OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI – ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri bo‘lib, u demokratiyani chuqurlashtirish va aholining siyosiy faolligini oshirishda, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotdagi voqelikka nisbatan dahldorlik xissini shakllantirishda, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati, shuningdek jamiyatda yuz berayotgan barcha o‘zgarishlar, bo‘layotgan jarayonlar xususida keng jamoatchilikka etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunchilikka muvofiq ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va elektron tarzda (tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb–saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositasi sifatida e‘tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |