ramka kengligida
|
Sirtqi qoplamadagi rezinaning mustahkamlik sinf
|
Rezina qoplamaning cho’zilish mustahkamligi MPa
|
Asosiy yoki bir qismi
kombinatsia-lashgan to'quv iplaridan
(polyester va
paxta)
|
Asosiy yoki bir qismi
poliamidli to'quv iplaridan
|
2
|
Ikki tomonlama rezina qoplamali
|
БКНЛ-65
БКНЛ-65-2
БКНЛ-100
БКНЛ-150
-
|
-
-
ТА-100, ТК-100
ТА-150, ТК-150
ТК-200-2
|
65
100
100
150
200
|
Б
В
|
20
15
|
3
|
Bir tomonlama rezina qoplamali
|
БКНЛ-65
БКНЛ-65-2
БКНЛ-100
|
-
-
-
|
|
|
|
4
|
Ikki tomonlama rezina qoplamali, bir yoki ikki tayanch (karkas) qistirmali
|
БКНЛ-65
БКНЛ-65-2
БКНЛ-100
|
-
ТА-100, ТК-100
ТА-100, ТК-100
|
65
100
100
|
С
|
10
|
Lenta turini tanlash tashiladigan yukning turiga va xususiyatlariga qarab amalga oshiriladi (ilovadagi 1 – jadvalga qarang).
Loyihalashtirilayotgan elektr yuritmaga qo’yiladigan talablar va ishlash shartlari.
Loyihalashtirilayotgan lentali konveyer gorizontal joylashgan, ya'ni qiyalik burchagi β = 0°.
Lentali konveyerning ishlash shartlari quyidagi ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
- turli (nostandart) o’lchamdagi tog’ jinslarini tashiy olishi;
- katta hajmdagi yukni tashiy olishi;
- yuqori changli sharoitda ishlay olishi.
Bunday holda, yuritma changli muhitda ishlagani uchun, yuritma dvigateli odatda konstruktiv yopiq bo'lishi kerak. Qaralayotgan mexanizmning doimiy bir tomonga harakatlanib turish xarakteriga ega ekanligidan uning elektr yuritmasi uzoq mudali ish rejimida ishlovchi noreversiv bo’lishi kerakligini aniqlashimiz mumkin.
Tashilayotgan tog’ jinslari orasida katta hajmli yaxlit bo’laklarning mavjud bo’lishi va ularning ortiqcha og'irliklari ta'sirda lentali konveyr yuklash qismi va rolikli uchastkalarning podshipniklari tezda ishdan chiqishiga olib keladi.
Lentali konveyerlarda lenta eng qimmat va tez eskiradigan qism hisoblanadi, shuning uchun nostandart o’lchamdagi materialni tashish uchun eng maqbul bo'lgan lentalarning eng bardoshli turlaridan foydalanish kerak. Shuningdek, konveyerni yuklash punktida yuklarning katta bo'laklari tushganda lentaga ta'sirini yumshatadigan rezina shaybali yoki pnevmatik roliklar ishlatiladi. Konveyrning lentasi yuksiz harakatlanuvchi (ostki) qismidagi roliklar rezina disklar bilan jihozlangan bo’lib ular lentaning xarakatlanishini yaxshilashga va unga yopishgan yuklarni tozalashga yordam beradi.
Uzluksiz ishlovchi transport mexanizmlarini avtomatlashtirishning maqsadi ularni ishlatishda samaradorligi va ishonchliligini oshirishdir. Ushbu mexanizmlarni avtomatlashtirish darajasiga qo'yiladigan talablar birinchi navbatda ular bajaradigan funktsiyalarning xususiyati bilan belgilanadi.
Lentali konveyerning ishlashini avtomatik boshqarish quyidagi jarayonlardan iborat bo'lishi mumkin:
1. Lentaning markazlashtirilgan yo'nalishini boshqarish, lentaning yon tomonga siljishini oldini olish, uni markazlashtirilgan yo'nalish bilan avtomatik ravishda markaziy holatiga qaytarish va agar og'ish ma'lum chegaradan oshsa, konveyerni o'chirib qo'yish.
2. Uzatma moslamasini boshqarish, barqaror harakat paytida ham, ishga tushirish davrida ham baraban ustidagi lentaning siljishini oldini olish uchun zarur bo'lgan taranglilikni ushlab turish.
3. Barabanlarning sirtini, podshipniklar va baraban valining holatini kuzatish.
4. Lentaning butunligini va lenta uzilib qolgan yoki uzunlamasiga kesilgan holda yuritmani o'chirilishini boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |