Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika univyersiteti


-amaliy mashg‘ulot. Sifatsiz rudalar va sanoat chiqindilarini qayta ishlashning biotexnologik usullari



Download 7,64 Mb.
bet105/119
Sana31.12.2021
Hajmi7,64 Mb.
#199482
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   119
Bog'liq
2 5325771064926538383

15-amaliy mashg‘ulot. Sifatsiz rudalar va sanoat chiqindilarini qayta ishlashning biotexnologik usullari

Dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan biriga aylanib bormoqda. Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda maishiy va sanoat chiqindilarining yildan-yilga ortayotgani yer yuzidagi ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda chiqindilarning 900 ga yaqin turi qayd etilgan. Har yili dunyoda chiqindilar hajmi 3 foizga ko‘paymoqda.  Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p asrlar davomida chiqindilarni noto‘g‘ri boshqarish tabiiy resurslar o‘zgarishiga, tabiat hodisalarining buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Chiqindilarni qayta ishlash elektr energiyasi va suvdan foydalanishni bir necha barobarga kamaytiradi. Masalan, makalaturadan qog‘oz olish nafaqat daraxtlarning kesilishini kamaytiradi, balki elektr quvvatining sarfini to‘rtdan uch qismga qisqartiradi. Bir tonna qog‘ozni qayta ishlab chiqarishga uni yog‘ochdan tayyorlash uchun ketadigan suvning yarmi sarf bo‘ladi. Tobora ko‘payib borayotgan elektron chiqindilar ham insoniyatga xavf solmoqda. Har yili yer yuzida 2 million tonnaga yaqin elektron chiqindi paydo bo‘lmoqda. Misol uchun, birgina mobil aloqa vositasi 500 tadan 1000 tagacha turli qismlardan tashkil topgan. Ularning ko‘pchiligi zaharli og‘ir metallar – qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy va boshqa xavfli kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini himoyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan izchil ekologik siyosat yuritilmoqda. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muhim huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi 15 dan ziyod qonun, tabiiy resurslarning ayrim turlaridan foydalanish mexanizmlari va shartlari, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish, turli toifadagi qo‘riqlanadigan hududlarni tashkil qilish va ularda alohida foydalanish rejimini o‘rnatish tartib-taomillari va boshqa masalalarni belgilab bergan 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 21 apreldagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni hamda «2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarida chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, saqlash, tashib ketish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish bo‘yicha nazorat inspeksiyalari tashkil etilgan. Chiqindilarni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi korxonalarga kamchiqimli texnologiyalarni olib kirish sohani rivojlantirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 300 ga yaqin korxona qog‘oz, plastik, rezina, shisha, metall va boshqa ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlamoqda. «Toshrangmetzavod» aksiyadorlik jamiyati rangli metallarni yig‘ish va qayta ishlash sohasida ixtisoslashgan korxona bo‘lib, zamonaviy asbob-uskunalar, ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlangan. Yuqori malakali xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Zavod rangli metall parchalari va chiqindilarni yig‘ish, rangli metallarga birlamchi ishlov berish, ishdan chiqqan qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlarni to‘plash va ularni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. 2016 yilda korxona tomonidan 180 tonna elektron chiqindi qayta ishlandi. Korxona TUV:ISO 9001-2008 standarti bo‘yicha sertifikatlangan. BID (Business Initiative Direction) xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan. Korxonada sifat menejmenti va sifatni boshqarishning namunali tizimi shakllangan. Maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish ishlarining samarali tizimini tashkil qilish ekologik muammolarni bartaraf etish bilan birga mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham foyda keltiradi. 


Sanoatda sulfat kislotasi ikki usul bilan: kontakt va nitroz usuli bilan olinadi. Ikkala usulda ham awalo xomashyodan SO2 ajratib olinib, so‘ng u H2SO4 ga aylantiriladi. Sulfat kislotaning asosiy qismi kontakt usuli bilan oltingugurtli kolchedanni kuydirish bilan olinadi. Toza oltingugurtli kolchedan tarkibida 53,5% oltingugurt va 46,5% temir bor. Ammo aralashmalar (qum, tuproq, rangli rnetall sulfldlari, karbonatlari, mishyak birikmalari, seien, kumush va boshqalar) flotatsion kolchedan tarkibidagi oltingugurt miqdorini 32-40% ga kamaytiradi. Kolchedanni kuydirish vaqtida hosil bo‘ladigan temir oksidi pechlardan kuyundi holida chiqarib tashlab yuboriladi. Pirit kuyundilari tarkibida asosan 4-6% temir, 1-2% oltingugurt, 0,33-0,47% rux, 0,32-0,58% qalay, 10-20 g/t qimmatbaho va boshqa metallar bor. Kuydirish pechidan chiqayotgan oltingugurt oksidi kuyundi chang va boshqa aralashmalar bilan aralashgan holda bo'ladi. Ushbu gazlardan sulfat kislotasini hosil qilish uchun aw al ular siklonlarda va quruq elektroilltrlarda changning miqdori 0,1 g/m3 ga teng bo‘lguncha tozalanadi. Shunday qilib, H2SO4 ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan qattiq chiqindilarga quyidagilar kiradi: pirit kuyundilari, siklon va quruq elektrofiltrlarda ushlab qolingan chang, yuvuvchi m inoralarda, tindirgichda hosil bo‘layotgan, yig‘gich va sovitgichlarda hosil bo'layotgan quyqalar, ho‘l elektrfiltr quyqalaridir. Kuyundilardan rangli metallarni ajratib olish jarayonida pirit kuyundilaridan qimmatli komponentlarni ajratib olish uchun turli kuydirish usullari qo'llaniladi (xlorlovchi, sulfatlovchi va h.k). Agar kolchedan tarkibida 0,5% mis bo‘lsa, u holda xlorlash usuli yordamida nafaqat 85-90% mis, balki ko‘pgina nodir metallarni ham ajratib olish, kuyundilarni to‘liq oltingugurtdan tozalab olish mumkin. Xlorli kuydirishdan awal kuyundiga 20% gacha maydalangan NaCl aralashtiriladi. Boradigan jarayonlar anchagina murakkab bo‘lib, quyidagicha boradi:

2MeS+3O2=2Me0+ 2SO2

MeO+ SO2 + 0.5O2=MeSO4

Fe2(S04)3+6NaCl=3Na2SO4+2FeCl3

So‘ng gazlar shixta bilan ta’sirlanib, xlorlovchi agentlarni hosil qiladi:

2NaCl + S02 + 02=Na2S04 + Cl2

4NaCl + 2S03+ 02=2Na2S04 + 2C12

2NaCl + S03+ H20=Na2S04 +2HC1

4FeCl3 + 302=2Fe03 + 6C12

2FeCl3 + 3H20=Fe203 + 6HC1

Hosil bo‘lgan Cl2 va HC1 kuyundi tarkibidagi metallar bilan ta’sirlanadi:

MeS+Cl2 + 1.502=MeCl2 + S03

MeS+Cl2 + O2=MeCl2 + SO2

MeS+2HCl2 + 1.5O2=MeCl2 + SO2 + H2O

2Me +3Cl2=2MeCl3 Umumiy holda jarayon quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:

Cu + 2S+4NaCl + 3.502 + H2O=CuCl2 + 2NaSO4 + 2HC1

Kuydirish natijasida 85-90% kuyundi misi suvda eriydigan tuz CuCl2 ga aylantirib olinadi. Kuydirilgan aralashma tarkibidan mis iliq suv bilan b ir necha bosqichda ajratib olinadi: avval oldingi operatsiyalarda hosil boigan eritma bilan, so‘ng suyultirilgan kislota bilan yuviladi. Shuningdek, pirit kuyundilarini xlorli haydash usuli ham qo‘llaniladi. Xlorli haydash jarayonida vodorod xloridni gaz holatida, suvli eritma holatida yoki (NH4, FeCl2) tuz shaklida qollash mumkin. Yuqorida keltirilgan usullar yordamida kuyundilardan misni ajratib olish bilan birga kuyindilardan cho‘yan va po‘latni olish uchun ham tayyorlaydilar. Tarkibida 40-63 % temir bor bo‘lgan kuyundi qora metallurgiya uchun qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Pirit kuyundilaridan domna pechlarida foydalanishi uchun asosiy to ‘siq ularning maydalik darajasi, kuyundi tarkibida Pb, Cu, Zn, As larning borligi, kuyundi tarkibida ko‘p miqdorda 1-3,5% gacha oltingugurt borligidir. Ana shu aralashmalarni asosan aglomeratsiya-ya’ni kuyundini yuqori temperatura ta’siri ostida ishlov berish yo‘li bilan tozalab olish mumkin. Aglomeratsiya jarayoni turli moslamalarda olib boriladi. Eng keng tarqalgan aglomeratsiya usuli pishirilayotgan shixta qatlami havo orqali o‘tkazishdir. Pishirish moslamasi esa davriy yoki uzluksiz ravishda ishlaydigan turlarga boiinadi. Asosan uzluksiz ishlaydigan moslamalar keng qoilaniladi. Aglomeratsiyaga yoqilg'i va 147 pirit kuyundilaridan aralashtirib tayyorlangan shixta kiritiladi. Tayyorlash operatsiyalariga shixta komponentlarini yiriklik darajasi bo'yicha tayyorlash, ularni kimyoviy tarkibiga binoan o‘rtalashtirish va nomlash kiradi. Iqtisodiy nuqtayi nazardan yirik aglomeratsiya qurilmalarini metallurgiya korxonalarida o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.


Download 7,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish