1.3. Bosim o’lchash asboblarining taqqoslanishi va o’rnatilishiga qo’yilgan asosiy talablar.
Bosim o’lchash asboblari boshqa o’lchash asboblari kabi ulardan to’g’ri foydalanishni ta’minlaydigan sharoitlarda ishlatilishi lozim. Bosim o’lchash asboblariga yuqori haroratli o’lchanayotgan muhitning ta’sir etishini bartaraf qilish lozim, chunki bu asbobning sezgir elementiga ta’sir etib qo’shimcha xatoliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, Bosim o’lchash joyi va asbob orasi issiqlik izolyatsiyasiga ega emas, ichki diametric 6-10 mm ni tashkil etadigan ulanish naychasi bilan ta’minlanishi lozimbo’ladi/Ulanish naychasining uzunligi shunday tanlanishi lozimki, unda naychaning harorati asbob yaqinida atrofdagi havo haroratiga deyarli teng bo’lishi lozim.
Suv bug’ining bosimini o’lchashda oddiy ulanish naychasi har doim ham manometrni yuqori haroratlardan himoya qila olmaydi. Agarda manometer o’lchash nuqtasidan yuqoriroq joylashgan bo’lsa, unda bug’ naychada kondensatlanadi. Kondensat naychada oqa boshlaydi, naycha va asbobning sezgir elementi har doim yuqori haroratli bug’ bilan kondensatlanib va uning ichki qismini to’ldirib qo’yadi. Shuning uchun, bug’ning bosimini o’lchashda manometer oldida halqasimon sifon o’rnatiladfi, unga asta sekin, atrof muhit haroratigacha soviydigan kondensat toplanadi va u suv to’sig’i vazifasini bajaradi.
Manometrlarning bevosita oldida uch yolli ventilllar o’rnatilishi ko’zda tutiladi, ular manometrni o’lchash uchun, manometrni atmosfera bilan bog’lab nolni tekshirish, nazorat manometirini parallel ulanishini va ulash liniyasini puflashni ta’minlaydi. Uzun liniyalar mavjudligida qo’shimcha ventillar o’lchash vositasining ulanish joyida o’rnatiladi, bu esa avariyalarda ulanish liniyalarini o’chirish uchun xizmat qiladi.
Havoning haroratida qotib qoladigan agressiv (tajavuskor) muhitlar )misol uchun, ayrim mazut turlari) bosimni o’lchashda bevosita bosim o’lchash joyida ayiruvchi idishlar o’rnatiladi. Ayiruvchi idishlarning taxminan yarmi o’lchanyotgan muhit bilan, ulanuvchi liniyasi esa o’tkazyotgan suyuqlik asosan, suv bilan to’ldiriladi.Ayiruvchi idishlarning pastki qismida nisbatan og’ir (zichligi kata) suyuqlik joylashtiriladi.
Ulash liniyasi shunday joylashish kerakki, unda suyuqliklar bilan to’ldirilgan liniyalarda gaz havo pufaklarining hosil bo’lishi yoki gaz bilan to’ldirilgan liniyalarda esa kondensat hosil bo’lishi bartaraf etilishi lozim. Buning uchun ulash liniyalar qiya qilib o’rnatiladi bu esa uzluksiz yoki vaqti-vaqti bilan gaz, havo va kondensatni chiqarib yuborishga imkon beradi.
Chang bilan aralashgan gazli muhit bosimini o’lchash hollarida o’chash joyining oldida maxsus chang yutgichlar o’rnatilishi ko’zda tutiladi.
Bosim olchash asboblari ko’rsatkichlari yuqori aniqlik klassiga ega bo’gan saboblarning ko’rsatgichlariga solishtirish yo’li bilan qiyoslanadi. Namunali sabobning yuqori o’lchash chegarasi tekshirilayotgan asbobning yuqori o’lchash chegarasidan yuqori yoki unga teng bolishi lozim. Agarda qiyoslangan asbobning ruxsat etilgan mutlaq xatoligi D bilan qiyoslanayotgan belgi uchun tavsiflansa, unda standartlarga ko’ra, shunga ta’luqli namunali asbobning asosiy mutlaq Do xatoligi quyidagicha bo’lishi lozim.
Agarda namunali va qiyoslanayotgan asboblarning yuqori o’lchash chegaralari bir xil bo’lsa, unda (74) tengsizlik namunali sabobning aniqlik klassi qiyoslanayotgan asbobnikiga qaraganda kamida 4 baravar yuqori bo’lishini ko’rsatadi.
Kislorod bosimini o’lchash uchun mo’ljallangan manometrni moyda qiyoslash mum,kin emas, chunki tekshirishdan so’ng qolgan moy yuqi kislorod muhitida portlashni keltirib chiqishi mumkin.
Kislorod bosimini o’lchash uchun mo’ljallangan maxsus manometrlarning siferblatida, standartlarga ko’ra, «Kislorod» yoki «Moyga xavfli» deb yoziladi. Undan tashqari, bunday manometrlarning korpusi havo rangga bo’yaladi.
Texnik asboblarning qiyoslanishi ma’lum, tegishli aniqlik klassiga ega namunali asboblarning ko’rsatkichlari bilan solishtirish yo’li orqali, ikkala asbobni bir xil bosimli muhitga ulanishi bilan amalga oshiriladi.
Vakuummetrlar, naprometrlar va tyagomerlarning qiyoslanishi ma’lum, tegishli aniqlik klassiga ega bo’gan suyuqlikli shisha asboblar ko’rsatgichlari bilan ularning ko’rsatgichlarini solishtirish yo’li orqali amalga oshiriladi.
XULOSA
Ushbu kurs ishini bajarish mobaynida, suyuqlikli bosim o’lchash asboblarining tuzulishi va o’chash usullarining tahlili haqida o‘z bilimlarimni mustahkamlash bilan birgalikda, ularning ko‘pgina turlari turli maqsadlarda qo‘llanishligini bilib oldim. Bosim o’lchash asboblarining taqqoslanishi va o’rnatilishiga qo’yilgan asosiy talablar haqida chuqurroq bilib oldim. Yana o’lchash, o’lchash natijasi, o’lchash xatoliklari va ularni baholash haqida xam bilimga ega bo’ldim. Shu bilan bir qatorda shiddat bilan rivojlanayotgan texnika va texnologiyalar zamonida ham, ishlab chiqarish sohasida suyuqlikli bosim o’lchash asboblari munosib o‘rin egallab turganini takidlash lozim. Manometrik termometrlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘pgina topiladi, shular orasidan eng ishonchlisini tanlash va ishlab chiqarishda joriy etish ham bizlardan chuqur bilim talab etadi. Shu sababdan ham, bu kurs ishini bajarishda davomida olgan bilim va ko‘nikmalarim kelgusidagi o‘qish va ish faoliyatimda menga katta yordam berishiga ishonaman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Alan S. Moris, Reza Langari. Measurement and Instrumentation. -UK: Academic Press, 2016. -697p.
Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G’ulomov Sh.M. Техnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Тоshkent: O‘qituvchi, 2011. -576 b.
Юсупбеков Н.Р., Мухамедов Б.Э., Ғуломов Ш.М. Технологик жараёнларни бошқариш системалари. –Тошкент: Ўқитувчи. 1997. -704 б.
Зайцев С.А., Грибанов Д.Д., Толстов А.Н., Меркулов Р.В. Контрольно-измерительные приборы и инструменты. –М.: Академия, 2002. -464с.
Иванова Г.М., Кузнецов Н.Д., Чистяков В.С. Теплотеxнические измерения и приборы. –М.: МЭИ, 2005. -460с.
ГОСТ 8.563.1-1997. Измерение расхода и количества жидкостей и газов методом переменного перепада давления. М.: ИПК Издательство стандартов, 1999.
Internet saytlar
www. kipia.info
2. www. kipia.ru
www.electroengineer.ru
www.bibliofond.ru
www.stroy-podskazka.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |