Islom karimov nomidagi



Download 2,58 Mb.
bet22/120
Sana01.01.2022
Hajmi2,58 Mb.
#289219
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120
Bog'liq
O`zb Yangi tarixi 2021 UMK

AJRATILGAN SOAT-2

Asosiy savollar


  1. O`zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar.

  2. O`z- o`zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o`rni.

  3. Inson haq-huquqlarini ta‟minlash va himoya qilish.

O`zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar.
O’zbekistonda davlat mustaqilligi e'lon qilingan dastlabki yillardan boshlab mamlakat Prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi hukumat fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib, nodavlat notijorat tashkilotlarini demokratik tamoyillar asosida isloh etishga muhim e'tibor berib kelmoqda. Mamlakat prezidenti I.A.Karimov mamlakat taraqqiyoti to’g’risida so’zlar ekan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning strategik maqsadlarini quyidagicha ifodalaydi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir» (Karimov I.A. ?zbekiston iqtisodiy islo?otlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.:?zbekiston, 1995, 9-bet.).
Mustaqillik davridagi demokratik islohotlar natijasi o’laroq, 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstituoiyasi, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan barcha qonunlar majmuasi mamlakatimizda demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish orqali fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgandir. Ayniqsa, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VIII sessiyasida kabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy konunning 2-moddasiga binoan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishning asosiy printsiplari quyidagicha ifodalandi:
“-qonun ustuvorligini, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari o’rtasida muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini ta'minlash;

-xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini ta'minlash;

-siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish;

-nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni ta'minlash;

-fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-bosqich o’tkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni ta'minlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish”.

Mustaqillik davrida mamlakatda demokratik jamiyat qurishning huquqiy asoslari yaratildi. Konstitutsiyaning g’oyalari, maqsadlari, ruhi, uning har bir qoidasi BMTning «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», asrlar mobaynida ilg’or va etakchi mamlakatlarda shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan avlodga meros bo’lib kelayotgan milliy va sharqona davlat va jamiyatni adolatli idora etish, mamlakatni boshqarishda xalqning ham bevosita ishtirok etishi an'analarini o’zida mujassamlashtirdi.

Milliy mustaqillikning dastlabki davridayoq mamlakatda fuqarolik jamiyatini qurish yo’lida uning muhim institutlaridan biri bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlarning erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun huquqiy asoslar yaratildi. Konstitutsiyaning alohida «Jamoat birlashmalari» deb nomlangan bobi respublikada fuqarolik jamiyati va ko’p partiyaviylik tizimini qaror toptirish uchun ham huquqiy, ham amaliy jihatlardan shart-sharoitlar yaratdi. Unga binoan jamoat birlashmasi, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar kabi tushunchalarga huquqiy aniqliklar kiritiladi. Endi ular demokratik talqinlar asosida ta'riflana boshlandi. Ayniqsa, Konstitutsiyaning 58-moddasidagi “Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi” (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2000,16-bet.), 34-moddasidagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas”, degan fuqarolik jamiyat mustaqilligini ta'minlashga doir huquqiy printsipni e'tirof etilishi respublikadagi jamiyat taraqqiyoti insoniyat hayotining bir necha asrlar mobaynida tajribalaridan va sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini bildiradi. O’zbekistonda saylov tizimi uchun Konstitutsiyaning “Saylov tizimi” deb nomlangan bobidagi 117-moddaga binoan respublika «fuqarolari erkin ravishda vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar» (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2000,35-bet.).

Hozirgi davrga kelib, O’zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to’g’risida»gi Qonuni (1991yil fevralda qabul qilingan, 1997 y. aprelda esa qo’shimcha va o’zgarishlar kiritilgan), O’zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonuni (1992 y.,iyul), O’zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonuni (1996 y., dekabr), O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y., may) kabilar bilan muvofiqlashadi.

Oliy Majlis tomonidan 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida»gi qonunga binoan «Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari (a'zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish, ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi» («Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga shar?lar. –T.: 2002, 14-bet.).

O’zbekistonda amaldagi qonunchilikka binoan nodavlat notijorat tashkilotlariga quyidagi huquqlar berilgan:

-o’z a'zolari va qatnashchilarining huquklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

-ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;

-davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining karorlarini ishlab chiqishda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;

-o’z faoliyati to’g’risida axborot tarqatish;

-ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

-ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;

-o’z ramziy belgilarini ta'sis etish;

-o’z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig’ilishlar, konferentsiyalar o’tkazish;

-qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.

O`z- o`zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o`rni.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida to‘g‘ridanto‘g‘ri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bog‘liq masalalarni hal qilishda mustakil faoliyat olib borishini ta‘minlashdir.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105modda) va "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida" (yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. huquqiy holati ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu qonunga ko‘ra, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yig‘ini; fuqarolar yig‘inining kengashi; fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy io‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar; fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar, qishloklar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma‘muriy komissiya. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega bo‘ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro‘yxatga olinishi kerak. O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq faoliyat ko‘rsatmoqda. Fuqarolar yig‘ini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini ta‘minlagan hodda, umumiy, teng va to‘g‘ridanto‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida" qonun qabul qilingan Fuqarolar yig‘ini — fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining yuqori organi bo‘lib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yig‘inida 18 yoshga to‘lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘inining vakolatlari ko‘rsatilgan. Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolar yig‘inlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislari va yig‘inning mas‘ul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yig‘inining kengashi tuziladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.ning faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yig‘ini kengashi o‘z devoniga ega bo‘lishi mumkin, uning xodimlari soni yig‘in tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), mas‘ul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yig‘inining mablag‘lari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga ham ta‘minlanishi mumkin. Taftish k o missiyasi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. moliyaxo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Ma‘muriy komissiya ma‘muriy huquqbuzarliklarga oid o‘z vakolatlari doirasidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun tuziladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.ning faoliyatini muvofiklashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha viloyat, tuman, shahar muvofiklashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. faoliyatining moliyaviy asosi o‘z mablag‘laridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablag‘laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayrehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag‘lardan tashkil topadi.

Inson haq-huquqlarini ta‟minlash va himoya qilish.

O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach jamiyatimizning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan e’tibor, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etish kabi g‘oyalar bosh maqsad sifatida mustahkamlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, jamiyat rivojlanishining strategik yo‘nalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik printsiplari, inson huquq va erkinliklari kafolatlari, ma’naviy qadriyatlarimiz asoslarini mustahkamlab berdi.

Konstitutsiya 6 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, uni 2-bo‘limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlangan. Ushbu bo‘limda demokratik rivojanish yo‘lini tanlab olgan davlatimizning inson huquqlari masalasiga doir siyosatining asosiy qoidalari ko‘rsatilgan. Mazkur bo‘limning mazmuni va mohiyati Konstitutsiyamizning 13-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, degan yuksak insonparvarlik tamoyil aks etgan.

Asosiy qonunimizda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklarining mazmuni 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining mazmuniga mos keladi.

Bugungi kunda fuqarolarning shaxsiy, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan 120 dan ortiq qonunlar qabul qilingan. Masalan, “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi, Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar shular jumlasidandir. Shuningdek, Respublikamiz inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq 70 ga yaqin xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan. Bundan tashqari, mamlakatimiz parlamenti tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlarini himoya qilishga oid quyidagi 6 ta asosiy xalqaro hujjati ratifikatsiya qilingan:

1. “Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida”gi Konventsiya;.

2. “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konventsiya;
3 “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro pakt;
4. “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro pakt;
5 “Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konventsiya;
6. “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr–qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi to‘g‘risid”gi Konventsiya.
Joriy yilning 10 dekabr kuni jahon hamjamiyati tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligi keng tantana qilinadi. 1991 yil 30 sentyabr kuni, ya’ni O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan oyda mazkur deklaratsiya Parlamentimiz tomonidan ratifikatsiya qilingan va shu kundan e’tiboran, O‘zbekistonning inson huquqlari sohasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli muassasalari bilan uzoq muddatli va ko‘p tomonlama hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligini mamlakatimizda ham keng nishonlash maqsadida 2008 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur tadbirlar dasturida inson huquqlariga doir qonunchilikni yanada takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlarining bajarilishini montitoring qilish, inson huquqlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan ta’lim va ma’rifiy, axborot-targ‘ibot ta’minotini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. O‘tkaziladigan tadbirlarda davlat va nodavlat tashkilotlari, jamoat birlashmalari hamda ommaviy axborot vositalarining faol ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan.


BMTning har bir mamlakatda inson huquqlari bo‘yicha milliy tuzilmalar tuzish to‘g‘risidagi chaqirig‘iga javoban mamlakatimizda hamdo‘stlik davlatlari ichida birinchilar qatorida milliy institutlar tashkil etildi, sud-huquq tizimi yangi sharoitlar talablariga bosqichma-bosqich moslashtirildi.

Xususan, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan Parlament nazoratini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman), bundan tashqari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining samarali faoliyatini ana shunday institutlar sifatida e’tirof etish mumkin.

Bundan tashqari, inson huquqlarini himoya qilish sohasida ham bir qator nodavlat notijorat tashkilotlari tashkil etilgan bo‘lib, ular bu sohada samarali faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Inson huquqlari va gumanitar huquqini o‘rganish markazi, O‘zbekiston inson huquqlari mustaqil tashkiloti, “Demokratiya va inson huquqlari instituti”, O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati nodavlat notijorat tashkilotlari shular jumlasidandir.

Inson huquq va erkinliklarini huquqiy himoya qilish samaradorligini yanada oshirish maqsadida, respublikamizda davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. 2003 yil 27 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 370-sonli qarori bilan Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi hamda uning viloyat boshqarmalarida bo‘limlari tashkil etildi.

Milliy institutlar jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonunchilikni takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini o‘z vaqtida tiklash uchun beg‘araz yordam ko‘rsatib kelayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Inson huquqlari himoyasini sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatimiz Prezidentining 2005 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmoni inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ustuvor qadriyat sifatida mustahkamlash yo‘lida qo‘yilgan yana bir dadil qadam bo‘ldi. Mazkur farmon Konstitutsiyamizning 24-moddasidagi yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanining amaliy tasdig‘idir.

O‘lim jazosi masalasi har bir insonning yashashga bo‘lgan huquqi bilan bevosita bog‘liqdir. Mustaqillikka erishish davrida Respublikamiz jinoyat qonunchiligida 30 dan ortiq jinoyat turlariga o‘lim jazosi tayinlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu jinoyat turlari 1994 yilga kelib 13 taga, 1998 yilda 8 taga, 2001 yilda 4 taga, 2003 yilda esa 2 taga kamaytirilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi PF-3641-son Farmoniga asosan 2008 yil 1 yanvardan respublikamizda o‘lim jazosi bekor qilingan.

Bundan tashqari, fuqarolarning qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz ekanligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim xaqli emasligi Konstitutsiyamizda, shuningdek BMTning “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktida ham e’tirof etilgan. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha jahon amaliyotida "Xabeas korpus", ya’ni qamoqqa olish sanktsiyasini sudlarga berilganligi hamda shaxs daxlsizligini ta’minlashda sud nazorati instituti joriy etilganligini inobatga olib, Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 8 avgustda qabul qilingan Farmoniga ko‘ra 2008 yilning 1 yanvaridan qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilgan. Umuminsoniy qadriyatlarning yuksak namunasi sifatida qabul qilingan mazkur farmonlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilgan.

Mazkur farmonlar asosida "O‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi va "Qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari ishlab chiqilib, 2007 yil 11 iyulda qabul qilindi.

Ushbu qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish uchun barcha tashkiliy-tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini amalga oshirishga zarur bo‘lgan ancha uzoq muddat ajratilgan. Bu borada qator xorijiy mamlakatlarning tajribasi o‘rganilib, huquqshunos olimlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tajribali xodimlari hamda keng jamoatchilikning fikri inobatga olingan.

"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, keng tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida o‘lim jazosining tarafdorlari sezilarli darajada kamayib, mamlakatimiz aholisining mutlaq ko‘pchiligi (90 %) davlat rahbarining o‘lim jazosini bekor qilish va qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish haqidagi qonunchilik tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha Konventsiyasini to‘ldiruvchi, 2000 yilning 15 dekabrida qabul qilingan "Odamlar, ayniqsa ayollar va bolalar savdosini to‘xtatish, oldini olish va uning uchun jazo to‘g‘risida"gi Bayonnomada odamlar savdosining oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali choralarini ko‘rish, bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni jazolashga va uning qurbonlarini, shu jumladan, ularning xalqaro e’tirof etilgan huquqlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli xalqaro yondashuv zarurligi mustahkamlab qo‘yilgan.

Odam savdosiga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish hamda mazkur Bayonnomaning qoidalarini milliy qonunchilikka singdirish maqsadida 2008 yil 17 aprelda "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Bu Qonunda "odam savdosi" va "odamlardan foydalanish" tushunchalari belgilangan, odam savdosiga qarshi kurashish tizimining tashkil etilishi tartibi, vakolatli organlar va ularning vazifalari, shuningdek, odam savdosi qurbonlarining himoyasi va ijtimoiy-huquqiy reabilitatsiyasi masalalari yoritilgan.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarga sodiqligini va o‘zining xalqaro majburiyatlarini bajarayotganligini tasdiqlovchi yana bir dalildir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 maydagi "O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni sud-huquq tizimini liberallashtirish jarayonining mantiqiy davomi bo‘ldi.

Advokaturaning huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati sharoitlarida inson huquqlari va erkinliklarini samarali himoya qilish borasidagi tutgan o‘rnidan kelib chiqib, mazkur institutning isloh qilinishi sud-huquq tizimi sohasidagi islohotlarning bugungi kundagi eng muhim vazifasi sifatida e’tirof etildi.

Ta’kidlash joizki, advokatura institutini isloh qilish jarayoni mustaqillik e’lon qilingan dastlabki yillarda boshlangan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasida so‘zlagan nutqida advokatlar tizimining mavqei va ahamiyatini keskin ko‘tarish lozimligini, ular birinchi navbatda sudlov amaliyotida konstitutsiyaviy va huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya etilishini ta’minlashlari, o‘z himoyalaridagi fuqarolarning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishlari kerakligini ta’kidlagan edi.

Keyinchalik qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi "Advokatura to‘g‘risida"gi va 1998 yil 25 dekabrdagi "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida"gi qonunlari ilk bor mustaqil O‘zbekistonda advokaturaning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy asoslar yaratib, advokatlarning huquqiy maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini mustahkamladi.

Davlatimiz rahbarining "O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni — fuqarolarning malakali yuridik yordam olish huquqini mustahkamlaydigan konstitutsiyaviy normani amalga oshirish, advokaturaning tashkiliy mustaqilligini ta’minlash, advokatlar mustaqilligining kafolatlarini kuchaytirish va ushbu kasb obro‘si va nufuzini oshirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadamdir.

Farmonda advokaturani isloh qilishning qator asosiy yo‘nalishlari, shu jumladan, advokatlikka nomzod shaxslarning malakasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarni kuchaytirish, ularning muntazam ravishda kasbga oid malakasini oshirishning majburiyligini joriy qilish, ayblov va himoya taraflarining protsessual huquqlari tengligi va shu kabi boshqa masalalar ko‘zda tutilgan.

Inson va fuqarolarning huquqlari ichida fuqarolarning tengligi tamoyili alohida o‘rin tutadi. Konstitutsiyamizning 18-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”, deb ko‘rsatilgan. Fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlashning muhim huquqiy vositasi – teng huquqlilikni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikning mavjudligidir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141-moddasida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish jinoiy harakat hisoblanib, bunday harakatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Fuqarolarning murojaat qilish huquqi siyosiy huquqlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Konstitutsiyamizning 35-moddasida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga mazkur sohada maxsus qonun, ya’ni “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

Vijdon erkinligi – insonning ajralmas huquqlaridan biridir. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida “Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligi va ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusum hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o‘z dini yoki e’tiqodiga yakka tartibda, shuningdek boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini o‘z ichiga oladi”, deb ko‘rsatilgan.

Mazkur umuminsoniy printsiplar Konstitutsiyamizda ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, uning 31-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi, har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi hamda diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.

Sobiq ittifoq davrida respublikamizda bor-yo‘g‘i 89 ta masjid va 2 ta madrasa faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirgi kunda respublikamizda 16 ta konfessiyaga oid jami 2000 dan ortiq diniy tashkilotlar ro‘yxatga olingan.

Davlatimiz tomonidan mazkur diniy tashkilotlarning faoliyat olib borishi va rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning 61-moddasida diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilganligi hamda qonun oldida tengligi, shuningdek, davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi belgilangan.



Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, inson huquqlari taraqqiyoti uzluksiz davom etuvchi, harakatdagi jarayon bo‘lib, doimo takomillashib boradi. Inson huquqlariga oid norma va qoidalarni har bir shaxs qalbi va ongiga singdirish o‘z navbatida, milliy o‘zini anglashga hamda huquqiy faol jamiyat a’zosini tarbiyalashga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR:

  1. O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T., O`zbekiston, 2012

  2. O`zbekiston Respublikasi: Mustaqil davlatning bunyod bo`lishi. T., O`zbekiston, 1992

  3. Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.T., O`zbekiston, 1992, 3-9-betlar.

  4. Karimov I.A. O`zbekiston – bozor munosabatlariga utishning o`ziga xos yo`li. T., O`zbekiston, 1993, 3-20-betlar.

  5. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr busagasida xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari. T., O`zbekiston. 1997, 3-16 – betlar.

  6. Salimov O, Usmonov Q, Gʻaniyev D. Yangi O`zbekistonning 7 zafarli yili. T., Shark, 1999, 13- 35-betlar.

  7. Usmonov Q. va boshqalar. O`zbekiston karamlik va mustaqillik yillarida. T., O`qituvchi, 1996, 8-28-betlar.

  8. O`zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O`zbekiston tarixi. T.: Shark, 2000, 7- 75-betlar.

  9. O`zbekiston tarixi. 3-kitob. Mustaqil O`zbekiston tarixi.T.Sharq. 2011.


  1. MAVZU IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI. O`ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI.


Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish