I:
S: «Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak». Ushbu fikrlar muallifini aniqlang.
+: Nizomulmulk
-: Beruniy
-: Farobiy
-: Ibn Sino
I:
S: Tajriba, - deb yozadi u, menga shuni ko‘rsatdiki, din va qonunga tayanmagan hukumat, o‘zining buyuk qudratini uzoq vaqt saqlab tura olmaydi. Uni har qanday yovuz kishi kirishi mumkin bo‘lgan na tomi, na eshigi, na panjaralari bor uyga o‘xshatish mumkin. Ushbu fikrlar muallifini aniqlang.
+: A.Temur
-: A. Navoiy
-: Bobur
-: Nizomulmulk
I:
S: Rahbar uchun barcha ishlarda adolatga amal qilishi kerak: u sotilmaydigan va fazilat egasi bo‘lgan odamni vazirlikka tayinlashi lozim, chunki adolatli vazir o‘zi mahdud-rahbar adaolatsizliklarni to‘g‘irlashi mumkin, ammo vazirning o‘zi shunday bo‘lsa, halokat yaqindir. YUqoridagi jumlalar muallifini aniqlang.
+: A.Temur
-: A. Navoiy
-: Bobur
-: Nizomulmulk
I:
S: O‘z nazariyasida mutafakkir, bir tomondan hukumdor va bog‘bonni, boshqa tomondan davlat va bog‘ni solishtiradi. Unga ko‘ra, agar bog‘bon aqlli va mehnatsevar bo‘lsa, uning bog‘i gullab-yashnaydi. Huddi shunday agar mamlakatning aqlli, dono, adolatli, xalqi uchun qayg‘uradigan va uni sevadigan hukumdori bo‘lsa, u rivojlnib farovonlashadi. Gap kimning qarashlari haqida bormoqda?
+: A. Navoiy
-: A.Temur
-: Bobur
-: Nizomulmulk
I:
S: «...davlat ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan amaldorlik chog‘larimda ko‘ngil mulkini turli odamlarning hujumi bulg‘aladi. Goh amirlik o‘rnida o‘tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini so‘rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko‘rsatdim». YUqoridagi jumlalar muallifini aniqlang.
+: A. Navoiy
-: A.Temur
-: Bobur
-: Nizomulmulk
I:
S: Adolatli jamiyat shakllanishining asosiy omili sifatida ... insoniy fazilatlar: adolatlilik, rahmdillik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, vatanparvarlik, vijdonlilik, insonparvarlik va jasoratni keltirib o‘tadi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.
+: A. Navoiy
-: A.Temur
-: Bobur
-: Nizomulmulk
I:
S: Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyatining dastlabki rasmiy institutlari diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi bo‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar sifatida faoliyat olib borgan?
+: AQSHda
-: Buyuk Britaniyada
-: Fransiyda
-: Germaniyda
I:
S: Qaerda fuqarolik jamiyati institutlari iqtisodiy sohada o‘z-o‘zini namoyon qilib, bu yangi va eski tipdagi, oldingi uyushmalar va korporativ birlashmalar asosida tashkil topgan mustaqil bozor tashkilotlari sifatida faoliyat yuritgan?
+: G‘arbiy Evropada
-: YAponiyada
-: Osiyoda
-: AQSHda
I:
S: Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘ziga xos faoliyati gildiyada o‘z aksini topib, o‘z vaqtida hunarmand va savdogarlarning o‘z-o‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarishga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazishning dastlabki shakli sifatida qaror topgan.
+: Germaniyada
-: Buyuk Britaniyada
-: Fransiyda
-: AQSHda
I:
S: Hozirgi davrda rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan holda davlat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar ta’siri va o‘z-o‘zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib boraveradi. YA’ni shaxs erkinligi oliy qadriyat sifatida baholanadi. SHu sababdan qaysi davlatlarda mazkur prinsip sabab davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi?
+: AQSH, Buyukbritaniya, Avstraliyada
-: Germaniya, Buyukbritaniya, Avstraliyada
-: AQSH, Germaniya, Avstraliyada
-: AQSH, Buyukbritaniya, Germaniyada
I:
S: Quyidagi qaysi davlatning ijtimoiy siyosiy hayotida davlatning roli jamiyat hayotini barqarorlashtirishdagi ahamiyati kuchli hisoblanadi. SHu boisdan ham davlat tuzilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda milliy birdamlik g‘oyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi?
+: Germaniyada
-: Buyuk Britaniyada
-: Fransiyda
-: AQSHda
I:
S: Quyidagi qaysi davlatlarda shaxsiy erkinlik davlat qudratiga bog‘lab talqin etiladi. Unga ko‘ra davlat kuchli bo‘lsagina, shaxs qiziqishlari va erkinligini himoya qila oladi. YA’ni, davlat tartibi g‘oyasi, milliy birdamlik shaxs erkinligidan ham ustun qo‘yiladi?
+: Germaniya, Fransiya, YAponiya
-: Germaniya, Buyukbritaniya, Avstraliyada
-: AQSH, Yaponiya, Avstraliyada
-: AQSH, Buyukbritaniya, Germaniyada
I:
S: Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyati sohasida va uning faolligini oshirishda fuqaroga nodavlat sektorni rivojlantirishning muhim maqsadli ob’ekti sifatida e’tibor qaratiladi?
+: Germaniyada
-: Buyuk Britaniyada
-: Fransiyda
-: AQSHda
I:
S: ... muhim siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning hal etilishida hamda insonning qonuniy huquq va erkinliklari himoya qilinishida fuqarolik jamiyati institutlari muhim rol o‘ynaydi. Bunda davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining ta’minlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining muhim vazifasi deb qaraladi. Davlat tizimlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishida nohukumat tashkilotlarining rolini kuchaytirish davlatning jamiyat bilan samarali o‘zaro aloqada bo‘lishi mexanizmlarini mustahkamlaydi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.
+: Germaniyada
-: Buyuk Britaniyada
-: Fransiyda
-: AQSHda
I:
S: Quyidagi qaysi davlatda fuqarolarning davlat organlari faoliyati to‘g‘risida erkin axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish ko‘p qirrali va murakkab jarayon sifatida baholanadi. SHuning uchun ham mazkur jarayonlar axborot erkinligiga oid huquqiy mexanizmlar asosida tartibga solinadi
+: Germaniyada
-: Buyuk Britaniyada
-: Fransiyda
-: AQSHda
I:
S: Qachon Germaniyada oila, keksa fuqarolar, ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mitaning kichik bo‘limi (Fuqarolik faolligi bo‘yicha kichik qo‘mita)tashkil etilgan. Uning vazifasiga Germaniyaning fuqarolik jamiyatini tadqiq etish tavsiyalarini bajarishga ko‘maklashish hamda o‘z yo‘nalishidagi qonun loyihalari va tashabbuslarini muhokama qilish kiradi.
+: 2003 yilning mayida
-: 2001 yilning mayida
-: 2002 yilning mayida
-: 2000 yilning mayida
Do'stlaringiz bilan baham: |