari barpo etilgani shahar va qishloqlarimizning qiyofasini tubdan
o‘zgartirmoqda,
mamlakatimizning
salohiyatini
yanada
oshirib,
kelajagimiz uchun mustahkam poydevor yaratmoqda, desak, ayni haqiqatni
aytgan bo‘lamiz.
O‘tib borayotgan 2013-yilda aholimizning real daromadlari 15,7
www.ziyouz.com
kutubxonasi
86
foizga, ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori 20,8
foizga o‘sgani, inflyatsiya darajasi 6 foizdan ortmagani, bozor va
do‘konlarimiz rastalari to‘kin-sochin bo‘lib, ko‘zni quvontirayotgani, narx-
navo me’yordan oshmagani – bularning barchasi, hech shubhasiz,
xalqimizning farovonligi, hayot darajasi va sifati yuksalib borayotganining
yaqqol dalili va isboti, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
Yangi yilda ham ayni shu siyosatni izchil davom ettirish asosida
aholimizning moddiy ahvoli yanada yaxshilanib, oylik ish haqi, pensiya,
stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori bu raqamlardan kam bo‘lmaydi,
deb barchangizni ishontirib aytishga to‘liq asoslarimiz bor.
Qadrli yurtdoshlar!
Bugun biz katta orzu-umidlar bilan kutib olayotgan yangi – 2014-yil
haqida, barchamizning e’tiborimiz markazida turishi zarur bo‘lgan
vazifalar haqida gapirganda, eng avvalo, qo‘lga kiritgan yutuqlarga
mahliyo bo‘lmasdan, beparvolik kayfiyatiga berilmasdan, erishgan
natijalarimizni tanqidiy baholab, hayot talablari bilan hamohang bo‘lib,
ko‘zlagan istiqbolimizga qadam qo‘yishimiz nihoyatda muhimdir.
Shu ma’noda, birinchi navbatda yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni,
mehr-oqibat, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni, qo‘shnilarimiz bilan
do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, har qanday balo-
qazolarni ostonamizga yo‘latmaslik, sarhadlarimiz daxlsizligini ko‘z
qorachig‘idek asrash, buning uchun Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va
qudratini oshirishga alohida ahamiyat berish – bugungi kunda notinch
zamonning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb vazifalar qatorida
saqlanishi zarur.
Biz tanlagan va o‘tgan davr mobaynida o‘zini to‘liq oqlagan, chuqur
o‘ylangan,
jamiyatimizni
demokratlashtirish
va
hayotimizni
erkinlashtirishga qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirish va samarasini
oshirish siyosatimizni davom ettirish yangi yilda barcha dasturlarimiz va
kundalik harakatlarimizning maqsadlariga aylanishi kerak.
Shu borada zamonaviy korxonalarni ishga tushirish hisobidan
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes,
xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatlarini rivojlantirishga keng yo‘l
ochib berish, sog‘liqni saqlash, biz uchun muhim o‘rin tutadigan ta’lim-
tarbiya sohasini yangi bosqichga ko‘tarish, keng ko‘lamli bunyodkorlik
ishlarimizni davom ettirish yangi yilda ham eng ustuvor vazifalarimiz
bo‘lib qoladi.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
87
Kirib kelayotgan 2014-yilning yurtimizda “Sog‘lom bola yili” deb
e’lon qilinganini xalqimiz katta mamnuniyat bilan kutib olgani va keng
qo‘llab-quvvatlayotgani
bu
qaror
el-yurtimizning
olijanob
orzu-
intilishlariga naqadar hamohang ekanidan dalolat beradi.
Haqiqatan ham, bolalarimizning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga
yetishi, ularning baxtu iqbolini ko‘rish – har bir ota-ona, har qaysi oilaning
eng ulug‘ va muqaddas orzusidir.
Shu bilan birga, hammamiz yaxshi tushunamizki, faqatgina jismoniy
va ma’naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimga, o‘z fikr va qarashlariga
ega bo‘lgan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z
zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yangi avlodimizni kamol toptirish – biz
ko‘zlagan obod va farovon hayot barpo etishning asosiy garovi va aytish
mumkinki, hal qiluvchi sharti bo‘lib maydonga chiqmoqda.
Ayni shu haqiqatni chuqur anglab, “Sog‘lom bola yili” deb nom olgan
2014-yilda va kelgusida ham bu masala, bu vazifa ham davlatimiz, ham
jamiyatimiz, barcha-barchamizning doimo e’tiborimiz markazida bo‘lishi
lozim.
Aziz va qadrli vatandoshlarim!
Yangi yil kirib kelishiga sanoqli daqiqalar qolgan mana shu hayajonli
damlarda barchamiz Yaratganimizdan ezgu orzu-maqsadlarimizning
ro‘yobga chiqishini, xonadonlarimizning qut-barakasi, fayzini berishini
chin qalbimizdan so‘raymiz.
Kirib kelayotgan yangi yilimiz yurtimizga, barcha-barcha oilalarga
baxtu saodat va omad keltirsin!
Har birimizning pok niyat va tilaklarimiz ijobat bo‘lsin!
Vatanimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
www.ziyouz.com
kutubxonasi
88
Do'stlaringiz bilan baham: |