Suyuqlanish vaqtida oksidlangan metallar shlakka o‘tadi, oltin zarrachalari bir-biri bilan brikib, og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘kadi, suyuqlantiruvchi tigl tubiga yig‘iladi. Suyuqlantirish tugagnidan so‘ng tigldan (kovush) dastlab shlak, so‘ngra oltin qo‘yib olinadi. Suyuqlantirib olingan oltin qo‘ymasida 10 % gacha kumush, 5 % gacha mis, 3-4 % qo‘rg‘oshin, 2-3% boshqa aralashmalar bo‘ladi. Qotishmani affinaj qilish va tayyor mahsulotda oltinni 99,99 % ga etkazish 2-GMZ da amalga oshiriladi. Affinaj jarayonida yig‘ilgan kumush qo‘shimcha mahsulot sifatida ajratilib sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |