Tahlillar asosida chiqarilgan ushbu xulosa bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni qay darajada shakllanganligidan dalolat beradi.
Demak, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning samarali usullar orqali o’rgatishda avvalo ularning o’zidagi ta’lim asoslarini o’rganishga bo’lgan bilishga qiziqishni o’stiruvchi omillarni aniqlab, ular orqali ta’sir etishga erishish tadqiqotdan ko’zlangan asosiy maqsadlarning biri ekanligini yana bir bor asosladi.
Shu bois tajriba - sinov ishlarini tashkil etishning mazkur bosqichida talaba yoshlar tomonidan chaqiriqqacha boshlang’ich tayyorgarlik, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasi va uning mudofaa qobiliyati haqidagi bilimlarni to’laqonli idrok etishlarini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning o’tkazilishga alohida e’tibor qaratdik.
Yoshlarning chaqiriqqacha boshlang’ich tayyorgarligi mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davrda suhbatini tashkil etilishidan maqsad talabi yoshlarda « harbiy kasb», «Kasbiy kompetentlik», «Kompetentsiya» haqida mavjud bilimlarini umumiylashtirib, nazariy asoslash.
O’zbekiston Respublikasi mudofaasi davlatning zarur funktsiyasi va umumxalq ishi mavzusida bahs - munozara uyushtirildi. Mazkur baxs-munozara
«Aqliy xujum» texnologiyasidan foydalanilayotgan holda tashkil etildi. Ya’ni bir muammo yuzasidan turli xil g’oyalar yig’ib olinib mashg’ulot yakunida o’qituvchi tomonidan umumlashtirildi.
Talaba-yoshlarda kasbiy kompetentlik tushunchasidan xabardorlik darajasining shakllanganligi. Mazkur tadqiqot jarayonida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning tashkil etish holatini o’rganish, shu asosda muammoning ijobiy echimiga yordam beruvchi samarali shakl va metodlarining ishlab chiqib amaliyotda qo’llashni ahamiyati yuqori ekanligi aniqlandi. Tadqiqotning umumiy maqsadiga binoan tajriba – sinov ishlarining bir qator vazifalari belgilandi. Oliy ta’lim muassasalarida YOCHQBT metodikasi fanini o’qitishda interfaol usullarni qo’llash bo’yicha tajriba – sinov ishlari olib borildi. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosi bo’yicha olib borilgan keng ko’lamli sinov ishlarining samaradorligini va bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligining qaror topganlik darajasini aniqlash maqsadida ilmiy izlanishning so’nggi bosqichida sinaluvchitalabalar o’rtasida yana bir bor anketa so’rovi tashkil etildi.Anketa so’rovnomasidan sinaluvchi-talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik darajasini tajriba-sinov ishlari yakunidagi holatini tahlil etishga xizmat qiladigan savollar o’rin oldi.(So’rovnoma №3 jadval).
Talabalarning tajriba yakunida ― YOCHQBT metodikasi fani bo’yicha