Islom karimov nomidagi toshkent davlat


Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlashdagi aniqlovchi omillar



Download 302,1 Kb.
bet12/17
Sana30.12.2021
Hajmi302,1 Kb.
#88833
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Tangirova S K.loyiha

Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlashdagi aniqlovchi omillar

IAQ lari quyidagi kо‘rsatkichlar bо‘yicha tavsiflanadi: konsruksiyaning axamiyati, tashqi о‘lchami, massasi, xizmat kо‘rsatishida qulaylik, issiqlik almashinish sharoiti, gidrodinamik FIK, chidamliligi, kо‘rinishi, bundan tashqari issiqlik unumdorligi, jarayonning xaroratli sharoitlari, issiqlik tashuvchilarning fizik-kimyoviy tarkibi, jarayonning muqimligi va boshqalar.

IAQ larini tayyorlash uchun turli metallar (temir, chо‘yan, alyuminiy) va ularning qotishmalari ishlatiladi. Eng kо‘p pо‘lat ishlatiladi. Tarkibida kam miqdorda uglerodni ushlagan pо‘latlar yaxshi qoliplanishi xossasiga ega, biroq qiyinlik bilan kesiladi. Pо‘lat tarkibiga legirlovchi elementlar (xrom, nikel, kremniy va boshqalar) qо‘shilsa, uning sifati yaxshilanib, aloxida xossalarga ega bо‘lib qoladi. Masalan, xrom pо‘latning mexanik, yemirilishiga va koroziyaga bardoshlik xossalarini yaxshilaydi; nikel esa mustaxkamligi va egiluvchanligini oshiradi; kremniy qо‘shilgan pо‘latning о‘tga chidamliligi kuchayadi.

Oddiy pо‘latlar (ST.3) ortiq bosim bilan (6 mPa gacha) ish muxitlari xaroratlari –30 0S dan +4250S bо‘lganda IAQ lari tayyorlash uchun ishlatiladi. Ancha qiyin shart sharoitlar uchun qurilmalar tayyorlash maqsadida sifati yaxshilangan uglerodli pо‘latlar ishlatiladi. Issiqlikka chidamlilik va mustaxkamlikni oshirish uchun kam ligerlangan pо‘latlar ishlatiladi, bunday materiallardan tayyorlangan qurilmalarni ish muxiti xaroratlari –70 0S dan + 5500S gacha о‘zgargan paytda ishlatiladi.

Qurilmalarning kislotaga bardoshligini va о‘tga chidamligini oshirish uchun xrom – nikelli pо‘lat markalari ishlatiladi.

Qobiq – quvurli issiqlik almashgichlar suyuqlik va gazsimon muxit uchun isitkich, kondensator va bug‘latkich sifatida ishlatiladi. Umumiy maqsadlar uchun qobiq quvurli IAQ lari uglerodi va zanglamaydigan pо‘latdan tayyorlanadi, bunday qurilmalarning issiqlik almashinish yuzasi 1 dan 2000 m2 gacha boradi. Qobiqning tashqi diametri 159-426 mm bо‘lgan qurilmalar standartlashtirilgan quvurlardan tayyorlanadi. Qobig‘ining diametri 400 mm dan katta bо‘lgan IAQ lari uglerodli va zanglamaydigan pо‘lat listlarini payvandlash yо‘li bilan tayyorlanadi.

U – simon quvurli qobiq IAQ lari ish muxitining xarorati –30 0S dan +450 0S gacha о‘zgarganda va bosimning qiymati 1,6-6,4 MPA bо‘lganda ishlatiladi.

“Quvur ichida quvur” turidagi IAQlar kam miqdordagi issiqlik tashuvchilar ta’sirida suyuq va gazsimon muxitni isitish va sovitish maqsadida qо‘llaniladi.

Namlanuvchi IAQlari agressiv yoki issiqlik ta’sirida buziluvchi suyuqliklarni sovitish uchun ishlatiladi. Botirilgan zmeyevikli IAQ lari kо‘pincha rektifikatsion kolonalarning isituvchi elementlari sifatida xamda isitgichlar vazifasi ishlatiladi.

Plastinali IAQ laridan sovitkich, isitkich va kondensatorlar sifatida foydalaniladi. Yuzasi 0,2–1,3 m2 li plastinalardan tayyorlangan qurilmalar quyidagi rejimlarda ishlatish mumkin: bosimning qiymati 0,6-1,0 MPa; muxit xaroratining о‘zgarishi –30 0S dan +180 0S gacha.

Qirrali IAqlari devor yuzasining ikkala tomonidan sharoit turlicha bо‘lganda (masalan, quvurning ichida bug‘ kondensatsiyalanadi, quvurning tashqi yuzasidan isitilishi lozim bо‘lgan xavo aylanib о‘tadi) ishlatiladi. Odatda, quvurning qirralari mis yoki alyuminiyli yupqa listlardan qilinadi.

Spiralsimon IAQ lari suyuqlik va gazlarni isitish yoki sovitish uchun foydalanadi. Bunday issiqlik qurilmalarining ish rejimi quyidagicha bо‘ladi: xaroratning о‘zgarishi –20 0S dan +200 0S gacha; ortiqcha bosimning qiymati 1 MPa gacha.

Blokli IAQ lari agressiv suyuqliklar, bug‘lar va gazlarni issiqlik ta’sirida qayta ishlash uchun ishlatiladi. Graqitli elementlar (bloklar, quvurlar) fenolformaldigit smolasi bilan singdirilgan bо‘ladi yoki grafitioplsat ATM –1 dan tayyorlanadi. Fenolformaldigit smolasi bilan singdirilgan grafitli bloklarning issiqlikka chidamliligi 130 0S dan oshmaydi. Bunday bloklarning issiqlikka chidamlilik darajasini kuchaytirish uchun fenolformaldigit smolasi о‘rniga kremniy organik smolalar ishlatiladi.

ShnekliIAQlari issiqlik о‘tkazuvchanligi kichik bо‘lgan materiallar (masalan, qovushoqligi katta bо‘lgan suyuqliklar) ning isitish yoki sovitish uchun ishlatiladi.

Aralashtiruvchi kondensatorlar bug‘ bilan suvning aralashib ketishi mumkin bо‘lgan sharoitda, ya’ni kondensat aloxida axamiyatga ega bо‘lmasdan, uni sovutuvchi suv bilan birga kanalizatsiyaga yuborish imkoniyati bо‘lganda qо‘llaniladi.

Botirilgan gorelkali qurilmalar yonish maxsulotlari yoki issiq gazlarni suyuqliklar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kontakt qilishi orqali issiqlik almashinishiga asoslangan. Gorelkali qurilmalar kislotalar va mineral tuzlarning agressiv eritmalarini va boshqa ifloslangan suyuqliklarni bug‘latish uchun ishlatiladi.

Regenerativ IAQ lari faqat issiqlik tashuvchi agentlarning xaroratlari juda yuqori bо‘lganda ishlatiladi.


Download 302,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish