Birlashgan drenaj tizimi– er yuzasidagi, hamda er ostidagi kon lahimlarida quriladigan drenaj qurilmalarni о‘z ichiga oladi (bunda er osti suvlarining bir qismi kon lahimlariga tortib olinadi). Birlashgan tizimni qо‘llash murakkab va о‘ta murakkab gidrogeologik sharoitlarda, qurtishi lozim bо‘lgan ikki yoki undan ortiq suv tashuvchi gorizontlar mavjud bо‘lganda qо‘llanilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Rejada drenaj qurilmalarining joylashish sxemalari bо‘yicha butli, chiziqli, konturli va tо‘rsimon drenaj tizimlaridan foydalaniladi (1-rasm).
Butli drenaj tizimi yer osti suvlarining bir joyga qaratilgan rivojlanish joylarida Karyer maydoni mahalliy uchastkalarini himoya qilish uchun qо‘llaniladi. Bunday sharoitlarda drenaj qurilmalar aniqlangan suvli uchastkalarda guruhlarda (butlarda) о‘rnatiladi.
Chiziqli drenaj tizimi Karyerga suv biror tomondan kelib tushganda chegaralangan kenglikdagi qatlamlarda er osti suvlarining oqimini tutish uchun joriy etiladi. Kо‘pincha u tog‘ jinslarining qiya va nishab joylashgan konlarida qо‘llaniladi. Shuningdek uni ochiq suv havzalaridan va ochiq suv oqimlaridan Karyerga harakatlanish yо‘lida filtratsion oqimni tutish uchun qо‘llanilgani maqsadga muvofiq sanaladi. U Karyer ishchi pog‘onalari, qirqma va о‘yma transheyalarning vaqtinchalik drenaji uchun о‘rnatiladi.
Konturli drenaj tizimi Karyerni er osti suvlaridan himoya qilish uchun qо‘llaniladi va uning perimetri bо‘ylab joylashtiriladi. Bunday tizimni yuqori filtratsion xususiyatlarga ega bо‘lgan gorizontal joylashuv sharoitlarida qо‘llash samaraliroq hisoblanadi. Er osti suvlarining oqimini ancha tо‘liq tutish uchun drenaj tizimi ikki yoki undan ortiq konturlardan tuzilgan bо‘lishi mumkin.
Tо‘rsimon drenaj tizimi asosan nisbatan bir tekis suvlangan va suv tashuvchi jinslarning filtratsiya koyeffitsiyenti past bо‘lgan sharoitlarda foydalaniladi. U ag‘darmalar asoslarining drenaji uchun ham qо‘llaniladi.
Yuqorida keltirib о‘tilgan drenaj tizimlari drenajlanishi lozim bо‘lgan suv tashuvchi gorizontlarining soniga qarab bir va kо‘p qavatli bо‘lishi mumkin (2-rasm). Bir yoki bir necha umumlashtirilgan suv tashuvchi gorizontlar mavjud bо‘lsa, kollektorsiz drenaj tizimi qо‘llaniladi. Bunda har bir suv tashuvchi gorizontning drenaji mustaqil tarzda amalga oshiriladi. Agar aralash suv tashuvchi gorizontlar о‘rtasida gidravlik aloqa mavjud bо‘lsa, quyida joylashgan gorizont esa ancha yuqori suv о‘tkazuvchanlikka ega bо‘lsa,kollektorli drenaj tizimini qо‘llash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bunday holda ustki suv tashuvchi gorizontdan tushadigan suv tashuvchi gorizont tepasidan pastga oqadi, sо‘ngra yuqoriga tortib olinadi. Kо‘rsatilgan sxemada uchta suv tashuvchi gorizont avjud bо‘lgan ancha murakkab drenaj tizimi kо‘rsatilgan. Ularning о‘rtachasi ustki suv tashuvchi gorizont uchun kollektor hisoblanadi, pastkisi esa mustaqil tarzda drenajlanadi.
Inshootning barpo etilishi, foydalanishga ishga tushirilgan va xizmat qilish muddati, Karyerni er osti suvlaridan himoya qilish va foydali qazilmalar konlarini ochiq usulda qaziganda tog‘ jinslari massivining holatini boshqarish uchun drenaj qurilmalarining joylashuv sxemalari bir necha variantlarning texnik-istisodiy taqqoslash asosida konlarning geologik, gidrogeologik va muhandis-geologik sharoitlari bilan belgilanadi.
Drenajli qurilmalari va drenajlash texnik vositalar. Drenajli qurilmalar er osti suvlarini qabо‘l qilish, tutib olish, tashish va tortib olish uchun mо‘ljallangan va er usti va er osti turlarga bо‘linadi.
Г
Б
В
а
28,1-расм. Режада дренажли қурилмаларнинг жойлашиш схемалари.
а – тўпли; б - чизиқли; в – контурли; г-тўрсимон;
1 –карьер майдонининг контури;
2 – сувни пасайтирувчи қудуқлар;
3 – ер ости дренаж қазилмаси.
Yer usti drenaj qurilmalariga - drenajli transheyalar, gorizontal quvursimon drenalar, bort oldi va qatlamli drenaj, suvni pasaytiruvchi, suvni singdiruvchi suvni bо‘shatuvchi va suv chiqaradigan quduqlar, gorizontal drenajli quduqlar, ikki tomoni ochiq filtrlar, ninali filtrlash quqrilmalari, nurli suv havzalari kiradi. Qayd etib о‘tilgan drenaj qurilmalarining sxemalari 3-rasmda tasvirlangan.
Yer osti drenaj qurilmalari: er osti kon qazilmalari, tо‘ldirish filtrlari, qо‘zg‘aluvchan va bо‘shatuvchi quduqlar, suvni pasaytiruvchi quduqlarni о‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |