I:
S: Konfutsining sotsial tabaqalar to‘g‘risidagi qarashlariga ko‘ra tabaqa(qatlam)lar va ularga mos javobni belgilang.
a) tug‘ma bilish qobiliyatiga ega bo‘lganlar
b) o‘qish o‘rganish natijasida bilim olganlar
d) qiyinchiliklarni sezganidan keyin bilim olganlar
e) qiyinchiliklarni boshdan kechirsa ham o‘qib o‘rganmaydiganlarni kiritdi
1) Birinchi qatlam 2) ikkinchi qatlam 3) uchinchi qatlam 4) to‘rtinchi qatlam
+: 1-a, 2-b, 3-d, 4-e
-: 1-b, 2-a, 3-d, 4-e
-: 1-d, 2-e, 3-a, 4-b
-: 1-a, 2-d, 3-e, 4-b
I:
S: Davlat xalq ishonchiga sazovor bo‘lmasa, hech qachon yashay olmaydi. Xukumat boshliqlari shaxsan namuna bo‘lish bilan halqni tartib-qoidalarga o‘rgatishi kerak. YUqori tabaqalarning davlatni boshqarishdagi tartib va usullari quyi halq ommasiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqarish – bu har bir narsaning o‘z joyiga qo‘yilishidir. YUqoridagi jumlalar muallifini aniqlang.
+: Konfutsiy
-: Dun CHjunshu
-: SYUN-Szi
-: Aristotel
I:
S: Konfutsiy maktabi uning vafotidan so‘ng nechtaga bo‘linib ketgan?
+: 8 ta
-: 6 ta
-: 5 ta
-: 7 ta
I:
S: Quyidagi qaysi maktab vakillari o‘z qarashlariga asos qilib Konfutsiyning falak, davlat, insoniylik, yaxshilik va yomonlik g‘oyalarini oldilar?
+: MEN SZI
-: Guan CHjun
-: Dun CHjunshu
-: SYUN-Szi
I:
S: Quyidagilardan qaysi birining fikricha, falak (bu erda – XUDO) bevosita xalqqa va hukmdorga (samo o‘g‘liga) hamda odamlar taqdir: va davlatga tasir ko‘rsatadi. Insonni sevish (JEN), adolat (I), odoblilik. xushfe’llik (Li) va bilim (CHji) inson tabiatiga xos tug‘ma xususiyatdir. Insoniylik (JEN) ta’limoti asosida davlatni: «insoniy boshqarish» bosh vazifadir, boshkarishda asosiy rolini: xalq ommasi o‘ynaydi, degan g‘oya yotadi. Davlatda asosiy rolni xalq o‘ynaydi, ruxlar, erdagi barcha narsa va xodisalar uning izidan boradi, degan qarashlar mavjud?
+: MEN SZI
-: Guan CHjun
-: Dun CHjunshu
-: SYUN-Szi
I:
S: Adolatli buyruk, berish, xalqni sevish, uning an’analarini qadrlash, olimlar, oqil va donishmand kishilarni e’zozlash, davlat ishlariga qobiliyatli kishilarni jalb etish muhim ahamiyatga egadir. Boshqarishning mezoni adolat va tinchlikdir. Davlat kishilarning osoyishtaligi va o‘zaro ahil bo‘lib yashashlari uchun xizmat qilishi kerak, deb ta’lim bergan antik davr mutafakkirini aniqlang.
+: MEN SZI
-: Guan CHjun
-: Dun CHjunshu
-: SYUN-Szi
I:
S: Ushbu antik davr mutafakkiri imperator universitetida dars berib, saroyga yaqin faylasuflardan biri edi. U Konfutsiy ta’limotining tan olinishini talab qilib bu ta’limotni davlat doktrinasi darajasiga ko‘tardi. U imperator hokimiyatining mutlaq ekanligini isbotlashga xarakat qildi. Ushbu ma’lumot kim haqida?
+: Dun CHjunshu
-: Guan CHjun
-: Dun CHjunshu
-: SYUN-Szi
I:
S: Legizm ta’limotining rivojlanishida SHarqiy Xitoydagi Si podsholigida (er. av. VII asr) birinchi ministr bo‘lib xizmat qilgan ... katta rol o‘ynagan. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.
+: Guan CHjun
-: Dun CHjunshu
-: SYUN-Szi
-: Dun CHjunshu
I:
S: Uning siyosiy qarashlari an’anaviy vorislik, aristokratiya va aslzodalikning imperatorlik xokimiyatidagi mavqeini pasaytirishga, yakka xokimlikni mustahkamlashga qaratilgan, ana shu yo‘nalishda qator islohotlar o‘tkazdi. Xitoy tarixida birinchi bo‘lib mamlakatni qonun asosida boshqarish g‘oyasini ilgari surdi. ”Qonunlar halqning otasi va onasidir», deydi u. Hukmdor sardorlar, oliy va quyi, aslzoda va past tabaqalar, umuman, barcha kishilar qonunga rioya qilishlari kerak. By – davlatning boshqarishning olijanob san’atidir. Gap qaysi antik davr mutafakkiri haqida bormoqda?
+: Guan CHjun
-: Dun CHjunshu
-: SYUN-Szi
-: Dun CHjunshu
I:
S: «Layoqatsiz xukmdorni almashtirish xalqning tarixiy xuquqi, chunki xukmdor avvalo xalq to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi uning farovonligi haqida o‘ylashi zarur», deb ta’kidlagan mutafakkirni aniqlang?
+: MEN SZI
-: Guan CHjun
-: Dun CHjunshu
-: SYUN-Szi
Do'stlaringiz bilan baham: |