GEOMEXANIKA
FANINING
О‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
300000
|
–
|
Ishlab chiqarish texnik soha
|
Ta’lim sohasi:
|
310000
320000
|
–
|
Muhandislik ishi
Ishlab chiqarishlar texnologiyasi
|
Ta’lim yо‘nalishi:
|
5311600
5321100
|
–
|
Konchilik ishi.
Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi
|
Fanning о‘quv dasturi oliy va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yо‘nalishlari bо‘yicha о‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2012 yil “23” avgustdagi 263- sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fanning о‘quv dasturi Navoiy davlat konchilik institutida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Nazarov Z.S.
|
–
|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati MITL Konchilik byurosi yetakchi muxandisi, t.f.n.
|
Jiyanov A.B.
|
–
|
Navoiy davlat konchilik instituti “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” kafedrasi katta о‘qituvchisi.
|
Taqrizchilar:
Norov Y.D.
|
–
|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati MITL konchilik byurosi boshlig‘i, t.f.d., professor.
|
Tuxtashev A.B.
|
–
|
Navoiy davlat konchilik instituti “Konchilik ishi” kafedrasi mudiri, t.f.n.
|
Fanning о‘quv dasturi Navoiy davlat konchilik instituti Kengashida kо‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201__ yil “___”________________ dagi “__” – sonli bayonnoma).
KIRISH
Dastur О‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartida 5311600 – “Konchilik ishi” va 5321100 – “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” yо‘nalishlari bо‘yicha bakalavr tayyorlash mazmuni va saviyasini majburiy minimumiga bо‘lgan talablarga muvofiq tuzilgan.
Dastur kon qazish ishlarini olib borishda va boshqa kon texnologik jarayonlarda yuzaga keladigan geomexanik jarayonlarni, minerallar va tog‘ jinslarining fizik, fizika-mexanik va boshqa xususiyatlarini о‘rganish, tog‘ jinslarining fiziko-texnik xususiyatlari tо‘g‘risida ma’lumotlarga, kon massivi haqida tushunchalarga ega bо‘lish, tog‘ jinslari massiviga ta’sir qiladigan tashqi ta’sir maydonlari, fizik texnologik jarayonlar tо‘g‘risida umumiy tushunchalar, tog‘ jinsining massivdagi harakatini belgilovichi fizik va fizik–kimyoviy xossalari, massiv turg‘unligini tavsiflovchi tog‘ jinsi reologik va fizika–mexanik xususiyatlarini о‘rganishga qaratilgan.
“Geomexanika” fani 5311600 – “Konchilik ishi” va 5321100 – “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha bakalavrlar tayyorlashda konchilik sohasiga asos bо‘ladigan fanlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |