Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika univyersiteti



Download 7,64 Mb.
bet39/119
Sana31.12.2021
Hajmi7,64 Mb.
#199482
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119
Bog'liq
2 5325771064926538383

assotsi-

atsiya №

Ozuqaviy muhit

Boshlang‘ich

rN

Muruntov
1

Qochbuloq
2

Daugiztov
3

1

2 kon rudasi

2-3

6*101

2,5*103

2,5*102

2

3 kon konsentrati

2-3

-

2,5*101

6*105

3

T. thiooxidans uchun Vaksman muhiti

4

6.0*101

2,5*102

2,5*104

4

T. ferrooxidans uchun 9K muhiti

2,5

2,5*101

6*101

2,5*103

5

1 konning konsentrati

5-7

1,3*103

2,5*102

2,5*102

6

2 konning rudasi

5-7

2,5*101

6*104

6*102

7

T. intermedius uchun London muhiti

6,8

2,5*102

2,5*102

2,5*103

8

1 kon konsentrati

8-9

2,5*103

6*101

6*102

9

T.perometadolis uchun muhit

8

2,5*101

6*101

2,5*102

10

T. novellus uchun Starki muhiti

8.5

2,5*101

6*101

2,5*102

2.4. Qo’llanilgan ozuqaviy muhitlar retsepturasi:

Silvermana va Lyundgren, 9K Acidithiobacillus ferrooxidans uchun

1-chi eritma: 700 ml distirlangan suvda 3,0 g (NH4)2 SO4, eritiladi; KS1, 0,1 g; K2NR04, 0,5 g; MgS04* 7N20, 0,5 g; Ca(N03)2, 0,01 g.

2-chi eritma: 300 ml distirlangan suvda eritiladi FeS04*7H20, 44,2 g, va 1 ml 10 n sulfat kislota qushiladi.

FeS04*7H20 o’rniga Mor tuzini qo’llash mumkin [FeS04(NH4)2S04*6H20]. Bunda eritmaga qushilmaydi, 2-chi eritma quyidagicha tayyorlanadi: 300 ml distirlangan suvda 63 g

[FeS04(NH4)2S04*6H20] eritiladi va 1ml 10 n sulfat kislota qushiladi. Mor tUzining bunday miqdori 9 g/l temir va 21,4 g/l (NH4)2S04 ga teng.

Eritmalar alohida sterillanadi: 1-chi eritma 1,0 atm va 2-chisi 0,5 atm. Ishlatishdan oldin ikki eritma bir biriga qushilib aralashtiriladi. Ushbu ozuqaviy muhit A. Ferrooxidans ning usish va rivojlanishi uchun eng yaxshisi bulib, boshqa muhitlarga nisbatdan keng qullaniladi.

Acidithiobacillus thiooxidans uchun Vaksman muhiti: (NRO)2SO4, 0,2 g; KN2R04, 3,0 g; MgS04*7H20, 0,5 g; SaS12*6N20, 0,25 g; FeS04*7H20, izlari; oltingugurt rangi (S0), 10 g; N20 dist. - 1 l; rN 4,0. Oltingugurt oquvchi par bilan 3 kun davomida sterillanadi, yoki spirt bilan 2 soat davomida. Spirtni keyin bug‘lantirib sterillangan oltingugurt poroshogi ajratib olinadi. Aseptik oltingugurt sterillangan muhitga qushiladi.

Termofil temir va oltingugurt oksidlovchi bakteriyalar muhiti: MgS04*7H20, 0,4 g; (NH4)2S04, 0,2 g; KS1, 0,1 g; K2NR04, 0,1 g; FeS04*7H20, 13,9. Energiya manbasi sifatida FeS2 ishlatiladi- 2 g , yoki oltingugurt rangi, 5 g; N20 dist. - 1 l; rN 2,0-3,0.

Muhit 5% (ob/ob) S02 bilan boyitilib, drojja ekstrakti solingandan keyin (0,2 g/l), og‘zi yopiq flakonlarda kulturalar 50 va 60°S inkubatsiya qilinadi. Drojja ekstrakti bulmagan taqdirda, muhitga tiklangan oltingugurt ozuqasi sifatida Na2S203*5H20, 0,2 g/l qushiladi.

Halothiobacillus denitrificans uchun Baalsrud muhiti: Na2S203 - 5,0 g (alohida sterillanadi); NaNSOz - 1,0 g (alohida sterillanadi); KN2R04 - 2,0 g (alohida sterillanadi); NH4C1 - 0,5 g; MgCl2 - 0,5 g; KN03 - 2,0 g; FeS04 - 0,01 g;

Distirlangan suv -1l; rN 6,8-7,0.

GMZ-3 da qullaniladigan me’yoriy termofil temir va oltingugurt oksidlovchi bakteriyalar assotsiatsiyasi uchun ishlab chiqarish muhiti: 1-chi eritma: (NH4)2 NRO4-0,325 g; K2 S04 - 0,5 - 0,5 g; (NH4)2S04 - 1,635 g;

Distirlangan suv - 700 ml. 1-chi eritma 1 atm. Sterillanadi.

2-chi eritma:

300 ml distirlangan suvda 44,2 g, FeS04*7H20, eritilib 1,5 ml 10 n sulfat kislotasi qushiladi. 2-chi eritma 0,5 atm. Sterillanadi. Ishlatishdan oldin ikki eritma aralashtiriladi. Ushbu ozuqaviy muhit VIOX texnologiyasida qullash uchun taklif etilgan bulib atsidofil temir va oltingugurt oksidlovchi bakteriyalar assotsiatsiyasining rivojlanishi va usishi uchun eng ma’quli hisoblanadi va GMZ-3 zavodida qullaniladi.
Takrorlash uchun savollar.

1. Geoximik faol mikroorganizmlarni ajratish

2.Geoximik faol mikroorganizmlarni ko’paytirish va saqlash uchun qullaniladigan yangi ozuqaviy muhitlar

19-Ma’ruza
Mavzu: Sulfid rudalarini boyitishda qo’llaniladigan gravitatsion va flotatsion texnologiyalari
Reja

1.Sulfid rudalarini boyitishda qo‘llaniladigan gravitatsion texnologiya

2.Sulfid rudalarini boyitishda qo‘llaniladigan flotatsion texnologiyalar
Gravitatsion boyitish jarayonlari shundan iboratki, mineral zarrachalarning bir biridan zichligi, xajmi, tuzilishi va ularning tezlik bilan muhitdagi siljish evaziga bulinishing farqi. NKMK -ning GMZ-2 OIF -ning 2-chi sexidagi suvli muhitdagi boyitish gravitatsion boyitish usullariga kiradi. Zichligiga nisbatdan minerallarni og‘ir (4000 kg/m3), oraliq zichlikka ega (2700 dan 4000 kg/m3) va engil (2700 kg/m3 dan kam) guruhlariga bulishadi. Eng engil minerallar qatoriga kvarsit (zichligi 2650 kg/ m3 atrofida), eng og‘irlari qatoriga sof oltin kiradi (13000-19000 kg/m3) va ushbu xislati uchun, uni gravitatsiya usuli bilan ajratib olish mumkin.

Gravitatsion bulinishda ajratilgan bir hil zichlikka ega minerallar zarrachalarining guruhlarini fraksiya deb atashadi. Yuza qismga suzib chiqqanlarini-engil fraksiya, chukkanlarini–og‘ir fraksiya, va o’rta qismdagi muallaq suzuvchi zarrachalar– qiyin fraksiya.

Cho’ktiruvchi mashinalar. Mineral donalarni ajratish mexanizmi.

Boyitishdavriningtuhtovsizva barqarorishlab turuvchichuktiruvchimashina tushagida uchta mineralning yaqqol ajralib turuvchi qavatlaridan iborat: yuqori qavat past zichlikka ega donalardan iborat; urtanchi qavat – donalarning oraliq zichlikka ega qavati; pastki qavat – yuqori zichlikka ega donalardan iborat. Tushakning balandligi OMR-1A 2-chi sexining sharoiti uchunotsadochniy mashinaning 160 mm –li teshiklardan iborat elakning yuzasi joylashgan. OMR-1A tushagida minerallarning aniq bulinishi shunda ta’minlanadiki, agar quyidagilar to’g‘ri tashkillashtirilsa: otsadochniy kameraga boshlang‘ich ozuqaning tushak yuzasiga berilsa; engil fraksiyaning yuvilib olinishi; og‘ir donalarning chuktiruvchi otsadochniy kamerasining tubiga tushishi; yengil donalar tushak yuzasiga siqilib chiqilsa.

Boshlang‘ich ozuqa tushakning barcha qismiga bir maromda beriladi. Pulpa oqimi engil fraksiyaning oqishi uchun etarli bo’lib, og‘ir fraksiyaning yuvilishiga yo’l quymaslik kerak. Kuchli oqim ostida barcha boshlang‘ich ozuqa boyitish yuzasidan yuvilib ketishi mumkin. Oqimning kam tezligida esa yengil fraksiyadan iborat to’siq paydo bo’lib, chuktirish jarayoni to’xtaydi.

OMR-1A chutiruvchi mashina yonboshida havo kameralari joylashgan, ular chuktiruvchibulimning uzunasiga joylashgan tomchisimon obtekatel to’siqlardan iborat. Mashinaning korpusi uchta (ikkita) alohida unifikatsiya qilingan seksiyalardan (kamera) iborat, har biri olinadigan chuktirish elakli kasseta bilan ta’minlanib, ular zanglamaydigan turli setka bo’lib, uning teshiklari xajmi 5x5 mm –dan iborat. Tur simlarining qalinligi 1,6-2 mm. Ayrim sharoitlarda shpaltali (teshikli) turlar quyilishi mumkin, lekin bunda chkutirish jarayoni samarasi ozroq pasayadi.

Kasseta tirgovich bruslarga joylashtirib, qoziqlar yordamida mustahkamlanadi. Kameraning pastki qismida olinadigan tushiruvchi uchliklar (nasadkalar) bo’ladi. Havo pulsatsiyasining berilish chastotasini rotorli pulsator shkivlari yordamida boshqariladi. Mo’ljallangan chastota 160-220 aylanish/min bo’lishi kerak. Havo va aylanma suvni pulsator va kameraga berilishini maxsus yopqichlar yordamida boshqariladi.

Havo bosimi va pulsatsiya chastotasi chuktirish rejimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Kam chastotali pulsatsiyada tushakning maksimal kutarilishiga Erishiladi va uning yumshash darajasi ortadi, lekin rejimning bir maromda kechishi buziladi va apparatning unumdorligini O’zgarishiga olib keladi, boshlang‘ich ozuqaning fraksion tarkibi va granulometrik tuzilishiga. Yuqori chastotali pulsatsiyada rejimning mustahkamligi ko’payadi, lekin tushakning yumshashi pasayadi. Havo bosimining ko’payishi balandki va pastki oqimlarning tezligini, silkitish amplitudasini ko’paytiradi va tushakning kutarilishiga olib keladi. Aniq tipdagi ruda mahsulotining olinishidagi pulsatsiyalarning eng optimal rejimi, ish jarayoni davomida shakllantiriladi.

Ajratilgan moddani olish jarayonini boshqarishda alohida vazifani elak tagidagi suv uynaydi, chunki u to’shakning optimal yumshashini ta’minlaydi. Boshlang‘ich ozuqaning granulometrik tarkibi keskin uzgarsa, yoki ishlab chiqarish samarodorligi uzgarib tursa, havo junatish orqali tushakning qupol razrixlenniyligini ta’minlash mumkin. To’shakning yumshashi uchun sunngi tug‘rilashini elak ostidagi suvning sarflanishini boshqarish usuli bilan boshqarish mumkin. Mayin oltin zarrachalarning boyitilishida elak ostidagi suvning sarflanishining keskin O’zgarishi ajratish jarayonini tuliq buzib quyishi mumkin.

Stollardagi konsentratsiyalash. Engashgan tekislikdagi suv oqimidagi boyitish ruda mahsulotining har xil tartibda suzishida asoslangan bo’lib, ularga suv oqimining dinamik ta’siri ostida amalga oshadi. Mineral zarrachalarining bulinishi engashgan tekislik buylab, chuqur (qalin) emas suspenziya oqimining xarakatida amalga oshadi. Oqim chuqurligi qoida buyicha bulinadigan donalar qorishmasining eng kattasining 10-karrasidan oshmasligi kerak. Engashgan tekislik buyicha suspenziya oqimining xarakatida (masalan, konsentratsiya stolining ikki qushni riflli ariqchadan) bulinadigan mahsulotda, mineral zarrachalarining donalari zichligiga qarab bulinishda har xil tezlik bilan xarakatlanadi. Og‘irroq zarrachalar og‘irlik kuchining ta’siri ostida, ariqchaning tubida chukib qolishadi va sekinlik bilan xarakatlanadi, engilroqlari esa, oqimning ustki qavatida bo’lib, oqim tezligiga mos ravishda xarakatlanadi. Rifllar sifatidagi tusiqlar oqimning tub qismida turbulent (quyunli) oqishini ta’minlaydi, yuzaki qismida esa laminar (tinch) oqimdan tarkib topgan. Minerallarning og‘ir zarrachalari rifllar tomonidan ushlanib qoladi, engillari esa oqim bilan olib ketiladi. Oqimning turbulentlik evaziga, pastki qismda chukkan donalar aralashadi, engillari esa oqimning yuqori qismiga olib chiqiladi.

SKM-1A konsentratsiya stoli kurinishidan engashgan tekislikga uxshab qarag‘ay taxtalaridan yasalgan bo’lib, rezina bilan qoplanib, ustiga esa yog‘ochdan rifllar qoqilgan. Poliuretan bilan qoplanganda, rifllar qoplama bilan yaxlit moslamanitashkil etadi. Engashgan tekislikni deka deb atashadi. Deka sharnir qoziqlar yordamida ramada qotiriladi. Elektr dvigatelidan uzatmali mexanizmva qaytuvchi prujinayordamida deka rifllarga parallel ravishda, xarakatga keladi va oldinma-ketinga siljiydi. Dekaning xarakat tezligi boshlanishida minimal bo’lib, oxirida maksimal buladi; orqaga siljishda esa xarakat boshlanishida - maksimal, oxirida - minimal bo’ladi. Stol chayqalishining chastotasi 275-300 aylanish/min; dekaning yurishi – 15-20 mm bo’ladi. Dekaning engashishi kundalang va uzunasiga yunalishda krenli moslama orqali boshqariladi va 0 dan 5-60 gradusni tashkil etadi.

Boshlang‘ich ozuqa (ajratilgan konsentrat, yoki oldingi tozalashlardan chiqqan mahsulot) stolning yuklanuvchi qismiga beriladi va dekaning engashganiga nisbatdan, suspenziyaning Q:S mutanosibligi, rifllarga qaram-qarshi tezlik bilan oqadib tushadi. Suspenziya oqimining xarakatida, og‘ir minerallar rifllar tomonidan ushlanib qoladi va dekaning oldinma-ketin xarakati ostida rifllar orasida siljiydi, engil zarrachalar esa oqim bilan xarakatda bo’lib chiqib ketadi. Rifllar balandligi boshlanishdan oxiriga qarab pasayadi va rifllar tomonidan ushlab qolingan mahsulotning miqdori dekaga beriladigan yuviluvchi suv tomonidan kamayadi. yengil minerallar va oltin usimtalari bulgan mahsulot suv oqimi tomonidan engil minerallar bilan birga tarkibida kam oltinli usimtalar ham yuviladi, keyin navbat tarkibida ko’proq usimtalarga keladi va dekaning oxirida eng og‘ir minerallar qoladi – oltin, piritlar, sheelitlar va h. Ajratishdan utgan magnit fraksiyasining ko’proq qismi sexda upHatilgan konsentrat stollariga utadi va magnit separatorida bulinadi.

Download 7,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish