Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Gazni qayta ishlash texnologiyasi Kurs loyihasi



Download 339,56 Kb.
bet1/7
Sana01.04.2022
Hajmi339,56 Kb.
#523482
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5204425452696898287



Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti

Gazni qayta ishlash texnologiyasi

Kurs loyihasi

Mavzu: Uglevodorodli gazlarni nordon komponentlardan tozalashda to'yingan absorbentni desorbsiyalash texnologik tizimi tahlili va hisobi.


Bajardi:. Rashidov A.X. Guruh: 37-18


Ilmiy rahbar: Baxranova D.R.
Mundarija

  1. Kirish

  2. Adabiy sharh

  3. Texnologik jarayon tasnifi

  4. Monoetanolamin eritmasini qayta tiklash uchun desorberni hisoblash

  5. MEA eritmasining qayta tiklash moddiy balansi

  6. Desorberning issiqlik balansi

  7. Desorber diametri

  8. Desorber balandligi

  9. Xulosa

  10. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha joriy yilgi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
«Neft-gaz sanoati aholi va iqtisodiyot tarmoqlari uchun energiya manbai, ko‘plab mahsulotlar uchun xomashyo yetkazib beradigan muhim sohadir. Shu bois energetika, neft-gaz, geologiya yo‘nalishlarida chuqur tarkibiy islohotlar, raqobatdoshlikni kuchaytirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilmoqda.
«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimi takomillashtirildi, uning tarkibida bo‘lgan «O‘ztransgaz» va «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyatlari alohida tuzilma sifatida qayta tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 18 noyabrdagi «Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, yangi konlarni aniqlash, uglevodorod xomashyosi zaxiralarini rivojlantirishning barcha tashkiliy-moliyaviy jihatlari belgilab berilgan edi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga joriy yil 24 yanvardagi Murojaatnomasida xorijiy ekspertlarni neft-gaz sohasidagi davlat korxonalarini boshqarishga jalb etib, ularning samaradorligini oshirish va xarajatlarini optimallashtirish, qarz miqdorini kamaytirishga erishish lozimligini ta'kidlagan edi. Yangidan tasdiqlangan hukumat oldiga shu borada ustuvor vazifalar qo‘yildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yig‘ilishda neft-gaz sohasida joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yaratilgan sharoitlarga qaramay, tizimli muammolar barham topmayotgani, boshqa tarmoqlar rivojiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani ta'kidlab o‘tildi.
«Bir narsani hammamiz tushunib olishimiz lozim. Biz sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘tgan uch yilda ko‘pgina chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etdik. Lekin natijalarni tahlil etadigan bo‘lsak, hali neft-gaz, elektr energiyasining barqaror ta'minotida xalqimiz, tadbirkorlarimiz talabini to‘la qanoatlantira olmayapmiz. Shuning uchun, har bir masalaga chuqur e'tibor qaratib, yangicha yondashuvlar asosida samarali ish tizimini tashkil etishimiz kerak. Agar bu vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirmasak, iqtisodiyotimizda ko‘zlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz», – dedi Prezident.
Korxonalarni modernizatsiya qilish ishlari yetarli emasligi, gaz yetkazib berishda yo‘qotish ko‘pligi hamda uzilishlarga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Energetika vazirligiga joriy yilda iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga yoqilg‘i mahsulotlarini barqaror yetkazib berish uchun 2019 yilgiga nisbatan 4,3 milliard kub metr ko‘p tabiiy gaz qazib olish vazifasi qo‘yildi. Ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berish oralig‘idagi texnologik sarf va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Neft-gaz sohasini isloh qilish bo‘yicha «loyiha ofisi»ga ilg‘or xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish, korxonalarda rahbar xodimlarning maoshini faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlariga (KPI) bog‘lash zarurligi ta'kidlandi. Sohadagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «komplayens nazorat» tizimi joriy etilishi belgilandi.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasiga har bir konning holatini tanqidiy tahlil qilib, tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi.
Aholining suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasini barpo etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha 3 ta loyihani yakunlash lozimligi qayd etildi. 
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarish zavodi qurilishining borishi ko‘rib chiqildi. Soha korxonalarida «raqamli kon», xo‘jalik boshqaruvi va resurslarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish dasturlarini (ERP) joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
«O‘ztransgaz» va «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyatlariga joriy yil iyul oyiga qadar 2,5 mingta yirik iste'molchini tabiiy gaz hisobini yuritishning onlayn tizimiga ulash vazifasi yuklatildi. Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida kamida 2 million iste'molchiga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatish zarurligi qayd etildi. Yig‘ilishda muhokama qilingan chora-tadbirlarni jadallashtirish bo‘yicha mas'ullar belgilandi.
Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya manbai, balki koʻplab tarmoqlar uchun zarur boʻlgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi.
Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga 15 foizga koʻp tabiiy gaz va 1,6 barobarga koʻp suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab qondirib kelinmoqda.
Shoʻrtan va Ustyurt gaz-kimyo komplekslarida joriy yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi.
Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish uchun 2030 yilgacha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan.
Uglevodorodlar zaxirasini koʻpaytirish boʻyicha aniq choralar koʻrilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi.
Shu bois, yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” jamiyati rahbariyatiga geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash, investitsiyalarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Jahon tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb qilish, davlat va investorlar manfaatini himoya qilishni taʼminlaydigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish boʻyicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi.
Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi taʼmirtalab holatga kelgan. Kelajakda isteʼmolchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish boʻyicha 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, gaz taqsimot tizimini modernizatsiya qilish, gaz isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilish tizimi tizimini joriy etish loyihalariga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Bungi kunda tabiiy gazning atigi 2 foizi chuqur qayta ishlanib, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar olinayotgan boʻlsa, kelgusi 10 yilda bu koʻrsatkichni 7 barobar oshirish imkoniyati bor. Shuning uchun “Oʻzbekneftgaz” jamiyati neft va gaz kimyo yoʻnalishiga ustuvor ahamiyat qaratishi zarurligi taʼkidlandi.
Jumladan, aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol), metanoldan olefin olish texnologiyasi asosida yangi mahsulotlar – polistirol, polietilentereftalat va sintetik kauchuklar ishlab chiqarish, polietilen va polipropilen ishlab chiqarishni koʻpaytirish imkoni mavjud. Ushbu loyihalarni amalga oshirishga 9 milliard dollar atrofida mablagʻlar jalb qilinishi lozim.
Shuning uchun Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklaridagi yirik kompaniyalarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish va loyihalarni amalga oshirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” jamiyati boshqaruv tizimi murakkab va koʻp pogʻonali boʻlgani sababli sohada islohotlar amalga oshirilishi sust kechayotgani tanqid qilindi.Boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” jamiyatining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, tarmoqqa oid boʻlmagan tashkilotlarni tizimdan chiqarish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Xususan, takrorlanuvchi funksiyalarni bajaruvchi boshqaruv boʻgʻinlarini qisqartirish, tarmoqdagi servis korxonalarini hamda yordamchi ishlab chiqarishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarga berish kerakligi taʼkidlandi.
Sohadagi toʻrtta ilmiy-tadqiqot, izlanish va loyihalashtirish institutlari negizida milliy neft-gaz ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etib, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash boʻyicha innovatsion yechimlar topish va tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratish vazifasi qoʻyildi.


Download 339,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish