Amfibolit
Amfibolit – metamorflashgan o‘rtacha donador tog‘ jinsi. Aksari am-fibollar,
plagioklazlar va qo‘shimcha minerallardan tarkib topgan. Rangi qora, to‘q yashil.
A. metamorfizm nati-jasida o‘rta va asosli magmatik jinslar va qisman ba’zi bir
cho‘kindi jinslardan paydo bo‘ladi. O‘zbekistonda Buxoro va Farg‘ona
viloyatlaridagi tog‘larda, ayniqsa, Qoraqalpog‘istondagi Sulton Uvays tog‘larida
ko‘p uchraydi. Qora rang-li turlaridan bezak buyumlar yasashda va binokorlikda
qoplama bezak materiali sifatida foydalaniladi.