Islom karimov nomidagitoshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


III.BO’LIM Oltin rudasini boyitish fabrikalari



Download 2,03 Mb.
bet8/17
Sana23.01.2022
Hajmi2,03 Mb.
#402648
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Salimboyeva-maxsus

III.BO’LIM Oltin rudasini boyitish fabrikalari.


3.1 Angren Oltin saralash fabrikasi.

3.1.1-rasm. Angren oltin saralash fabrikasi.

Angren oltin saralash fabrikasi Angren kon boshqarmasi tarkibiga kiradi.Hozirgi vaqtdagi asosiy texnologik jarayonlar quyidagilar hisoblanadi:

-rudani ikki bosqichda 60% klassgacha maydalash 0,074 mm;

-oltin tarkibli konsentrat olib flotatsion boyitish;

-konsentratni quyultirish;

-konsentrat filtratsiyasi;

-kekni (konsentratni) quritish).

Angren oltin boyitish fabrikasi –oltin rudasini boyituvchi fabrika, “O`zbekolmosoltin” uyushmasi tarkibiga kiradi, Toshkent viloyati Angren shahridan 6 km uzoqlikda, shaharning g`arbida joylashgan. 1971-1973-yillarda qurilgan. Fabrikada Ko`chbuloq, Qizilolmalisoy va boshqa oltin konlaridan qazib

olingan ruda qayta ishlanadi(qayta ishlanadigan rudalar tarkibida 40 ga yaqin

minerallar uchraydi). Fabrikada olingan gravio- va flotokonsentratlar yana qayta ishlash uchun Olmaliqkon-metallurgiya kombinatiga jo`natiladi. Fabrikada ishlab chiqariladigan mahsulotlardan oltin, kumush, mis, selen, tellur, vismut kabi metallar olinadi.


Fabrikada 1992-1993- yillarda “O`rta Osiyo rangli metallar” loyiha ilmiy tadqiqot institutda loyihasi asosida rekonstruksiya qilindi va ishlab chiqarish quvvati ikki marta oshirildi.Fabrika negizida qimmatbaho metallarni qazib olish va qayta ishlash bo`yicha Nyumont(AQSH), Mitsui(Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda yopiq turdagi “Angrengoldkompani” qo`shma korxonasi barpo etish bo`yicha shartnoma imzolandi. Angren oltin saralash fabrikasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiga kiradi, shuningdek u asosiy oltin ishlab chiqaruvchi fabrikalardan biri hisoblanadi.Fabrikada asosiy instruksiya sifatida flotatsion oltin tarkibli konsentrat ishlab chiqariladi.U davlat standartini quyidagi talablariga javob beruvchi TSH 65-004:2001 bo’yicha amalga oshiriladi.Oltin tarkibli flotatsion konsentrat Angren oltin saralash fabrikasida flotatsion texnologiya bo’yicha rudalarni ishlaydi.

Angren oltin saralash fabrikasi 2002-yil may oyidan buyon AO “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” tarkibida hisoblanadi.U o’zida oltin saqlovchi Olmaliq-Angren hududlaridagi rudalarni boyitadi.

Fabrikani loyihalashtirish va texnologik sxemasini tashkil etishda quyidagi institutlar katta ahamiyatga ega “Sredazi va Protsvetmet”, “Irgiredmet”,”Kazmehanobr” va shimoliy Kavkaz GMI va hokazolar.Bajarilgan tekshiruv ma‟lumotlarga ko’ra oltin tarkibli konlar Ko’chbuloq, Kovuldi va Qizil olma hisoblanadi.

Fabrikani texnologik sxemasi rudani 3- bosqichda yanchishni tashkil etadi.


I-BOSQICH.

- rudani klassifikatsiyalash

- gidrosiklon bilan

- yordamchi klassifikatsiyalash.


II-BOSQICH.

Bir spiralli klassifikatorda amalga oshirilib o’lchami 1500-8200 mm, sxemaning asosiy texnologik jarayoni sifatida KB-8 rusumli dastgoh hisoblanadi.

II-bosqich yanchishdan so’ng ruda flotatsiyalanadi,ya’ni asosiy va nazorat flotatsiyalanadi.
III-BOSQICH.

III-bosqichda tozalash, flotokonsentratni quyultirish va filtrlash ishlari amalga oshiriladi.III-bosqich tozalashdan so’ng flotatsion chiqindilar quyultiriladi va sorbtsion sianirlanadi.

Asosiy va nazorat flotatsiyani davomiyligi 13-minutni tashkil etadi.

Fabrikada 1 t rudaga necha gramm reagentlarni qo’shilishi :

-kalsinirlangan soda – 130 gr

-ksantogenat – 200 gr

-T-66,92-moylari qo’shiladi.

Gravitatsion konsentratni chiqishi -0.9 % ni , flotatsion konsentratni chiqishi esa-

4.1 % ni tashkil etadi.

Fabrika Angren shahridan 6 km g’arbda O’zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan.Mazkur hudud ko’p tarkibli rudalar qazib olish va ishlab chiqarish bilan ajralib turadi.Bu hududda katta shaharlar mavjud.Ya’ni Angren, Olmaliq, Ohangaron va bir qator qishloqlar.

Angren oltin saralash fabrikasi hududi Angren-Toshkent terrasasiga yaqin joylashgan.Qizil olma va Ko’chbuloq konlarining hududi bilan fabrika 3-kategoriyali avtomobil yo’llari orqali bog’langan.Ular orasidagi masofa quyidagicha : Qizil olma – 5 km , Ko’chbuloq – 17 km.Hududiy iqlimi kontinental hisoblanadi,ya’ni, yozda issiq, qishda esa kam yog’adigan qorlari bilan ajralib turadi.Asosiy suv arteriyasi – Angren daryosi hisoblanadi. Mazkur hududda yetarlicha qurilish materiallari mavjud.Ular quyidagilar : qum, graviy , sement va hokazo.

Hozirgi kunda Angren oltin saralash fabrikasida Qizil olma va Ko’chbuloq konlaridan keltirilgan rudalar katta ahamiyatga ega.

Qizil olma koni 1959-yilda ochilgan bo’lib, u janubi-g’arbiy chotqol tog’lari yonbag’rida, aqcha-qorabog’ soylari oralig’ida joylashgan. U quyidagi 5 ta uchastkadan iborat:

1.Sentralniy.

2.Samarchuq.

3.Chumauk.

4.Mejdureche.

5.Shimoli-g’arbiy.


Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish