Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektrodinamika va radioto


Yassi elektromagnit to‘lqinning ikkinchi muhitga to‘liq o‘tishi. Bryuster burchagi



Download 1,84 Mb.
bet44/71
Sana14.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#363264
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Bog'liq
2 5314704828285327073

2. Yassi elektromagnit to‘lqinning ikkinchi muhitga to‘liq o‘tishi. Bryuster burchagi
Yassi elektromagnit to‘lqin havoda joylashgan d qalinlikli yassi dielektrik qatlamiga tushganda (11.3-rasm), tushgan to‘lqin qisman qaytadi va qisman ikkinchi qatlamga o‘tadi. Qatlamning pastki chegarasiga yetgach, to‘lqin yana qisman qaytadi, qisman esa qatlamdan chiqadi. Qatlamning pastki chegarasidan qaytgan to‘lqin ustki chegaraga kelib tushadi, bu yerda u yana qisman qaytadi, qisman esa qatlamdan chiqadi va h.k. Shunday qilib, qatlamdan qaytgan to‘lqin bir xil yo‘nalishda (Z-o‘qiga nisbatan ’ burchakda) tarqalayotgan hisobsiz to‘lqinlarning ustma-ust taxlanishini bildiradi. Bu to‘lqinlar qatlam ichidagi to‘lqinning qaytish soniga bog‘liq bo‘lgan amplitudalari va fazalari bilan bir-biridan farq qiladi.

Qatlamdan o‘tgan to‘lqin haqida ham xuddi shunday xulosa chiqarish mumkin.



11.3-rasm. Yassi elektromagnit to‘lqinning dielektrik

qatlamiga tushishi

Shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, qatlamdan o‘tgan to‘lqinning tarqalish yo‘nalishi tushayotgan to‘lqin yo‘nalishiga mos keladi. Qaytgan to‘lqinni tashkil qiluvchi barcha to‘lqinlarning kompleks amplitudalarini jamlasak, to‘lqinning qatlamdan qaytish koeffitsiyenti R va o‘tish koeffitsiyentlari  uchun quyidagi ifodalarga ega bo‘lamiz

R = ,

 = ,
bu yerda R12 - to‘lqinning havodan qatlam chegarasiga tushayotgandagi qaytish koeffitsiyenti bo‘lib, u parallel qutblanishda (11.5) formula yordamida, normal qutblanishda esa (11.7) formula yordamida aniqlanadi.

k2 = , burchak esa Snelliusning (11.2) da keltirilgan ikkinchi qonunidan aniqlanadi.

Qaytish va o‘tish koeffitsiyentlarining modullari quyidagi ifodalar yordamida aniqlanadi



, (11.10)
. (11.11)

Agar ikkala muhit ham dielektrik bo‘lib, a1a20 bo‘lsa, unda normal qutblangan to‘lqinning qaytish koeffitsiyenti, tushish burchagi  qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, nolga teng bo‘lmaydi. Parallel qutblanishda esa Bryuster burchagi deb ataluvchi



(11.12)

burchak mavjud bo‘lib, bunda qaytish koeffitsiyenti nolga teng va to‘lqin ikkinchi muhitga to‘liq o‘tadi.

Demak, parallel qutblangan yassi elektromagnit to‘lqin dielektrik qatlamiga Bryuster burchagi ostida tushganda, uning qatlamdan to‘liq o‘tishi kuzatiladi. Buni (11.10), (11.11) ifodalardan ko‘rishimiz mumkin. Bu sharoitlarda R12 qaytish koeffitsiyenti nolga teng bo‘lgani uchun, qatlamdan qaytish va o‘tish koeffitsiyentlari mos holda 0 va 1 ga teng.


Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish