Maktabgacha tarbiya yoshi davri Bu davr an’anaviy tarzda bog’cha yoshi deb yuritiladi. Chunki aksariyat bolalar bu davrda maktabgacha ta’lim muassasalari hisoblangan bog’chalarga boradilar, u yerda maxsus dasturlar asosida bilish ehtiyojlarini qondirib, maktabga tayyorgarlik bosqichini o’taydilar. Lekin shunisi xarakterliki, bog’chaga borolmagan bolalar ham maktabga borgach, o’zlarining bog’cha tayyorgarligini o’tagan tengqurlariga yetib oladilar. Demak, bu yosh davrning xususiyati shundaki, bola qanday sharoitda bo’lmasin, agar uning yonida mehribonlik qiluvchi, to’g’ri yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi kattalar bo’lsa, u bu davrdagi barcha ehtiyojlarini qondira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |