SO‘ZGA CHIQDILAR: dotsentlar A.N.Rasulov, E.G.Usmanov kafedrada o‘tiladigan fanlardan JN, ON va YAN larni reyting ishlanmasi va baholash mezonlarini qayta ko‘rib chiqish va uni tasdiqlashni taklif qildilar.
Kafedra katta o‘qituvchisi I.U.Raxmonov ham o‘z fikrlarini bildirdi.
QAROR QILINDI:
1. Kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar bo‘yicha talabaning semestr davomida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi quyidagicha taqsimlansin (1-jadval).
1-jadval
Maksimall ball
|
Saralash bali
|
Nazorat turlari bo‘yicha
|
Joriy nazorat
|
Oraliq nazorat
|
YAkuniy nazorat
|
100
|
55
|
34
|
36
|
30
|
2. Kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilish quyidagi namunaviy mezonlar asosida olib borilsin (2-jadval).
2-jadval
Maksimall ball
|
Baho va ballar
|
Qoniqarsiz
|
Qoniqarli
|
YAxshi
|
A’lo
|
100
|
0-54
|
55-70
|
71-85
|
86-100
|
a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi kuyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va karor kabul kilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushoxada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib o’tish;
tasavvurga ega bo’lish;
b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib o’tish;
tasavvurga ega bo’lish;
v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib o’tish;
tasavvurga ega bo’lish;
3. Fanlardan reyting ishlanmasi va baholash mezonlari quyidagicha qabul qilinsin (3-jadval).
3 – jadval
T/r
|
Nazorat turlari
|
Jami ball
|
Saralash ball*
|
I.
|
Joriy nazorat – JN:
|
34 ball:
|
19
|
1.
|
JN-1
|
17 ball:
|
10
|
|
Shu jumladan:
1. Fan bo‘yicha talabaning bilimi: (amaliy mashg‘ulotlarni bajarish, laboratoriya ishlarini topshirish)
|
12 ball
|
6
|
|
2. Talaba mustaqil ishi (mustaqil ish shakllari bo‘yicha)
|
5 ball
|
3
|
2.
|
JN-2
|
17 ball:
|
11
|
|
SHu jumladan:
1. Fan bo‘yicha talabaning bilimi: (amaliy mashg‘ulotlarni bajarish, laboratoriya ishlarini topshirish)
|
12 ball
|
8
|
|
2. Talaba mustaqil ishi (mustaqil ish shakllari bo‘yicha)
|
5 ball
|
3
|
II.
|
Oraliq nazorat – ON:
|
36 ball:
|
20
|
3.
|
ON-1
|
18 ball:
|
10
|
|
SHu jumladan:
1. Fan bo‘yicha talabaning bilimi (yozma ish yoki test)
|
13 ball
|
6
|
|
2. Talaba mustaqil ishi (mustaqil ish shakllari bo‘yicha)
|
5 ball
|
3
|
4.
|
ON-2
|
18 ball:
|
10
|
|
SHu jumladan:
1. Fan bo‘yicha talabaning bilimi (yozma ish yoki test)
|
13 ball
|
6
|
|
2. Talaba mustaqil ishi (mustaqil ish shakllari bo‘yicha)
|
5 ball
|
3
|
III.
|
YAkuniy nazorat- YAN (yozma ish yoki test)
|
30 ball
|
0-30
|
5.
|
YAkuniy nazorat «YOzma ish» uslubida o‘tkazilganda har bir talabaga 3 tadan savol berilib, har bir savolni yoritilishi bo‘yicha 0 dan 10 ballgacha baholanadi.. Savollarni yoritilishi va yakuniy baholashni boshqa uslublari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra majlisi qarori bilan bayonlashtiriladi.
|
|
|
|
Jami ball
|
100 ball
|
55
|
*Izoh: Har bir nazorat turida talabaning fan bo‘yicha to‘plagan bali bilim va mustaqil ish bo‘yicha saralash baliga (har biri bo‘yicha) teng yoki undan yuqori bo‘lganida fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.
4. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida nazorat turlari quyidagi tartiblarda o‘tkazilsin.
4.1. Joriy nazorat bo‘yicha JN-1; JN-2:
- amaliy mashg‘ulotda qatnashib, laboratoriya ishlarini topshirib uning topshiriqlarini to‘la, sifatli bajargan va savollarga to‘liq javob bergan talabaga 10 dan 18 ballgacha beriladi, to‘la bajarmagan talabaga bajarilgan ish hajmiga va sifatiga qarab 0 dan 10 ballgacha beriladi.
Diqqat: JN-1 ichida bilimga ajratilgan 14 ball hamda mustaqil ishga ajratilgan 6 balldan saralash ballarini (har biridan 55%, ya’ni, 10 ball va 3 ball) yoki yuqorisini to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.
4.2. Oraliq nazoratlar bo‘yicha (ON-1, ON-2):
Oraliq nazorat yozma ish yoki test shaklida o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat yozma ish tarzida o‘tkazilganda, har bir oraliq nazoratni o‘tkazish uchun fanning o‘tilgan qismi bo‘yicha 10-20 tadan savollar tuzilib, variantlar tuzilsin. Variantlarga 2 tadan savol kiritilib, har bir savolning javobi 5 balldan baholansin.
agar savol mohiyati to‘la ochilgan bo‘lsa, javoblari to‘liq va aniq hamda ijodiy fikrlari bo‘lsa - 5 ball;
savolning mohiyati umumiy ochilgan, asosiy faktlar to‘g‘ri bayon etilgan bo‘lsa - 4 ball;
savolga umumiy tarzda javob berilgan, ammo ayrim kamchiliklari bo‘lsa - 3 ball;
savolga umumiy javob berilgan, ammo ayrim faktlar to‘liq yoritilmagan bo‘lsa - 2 ball;
savolga javob berishga harakat qilingan, ammo chalkashliklar bo‘lsa - 1 ball beriladi.
Oraliq nazorat test shaklida o‘tkazilganda, 20 ta savol asosida variantlar tuzilsin. Variantlarga 10 tadan savol kiritilib, har bir savolning javobi 1 balldan baholansin.
Diqqat: Har bir oraliq nazoratlarda bilimga ajratilgan 18 ball hamda mustaqil ishga ajratilgan 5 balldan saralash ballarini (har biridan 55%, ya’ni, 5 ball va 3 ball) yoki yuqorisini to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.
4.3. YAkuniy nazorat bo‘yicha:
YAkuniy baholashda talaba 3 ta savolga yozma javob berishi lozim. Har bir savolga 10 ball ajratiladi.
agar savol mohiyati to‘la ochilgan bo‘lib, mavzu bo‘yicha talabaning tanqidiy nuqtai nazari bayon qilingan bo‘lsa – 9-10 ball;
savolning mohiyati to‘la ochilgan, asosiy faktlar to‘g‘ri bayon qilgan bo‘lsa – 8-9 ball;
savolga to‘g‘ri javob berilgan, lekin ayrim kamchiliklari bor bo‘lsa – 7 ball;
berilgan savolda javoblar umumiy va kamchiliklar ko‘proq bo‘lsa – 6 ball beriladi.
4.4. Kafedrada o‘tiladigan har bir fandan qabul qilingan mustaqil ta’lim shakllari bo‘yicha baholash mezonlari ishlab chiqiladi (ilova qilinadi).
Fan buyicha joriy va oralik nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball xisoblanib, ushbu foizdan kam ball tuplagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va oralik nazorat turlari buyicha 55 va undan yukori ballni tuplagan talaba fanni uzlashtirgan deb xisoblanadi va ushbu fan buyicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yul kuyiladi.
5. Semestr yakunida fan bo‘yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarining har biri bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talabaning o‘zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblansin.
6. Talabalar mustaqil ishlarini bajarish yuzasidan tegishli yullanmalar berish va uni bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida, har bir fan bo‘yicha haftasiga 4 soat hajmida konsultatsiyalar jadvallari ishlab chiqilsin.
7. Darsni borishi va nazorat turlarini natijalari maxsus jurnallarda o‘z vaqtida qayd qilinib borilishi har bir maruzachi va laboratoriya-amaliy mashg‘ulot o‘qituvchisi zimmasiga yuklatilsin.
8. Nazorat turlarining natijalari dekanatga berilishi uchun maxsus qaydnomalarda rasmiylashtirilsin.
9. Olingan “yozma ish” yoki “test” natijasi 2 kun ichida talabalarga e’lon qilinsin. YOzma ishlar 2 yil muddatda kafedrada saqlansin (Mas’ul: laboratoriya mudiri).
10. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga, qayta topshirish uchun navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat berilsin.
11. JN yoki ON sinovini o‘tkazilishi to‘g‘risida talabalar 2 hafta oldin ogohlantirilsin.
12. Ushbu qarorlarning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |