26-Ma’ruza
Mavzu: Sulfidli minerallarni bakterial oksidlanish va tanlab eritmaga o'tkazish mexanizmi
Reja
Sulfidli minerallarni bakterial oksidlash
Sulfidli minerallarni tanlab eritmaga o'tkazish mexanizmi
Ishlab chiqarishda, BIOX texnologiyasi buyicha, pulpaning suyuq fazasida, har 4 soatda oksidlanmagan va oksidlangan temirning miqdorlari ulchanib, nazorat qilib turiladi. Agarda birlamchi oksidlash reaktorlarida 0,45 g/l oksidlanmagan va 23-25 g/l yaqin oksidlangan temir aniqlansa, ikkilamchi oksidlash reaktorlarida, beshinchi va oltinchi reaktorlarda, jarayonning ohirida, oksidlanmagan temir yuqligi ma’lum buladi va 38-45 g/l –gacha oksidlangan temir miqdori kuzatiladi. Ushbu, 96 soatlik muddatda, sulfid oltingugurtining ishqorlanish va oksidlanishidagi, ishlab chiqarishdagi klassik misoli sifatida kuzatiladi. Oksidlanish-tiklanish potensiali (OTP) bunday jarayonda, 590-600 mV tashkil etadi. Yuqorida qayd etilgan barcha ulchovlar, oksidlanish jarayoni tugagani haqida darak beradi. Lekin, biokekdagi sulfid oltingugurtining tahlili 3-4% foiz oksidlanmagan sulfid oltingugurt miqdorini kursatadi, ushbu natija sulfid oltingugurtining tuliq oksidlanmaganligi haqidagi isboti. Bunda, quyida keltirilgan taxminlar hisobga olinishi mumkin.
1. Laboratoriya sharoitida modellashtirilgan yuqoridagi qayd etilgan jarayonlar, kuplab holatlarda, uxshash natijalarni kursatdi. Sulfid minerallarini bakterial oksidlash muddatini 96 soatdan 120 soatgacha kupaytirilganda, pulpaning suyuq fazasida oksidlangan temirning miqdori 48-55 g/l –gacha etganligini kursatdi, OTP esa 620-630 mV natijani kursatdi. Bunday sharoitda, pulpaning qattiq fazasidagi sulfid oltingugurtining miqdori 1,3-1,5% foizni kursatdi.
2. Ishlab chiqarish va laboratoriyadagi modellashtirish sharoitlari solishtirilganda, natajalar shuni kursatdiki, pulpaning oksidlanishi uchun yana qushimcha 24 soat talab etiladi. Pulpaning suyuq fazasidagi oksidlanmagan temirning yuqligi, oksidlanish jarayonlarining tugaganligining isboti bulmadi, chunki qattiq fazadagi oksidlanmagan pirit va arsenopiritning tarkibida temir bor edi. Suyuq fazaga, mikroorganizmlar tomonidan buzilgan pirit va arsenopiritdan, oksidlanmagan temir utib turardi. Tuliq oksidlanmagan pirit va arsenopiritning tarkibidagi temir, qattiq fazadagi sulfid oltingugurtning borligini kursatdi. SHuning uchun, suyuq fazadagi, oksidlanmagan temirning yuqligi, oksidlanish jarayonlarining tugaganining dalolati bula olmaydi.
3. Ishlab chiqarish sharoitlarida, belgi sifatida, suyuq fazadagi oksidlangan temirning miqdori 48-55 g/l, OTP 610-620 mV atrofida bulishi tavsiya etiladi, chunki, faqat shundagina, pirit va arsenopiritning maksimal buzilishi mumkin.
4. Pirit va arsenopiritning tuliq oksidlanishi, pulpa tarkibidagi oksidlangan temirning miqdori 58-62 g/l bulganda erishiladi. Demak, pulpaning zichligi 1200 g/l atrofida bulsa, suyuqlikdagi qattiq massa miqdori 331 grammni tashkil etadi va unda 62 gramm temir bor. SHunda, 331 gramm qattiq moddadagi 62 gramm temir bulsa, 1000 gramm qattiq moddada 187-190 gramm temir buladi. Bir tonna quruq flotokonsentrat tarkibida esa, 200 kilogrammga yaqin temir borligi ma’lum buldi.
Nazorat savollari
Sulfidli minerallarni bakterial oksidlash
Sulfidli minerallarni tanlab eritmaga o'tkazish mexanizmi
Do'stlaringiz bilan baham: |