Nazorat savollari
Snellius qonunlarini qanday ifodalanadi?
O‘tish koeffitsiyenti deb nimaga aytalida?
Bryuster burchagi nima?
Qaytish va o‘tish koeffitsiyentlarining modullari qanday ifodalar yordamida aniqlanadi?
12 -ma’ruza. Yuza effekti
Reja:
Yuza effekti hodisasi
O‘tkazgichning yuza qarshiligi va undagi energiya yo‘qotishlari
1.Yuza effekti hodisasi
Avvalgi ma’ruzalarda aytib o‘tilganidek, o‘zgaruvchan elektromagnit maydonning kuchlanganligi, demak, uning tok zichligi ham metall ichida eksponentsial qonun bo‘yicha kamayib boradi. O‘ta yuqori chastotalarda barcha tok, o‘tkazgichning sirti yaqinida jamlanadi. Bu hodisani yuza effekti yoki skin effekt deb ataladi.
Yuza effekti natijasida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi kamayadi, ya’ni, samarali foydalanilayotgan kesim geometrik kesimdan kam bo‘lib qoladi. Bu esa o‘tkazgichning aktiv qarshiligini oshishiga olib keladi. Yuqori chastotalarda bu qarshilik simning doimiy tok holatidagi qarshiligidan juda ko‘p marta katta bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, yuza effekti o‘tkazgichning ichida jamlangan magnit energiyasini, va buning natijasi o‘laroq, simning ichki induktivligini kamaytiradi. Bundan ko‘rinadiki, agar simning diametri qanchalik katta bo‘lsa, yuza effekti shunchalik kamroq namoyon bo‘ladi. Yuza effektining ta’siri ostida simning markaziy qismidan foydalanilmas ekan, buni o‘tkazgichlarni tayyorlashda hisobga olish lozim. Shuning uchun ham, yuqori chastotalarda, metallni iqtisod qilish uchun to‘la simlar ichi bo‘sh (naysimon) simlar bilan almashtiriladi.
Yuza effekti hodisasi ko‘pgina radiotexnik qurilmalar va elementlarni tashqi maydon ta’siridan muxofazalash imkonini beradi. Buning uchun metall ekranlardan foydalaniladi. Agar himoyalovchi ekran qurilmani to‘liq o‘rab turgan bo‘lsa va uning qalinligi yetarlicha bo‘lsa, tashqi maydonning ta’sirini deyarli yo‘qotish mumkin. Agar ekran qurilmani to‘la qoplamagan bo‘lsa, yoki uning qalinligi yetarlicha bo‘lmasa, tashqi elektromagnit maydon difraksiya hodisasi tufayli qobiqdan kirishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash lozimki, doimiy va past chastotali maydon hollarida metall ekranlar qurilmani elektr maydonidan saqlashi mumkin. Biroq, agar ekran paramagnit yoki diamagnit materialdan tayyorlangan bo‘lsa, u magnit maydoni uchun to‘siq bo‘la olmaydi.
Metalldan tayyorlanadigan ekran elektromagnit ta’sirlardan to‘liq himoyalashi uchun, ekran listining qalinligi ma’lum qiymatdan kichik bo‘lmasligi kerak. Bunda, maydonning metallga singish chuqurligi parametridan foydalaniladi. Maydonning metallga singish chuqurligi deb shunday masofaga aytiladiki, bunda maydon kuchlanganligi e marta kamayadi. Singish chuqurligi maydonning susayish koeffitsiyentiga teskari kattalik hisoblanadi va uni quyidagicha hisoblash mumkin
(12.1)
Bu yerda α – to‘lqin amplitudasining 1 m masofa bosib o‘tgandagi susayishi.
O‘ta yuqori chastota diapazonida bu parametr juda ham kichik qiymatlarga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |