K O`PPARTIYAVIYLIK – hozirgi demokratik davlatlarda siyosiy hayotni tashkil etishning asosiy konstitutsiyaviy printsiplaridan biri, siyosiy va mafkuraviy plyuralizmni ancha umumiyroq bo‘lgan printsipining ifodasi hisoblanadi. K. P. printsipi yuridik jihatdan davlat fuqarolarning o‘z dunyoqarashlariga muvofiq tarzda siyosiy partiyalarga birlashish huquqini, barcha siyosiy partiyalarning qonun oldida tengligini, ular faoliyati erkinligini tan olishi va kafolatlashini anglatadi.
QONUN – davlat hokimiyatining oliy vakillik organi tomonidan yoki bevosita xalqning xohish - irodasiga ko‘ra (masalan, referendum o‘tkazish yo‘li bilan) qabul qilingan va qoida tariqasida, eng muxim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik hujjat.
QONUN LOYIHASI – qonun chiqaruvchi organga qabul qilish uchun taklif qilinayotgan yoki referendumda ko‘rishga kiritish uchun tayyorlangan qonunning matni.
Do'stlaringiz bilan baham: |