Islom Karimov
Мa’ruza №5.
OLMALIQ TOG’ - METALLURGIYA KOMBINATI VA UNING
YO’NALISHLARI
Tayanch iboralar: .kombinat haqida, ishlab chiqarish, kon boshqarmalari, Qalmoqir koni, Sariq
cho’qqi koni, Chodak kon boshqarmasi, Xondiza kon boshqarmasi, Kovuldi koni.
Kombinat haqida.
O’zbekistonning xo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tishi, o’zgargan sharoitlarda
korxonalarning iqtisodiy faoliyati amaliyotini batafsil o’rganish zaruratini tug’dirdi. Birinchi
navbatda, bu zamonaviy iqtisodiyotida asosiy o’rin egallagan mineral-xom ashyo sohasiga
tegishli.
O’zbekistonning "Olmaliq KMK" AJ o’z ishlab chiqarish quvvati bilan O’zbekiston
Respublikasining Toshkent, Jizzax, Namangan va Surxandaryo viloyatlari hududlarida
joylashgan mis-molibden, qo’rg’oshin-rux va oltin-kumush konlari guruhlari zahiralarida makon
topgan jahon miqyosidagi yetakchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.
Bugungi kunda nodir va rangli metallarni qazib olish va qayta ishlash bilan
shug’ullanuvchi, rivojlangan ijtimoiy sohasiga ega bo’lgan "Olmaliq KMK" AJ o’z ichiga ettita
ochiq kon ishlarini olib boruvchi kon, to’rtta yer osti usulida oltin qazib oluvchi kon, beshta
boyitish fabrikasi, ikki Metallurgiya zavodi, Oltingugurt kislotasi ishlab chiqarish, Ta'mirlash-
mexanika zavodi va Ohak zavodini, oltita avtobazaga ega bo’lgan avtotransport boshqarmasi,
Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi, Issiqlik energiyasi markazi, Sanoat suv ta'minoti sexi,
Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Portlovchi materiallar zavodi, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari
boshqarmasi, "Olmaliqmetallurgqurilish" tresti, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi,
ko’p bosqichli texnologik va tashkiliy-boshqaruv tuzilmasiga ega, yigirmadan ortiq yordamchi
sexlar va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardan tashkil topgan murakkab sanoat kompleksi
hisoblanadi. Kombinat tizimida 28 350 ortiq turli malaka va toifali ishchi-xodimlar doimiy ish
o’rinlari bilan ta’minlangan.
Olmaliq hududi qadimdan konchilikka ixtisoslashgan ob'ekt hisoblanadi. Eramizning IX-
XIIasrlariga taaluqli bo’lgan ko’plab qadimgi topilmalar va ruda qazuvchilar faoliyatining izlari
hamma joyda qayd etilgan va bu yerda qadimda mis, qo’roshin, rux, oltin, kumush, temir, hamda
ametist, feruza va boshqa qazilmalarning jadal ravshda qazib olinganligidan darak beradi.
Kombinat tomonidan ishlov beriladigan deyarli barcha ruda konlari o’z vaqtida o’sha qadimgi
konlar izlari bo’yicha ochilgan.
Kombinat xom ashyo bazasini nafaqat ishlov berilayotgan konlar zahiralari, balki
noan'anaviy resurslar: kon chiqindilari, boyitish chiqindixonalari, metallurgiya ishlab chiqarishi
chiqindilari ham tavsiflaydi. Texnogen mineral ob'ektlarda to’plangan xom ashyo zahiralari
yuzlab million tonnalarda hisoblanadi, hamda metallar va boshqa mahsulotlar olish uchun
qo’shimcha manba sifatida xizmat qiladi.