Mehnat muhofazasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Fan va texnika taraqqiyotining rivojlanishini hamda ularning ustivor sohalarini
modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish sohalarini esa texnikaviy va texnologik qayta
jihozlash, ularda zamonaviy chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilish Respublikamiz
prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan inqirozni bartaraf qilish dasturining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Xalq xo’jaligining etakchi tarmoqlarida ishlashva ularni rivojlantirish o’z oldiga maqsad qilib olgan harbir yosh mutaxassis o’z faoliyatida fanva texnika yutuqlari bilan etarli darajada qurollangan bo’lishi zarur. Hayotga joriy kilinayotgan "Ta’lim to’g’risidagi" qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" Respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilish va buning natijasi sifatida ertangi kunimizni bugungidan yaxshi bo’lishini ta’minlayoladigan kadrlar etishtirib chiqarishga qaratilgan.
Xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biribo’lgan kimyo sanoati bugungi kunda tezrivojlanayotgan, yangitexnika va texnologiyalar joriy qilinib, mahsulot assortimenti va sifati talab hamda extiyojdan kelib chiqib yaxshilanib borayotgan soha hisoblanadi.
Texnologik jarayonlarni talab darajasida tashkil qilinishiga erishishning muhim
sharti institutlarda, konstruktorlik byurolarida va ishlab chiqarish korxonalarida
jarayonlarni racional rejimda borishini ta`minlovchi malakali kadrlar, mutaxassislar
etishtirishni taqazo qiladi.
Kimyo sanoatini mutaxassis kadrlar bilanta’minlashda shu yo’nalishdagi kasbhunarbakalavrlariga katta mas’uliyat yuklangan. Chunki sanoatning intensiv
rivojlanayotgan but armog’ida zamonav iytexnika va texnologiyalarni boshqara oladigan kadrlarga bo’lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Bu yo’nalishda tahsil olayotgan bakalavr tinglovchilari uchun «Kimyo texnologiyasida ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalari» fani asosiy fanlardan biri bo’lib, bu fan ularga o’zixtisosliklarini chuqur egallashlariga, umummuxandislik fanlaridan olgan bilimlarini mustahkamlashga hamda texnologik jixozlardan unumlif oydalanish usullarini o’rganishlariga ko’maklashadi.
TEXNIK QISM.
Issiqlik tashuvchini qizdirish yoki sovitish uchun mо‘ljallangan qurilma issiqlik almashinuv apparati (IAA) deyiladi. Issiqlik tashuvchi sifatida suyuqlik yoki gaz ishlatiladi. Issiqlik tashuvchilar isituvchi va isitiladigan tashuvchilarga bо‘linadi. Masalan, qozon ichida qizigan gaz isituvchi issiqlik tashuvchi, qozondagi suv esa isitiladigan issiqlik tashuvchi xisoblanadi. Isitish radiatoridagi suv isitgichi isiqlik tashuvi, xonaga issiqlikni tarqatadigan xavo esa, isitiladigan issiqlik tashuvchi xisoblanadi.
IAA lariga bug‘ qozonlari, kondensatorlar, bug‘ qizdirgichlar, xavo isitgichlar, markaziy isitish asboblari, radiatorlar va shu kabilar misol bо‘la oladi.
IAA lari о‘zining shakli va о‘lchamlari bilan xamda ishlatilayotgan ishchi jismi bilan bir-biridan katta farq qiladi. IAA lari xilma-xil bо‘lsada, issiqlik xisobining asosiy qoidalari ular uchun umumiy bо‘lib qoladi.
IAA lari texnikada nixoyatda keng tarqalgan, xozirgi vaqtda ularning aniq bir tasnifi yо‘q. Quyida keltirilgan tasnif eng kо‘p qо‘llanilayotgan IAA lariga ta’luqlidir. IAA larini quyidagi belgilariga qarab tasniflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |