Imom iso Termiziydan (824-892) «Payg`ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola», «Tarix» va boshqa asarlar meros bo`lib qolgan. Imom Termiziy hadislarni muntazam ravishda to`plab, muayyan tarbiga solgan va yaxlit bir kitob shakliga keltirgan.
Abu Hanifa an-Nu`mon hanafiya mazhabiga asos solgan, barcha islom tarqalgan xududlarda o`z mavqeiga ega bo`lgan. Bu mazhabning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu Mansur Moturidiy (vafoti orr y.) ning «Tavhid» va «Ta`vilot» asarlarida va Burhoniddin al-Marg`inoniy (1123-1197) ning «Hidoya» to`plamida o`zining yorqin ifodasini topgan. Ularning asarlarida aql maqomi va mantiq ilmiga, ilm va dalilga keng o`rin berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |