Musoboqa shifokori.
Musoboqalar boshlanishidan oldin kurashchilar sog`lom haqidagi xujjatini. Qo`yilgan imzo va muhrlarini tekshirib chiqadi, agar kamchilik bo`lsa o`sha kurashchiga olishuvga chiqishga ruxsat bermaydi.
Kurashchilar vaznlari o`lchanayotigan vaqtda ularni kuzdan kechirib boradi.
Hakamlar formasi qora kostyum va shim qaro paypoqlar, oq kuylak va qora galustuk.
O'zbek Kurashi bugungi kunda dunyoga yuz tutdi, tez sur'atlar bilan rivojlanib xalqaro sport tizimida o'z o'rniga ega bo'ldi.O'zbek Kurashi bo'yicha bir qancha xalqaro musobaqalar, Mintaqa chempionatlari, VIII marotaba jahon chempionati o'tkazildi, ko'plab davlatlarda Kurash milliy federasiyalari tashkil etildi. Eng so'nggi nufuzli musobaqalardan biri 2011- yil 19-23 oktyabr kunlari Termiz shahrida VIII jahon birinchiligi va o'ninchi bor Al Hakim at Termiziy xotirasiga bag'ishlangan kurash bo'yicha Prezident sovrini uchun o'tkazilgan an'anaviy xalqaro turniri xisoblanadi. Chet ellik hakamlar o'zbekning faxri, qadriyati hisoblangan kurash atamalarini sof o'zbekona, jarangdor ovozda «to'xta», «halol», «tanbeh», «dakki» kabi buyruqlari bilan boshqarib borishdi. Koreya, Yaponiya, Eron, Afg'oniston, JAR, Rossiya, Kipr, Angliya, Gretsiya, Turkmaniston kabi xorijlik hakamlar kurash qoidalarini chuqur o'zlashtirib olganliklari musobaqada yaqqol ko'rinib turdi.2011 yilning 19-21 oktyabr kunlari VIII jahon chempionati va Al Hakim at -Termiziy xotira turniriga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Ushbu anjumanda xalqaro Kurash Assosiasiyasi prezidenti Komiljon Yusupov, shuningdek, Afrika Kurash konfederasiyasi prezidenti janob Tomas Dunker, Xindiston, Eron kabi bir qator davlatlardan shu sohaning yetuk olimlari o'zlarining ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
XKA prezidenti Komiljon Yusupov o'z ma'ruzasida, milliy g'urur va qadriyatimiz timsoli bo'lgan o'zbek kurashini dunyo miqyosiga olib chiqilganligi va eng quvonarlisi Kurash 2013 yilda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida yopiq inshoatlarda jangovor yakka kurashlar bo'yicha o'tkaziladigan IV Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olganligini aytib o'tdi. Bu Kurashni Olimpiya o'yinlari dasturiga kirish uchun qo'yilgan yana bir dadil qadam ekanligini ta'kidladi.
Afrika Kurash konfederasiyasi prezidenti janob Tomas Dunker o'z ma'ruzasida Kurash dunyo sport olamida jadal suratlarda o'sayotganini qayd etib o'tdi. Shuningdek qator Afrika davlatlarida tatami (gilam) yetishmasligi tufayli bolalar qumli maydonda ya'ni kurash maydoni qum, tuz aralashmasidan (gilam) qilib shug'ullanayotganligi haqida ma'lumot berdi. Afrika mamlakatlarining deyarli yarmi allaqachon o'zbek kurashi bilan tanishgan va muntazam shug'ullanib kelayotganligi xech kimga sir emasligini bildirib o'tdi. Janob Tomas Dunkerning ma'lumotlaridan kelib chiqib o'zbek kurashi allaqachon dunyo sporti turlari qatoridan munosib o'rin olganligining guvoxi bo'lamiz. Kurash bilan Afrika mamlakatlari bolalari va yoshlari sevib shug'ullanmoqda. Ya'ni Kurash endilikda umuminsoniy qadriyatlarni rivojlanib borishi tamoyillariga ko'ra milliylikdan-mintaqaviylikka undan umuminsoniylikka o'tadi. Kurash endi nafaqat milliy qadriyat,balki u butun dunyo xalqlariga xizmat qiluvchi umuminsoniy qadriyat darajasiga yetdi, zero kurashni umuminsoniy qadriyat ekanligi uning tarixi falsafasi va g'oyalarida o'z aksini topgan.
Kurashni milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida o'rganishga qaratilgan, ilmiy tadqiqot maqsadidan kelib chiqib taniqli va faxriy polvonlar, murabbiylar bilan suhbatlar o'tkazdik, intervyular olindi. Faxriy polvon xizmat ko'rsatgan sport murabbiysi 74 yoshli Xudoyberdi polvon Maxmudov biz bilan o'tkazgan suhbatida Kurash haqida shunday fikrlarni bildirdi: «Bir polvonni tayyorlash va natija ko'rsatish uchun ko'p yillik tinimsiz mehnat kerak.Yillar mobaynida polvon bilan muntazam mashg'ulotlar olib borish, albatta, zarur. Ammo faqat mashg'ulotni o'zi buning uchun yetarli emas. Vaholanki, polvonlarni doimo nazoratda tarbiyalab borish zarur. Bu o'rinda faxriy polvon Xudoyberdi Maxmudov quyidagilarni nazarda tutadi:
Polvonning ruhi toza va tetik bo'lishi lozim;
Polvon doimo jismini toza tutishi, vaqtida dam olishi va yetarlicha ovqatlanishi lozim;
Polvon e'tiqodli va oriyatli bo'lmog'i kerak. Buni albatta murabbiy nazoratga olishi lozim.
Surxon elining fahriy 73 yoshli polvonlaridan biri Quronboy polvon suhbat chog'ida shunday fikrlarni bildirdi: „Kurashchimisan, mard bo'l, raqibingga kuching yetmadimi davradan chiq, kuching yetsa, halol yiqit. O'zingni ham, raqibni ham, tomoshabinlarni ham ovora qilma! Kurash halollikni, mardlikni talab etadi. Kuchlini tan olish ham polvonga xos“. Fikrida davom etarkan kurash tushgan davrlarini bugungi mustaqillik kunlari bilan solishtirib zamonaviy qad ko'targan inshoatlar, sport zallari, kurash gilamlarining borligi haqida quvonib gapirdi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovga va Kurashning jonkuyarlariga minnatdorchiligini quvonch bilan tilga oldi.Kurash bo'yicha Jahon chempioni Maxtumquli Maxmudov shunday deydi: “Kurash tushish men uchun bobomeros, otamerosdir. Ukalarimning barchasi meni ortimdan ketdilar.Hammalari kurash tushishning hadisini o'zlashtirgan.Bizga kurash tushish usullarini o'rgatishda otamiz, bolalarim unutmang, maydon mardniki, deb tarbiyalagan” deya otasining o'gitlarini eslash orqali so'zini yakunladi.
Dzyudo bo'yicha 2 karra Jahon chempioni, Olimpiada o'yinlari sovrindori, mashhur Buxorolik Rishod polvon Sobirov bilan bo'lgan suhbatda polvon sportning dzyudo kurashi bo'yicha dunyo chempioni bo'lishiga, uni elga, jaxonga tanilishiga o'zbek kurashi orqali erishganligini ta'kidlaydi. Polvon o'z xotiralarini esga olarkan “Agar men bolaligimdan qishloq sharoitida to'ylarda, bayramlarda kurash tushmaganimda, mag'lubiyat alami xamda g'oliblik nashidasini his qilmaganimda bugungi kundagi natijalarga erishmagan bo'lar edim. Sportchi nafaqat jismoniy yetuk, balki ma'naviy boy, bilimli va madaniyatli bo'lishi, o'z millati urf-odatlari va qadriyatlarini e'zozlashi ham zarur deb bilaman” qabilidagi fikrlarini biz bilan o'rtoqlashdi. Taniqli polvonlar, Jahon chempionlari Toshtemir Muhammadiyev, Bahrom Avazovxalqaro toifadagi hakamlar Olimjon Xayitov, Ibroxim Karimov, professorlar Juma Toshpo'latov, O'roqboy Ibragimov (TerDU), Xamroqul Rofiyev (SamDU) va boshqalar bilan mavzu yuzasidan suhbatlar o'tkazildi. O'tkazilgan suxbatlar chog'ida xam ko'plab nazariy va amaliy ma'lumotlar to'plandi.
O'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra shunday xulosalarga kelindi:
-Kurash mard, jasur va halollikni talab etadigan sport turi;
-Kurash sportchidan jismoniy jihatdan o'ta darajada yetuklikni talab etadi;
-Kurash polvonlardan jismoniy yetuklik bilan birga ma'naviy barkamollikni talab etadi;
-Kurash qoidalari va falsafasi insonparvarlik g'oyalariga asoslangan;
-Kurash odamlarni, xalqlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi;
-Kurash eng samarali va na'munali tarbiya vositasidir;
-bir so'z bilan aytganda kurash umuminsoniy qadriyatdir.
Umuminsoniy qadriyat bo'lgan kurashni yanada chuqur o'rganish va undan barkamol avlod tarbiyasida bundanda samarali foydalanish maqsadida olib borilgan tadqiqotlarga tayanib quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:
-Kurashni Olimpiyada o'yinlariga kiritishga erishish;
-Kurashni tarbiyaviy jihatlarini yanada chuqur o'rganish;
-Kurashni maktab o'quvchilari, akademik lisey va oliy o'quv yurtlari talabalari jismoniy tarbiyasiga yanada keng tadbiq etish;
-jismoniy tarbiya va sport sohasida tayyorlanadigan mutaxassislarga kurash usullari va uning tarbiyaviy xususiyatlarini singdirish zarur.
Xulosa.
O’zbek milliy Kurashi ota –bobolarimizda qolgan bu qadriyatimizdan azaldan bizning yurtimiz pahlavonlar yurti bo’lganligidan darak beradi.Sababi kurash tarixi Qadim Baqtriya davlatiga ham borib taqalar ekan.Baqtiyada ham kurash rivojlangan ekan. Meni sakklar qabilasidagi urf-odatlar o’ziga tortdi qiz tanlashda kurashda kim g’olib bo’lsa o’sha eng munosib qizni tanlar ekan. Demak bizning momolarimiz o’sh davrda mard-jasur bobolarimizga umr yo’ldosh bo’lishgan.Hattoki jez davrida ham kurash rivojlaganligidan darak beradi.Sababi o’sha davrdan qolgan buyumlarda kurash tushayotgan ikki odam tasviri tushirilagan. Yana ko’plab mamlakatlar tarixiy asarlarida va bizning ota-bobalarimiz asarlaridan ham aynan milliy kurashimiz haqida ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. Bu sport turi bilan tanishib chiqgach mening kurashga bo’lgan qiziqishim ortdi.Kurashinsoni jasur, aqlli, chaqonva irodaliqilib tarbiyalaydi deb o’ylayman. Bizning polvonlar halolikni, mardlikni qadrlovchi halol polvonlar ekanligidan beixtiyor quvonasan. Chunki ularning yuqoridagi gaplarini o’qib shu fikrga keldim vakurash naqadar insoni komillika chorlovchi sport turi ekanligini anglab yetdim. Milliy Kurash sobiq ittifoq davrida siqib chiqarmoqchi bo’lganligi haqida ham ma’lumotlarga duch keldim, lekin xalqimizning ota-bobalridan qolgan bu an’anasini unutmasdan saqlab qolganligi kurashni siqib chiqarikmagan sababi bizning ota-boblarimiz kurashni saqlab qolganligi insoni g’ururlantiradi.O’zbekiston Respublikasi birinchi prizdenti I.A.Karimov milliy kurashni rivojlantirish yo’lida qilagan ishlari hech qanday so’z bilan ifodalay olmaysan.Ota-bobolarining an’nalarini, ularning nomini tiklab savob ish qilish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi.Bunday insonlar buyuk insolardir.Islom Karomov Buyuk inson, chunki har sohani shu jumladan milliy kurashni rivojlantirib butun dunyoga tarqalishga zamin yaratgan.
Foydanilgan adabiyot va internet saytlari:
www.google.uz
www.Fikr.uz
www.yangiariq-m.uz
www.wikipediya.com
www.ziyonet.com
www.referatarxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |