Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida


EZGULIK, GO‘ZALLIK VA OBODLIK AYYOMI



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/37
Sana29.01.2022
Hajmi1 Mb.
#417691
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
Islom Karimov. Asarlar. 21-jild. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilish yo\'lida (1)

EZGULIK, GO‘ZALLIK VA OBODLIK AYYOMI 
Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi 
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! 
Muhtaram mehmonlar! 
Shu kunlarda kattayu kichik barcha yurtdoshlarimiz bag‘rini keng 
ochib, bahor, yasharish va yangilanish ramzi bo‘lmish Navro‘z ayyomini 
“Xush kelibsan o‘lkamizga, Navro‘zi olam!” deb, shodu xurramlik bilan 
kutib olmoqda. 
Shu munavvar tongda siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun 
xalqimizni Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga 
o‘zimning hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etishdan 
baxtiyorman. 
Qadrli yurtdoshlar! 
“Nima uchun biz Navro‘zni doimo sog‘inib, intizorlik bilan kutamiz? 
Nima uchun bu sana barchamiz uchun eng sevimli, eng ardoqlaydigan 
bayramimizga aylanib qolgan?”, degan savol berilishi tabiiydir. 
Buning sababi, Navro‘zi olam biz uchun eng qadimiy, asl milliy, turli 
mafkura va siyosatlardan xoli, urf-odatlarimizga va qadriyatlarimizga 
javob beradigan bayram, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman. 
Nega deganda, Navro‘z o‘z ruhi va g‘oyalari bilan har qaysi inson ona 
zaminning, tabiatning ajralmas uzviy qismi ekanini, tabiatning naqadar 
go‘zal ekanini his qilib, uni e’zozlab, hamnafas bo‘lib yashashga undashi 
bilan bizga qadrlidir. 
Har qanday g‘araz, ginalar va nizolardan voz kechib, tinch va 
osoyishta hayotning qadriga yetish, ahillik va birdamlik, elatlar orasida 
o‘zaro hurmat va hamjihatlik naqadar bebaho boylik ekanini ulug‘lashi, 
o‘zining da’vatlari bilan Navro‘z bayrami xalqimizning qarashlariga g‘oyat 
hamohangdir. 
Ayni ana shunday chuqur mazmun va ma’noga ega bo‘lgani tufayli, 
xosiyat va fayz, qut-baraka va muruvvat kabi xususiyatlarni o‘zida 
mujassam etishi bilan kun va tun teng keladigan sharqona Yangi yilimizni 
– bu go‘zal bahor ayyomini barchamiz orziqib kutamiz, e’zozlaymiz, 
xursandchilik bilan umummilliy bayram sifatida o‘tkazamiz. 
Buning yaqqol tasdig‘ini shu kunlarda yurtdoshlarimizning tobora 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
116
ochilib kelayotgan tabiatdan bahra olib, sumalak va halim, go‘ja va 
ko‘ksomsa kabi bahoriy ne’matlar tortilgan dasturxonlar atrofida, yashil 
maydon va ko‘kalamzorlarda o‘tkazilayotgan sayil-tomoshalarda, milliy 
kurash va uloq chopish musobaqalarida ko‘rish va kuzatish qiyin emas. 
Ayni shu betakror faslda odamlarimiz xalqimizga mansub bo‘lgan, 
uning odatiga aylanib ketgan qadriyatlar – bir-biriga mehr-oqibat 
ko‘rsatish, bemorlar, ko‘ngli yarim insonlarga beminnat yordam berish, 
tabarruk keksalarimizning duosini olish kabi ezgu fazilatlarni yaqqol 
namoyon etib, o‘z quvonchi va shodligini yaqinlari, do‘stu yorlari, qo‘ni-
qo‘shnilari bilan baham ko‘rishga intiladi. 
Ona Vatanimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, 
barcha-barcha yurtdoshlarimiz ana shunday xursandchilik kayfiyatiga 
berilib, Navro‘zni o‘z qadrdon bayramidek qabul qiladi. 
Mana shunday quvonchli damlarda bugun xalqimizga katta hurmat va 
ehtirom bildirib, shu go‘zal maydonda Navro‘z shodiyonalarimizda 
ishtirok etayotgan chet mamlakatlarning muhtaram elchilari va xalqaro 
tashkilotlar vakillarini, xorijiy sherik va hamkorlarimizni, barcha aziz 
mehmonlarimizni sizlarning nomingizdan, butun xalqimiz nomidan qutlab, 
ularga minnatdorchilik bildirishga ruxsat bergaysiz. 
Aziz do‘stlarim, qadrdonlarim! 
Shu yorug‘ lahzalarda mana shunday muhtasham va fayzli maydonda 
jamuljam bo‘lgan siz azizlarga, sizlarning siymongizda barcha tabarruk 
keksalarimiz, 
munis 
opa-singillarimizga, 
ko‘zlari 
yonib 
turgan, 
xalqimizning tayanchi va suyanchi bo‘lmish navqiron yoshlarimizga – 
mening farzandlarimga o‘zimning chuqur mehrim, sevgi va hurmatimni 
izhor etaman. 
Barchangizni bag‘rimga bosib, yana va yana bir bor bugungi dilbar 
ayyom bilan qutlab, yuragimda, qalbimda bo‘lgan samimiy tilaklarimni 
bildiraman. 
“Obod turmush” deb nom olgan yilimizning Navro‘zi hammamizga, 
barcha-barcha xonadonlarga, oilalarga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, 
fayzu baraka keltirsin! 
Orzu-niyatlarimiz ushalsin, O‘zbekistonimiz yanada obod va farovon 
bo‘lsin! 
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin! 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
117

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish