Amaliy san`at. Arab tarixchilarining bizning davrimizgacha yetib kelgan asarlarida ajoyib to`quvchilik namunalari, gilamlar, metaldan yasalgan san`at buyumlari haqida ma`lumot berganlar. Ming afsuski, VII-X asrlarga oid xalifalik madaniyatini yolg`iz shu manbalar yordamida o`rganish bilan cheklanamiz. Chunki, amaliy san`at buyumlari bizgacha saqlanib qolmagan. Ma`lumki, to`quvchilik san`ati islomgacha bo`lgan davr (johiliya)da ham rivojlangan edi. Bayram kunlari arablar Ka`ba devorlarini bezatish uchun qimmatbaho yopinchiqlar to`qib kelardilar. Bu an`ana vaqt o`tishi bilan rivojlanib bordi va XII asrga kelib Ka`ba ham ichkari, ham tashqaridan behisob yopinchiqlar bilan burkandi. VIII asrlarda Damashq va Xalab (Aleppo) shaharlarida ipak matolar savdosi juda chaqqon edi. Makriziy o`z asarlarida nafis ipak mato haqida so`z yuritadi. Bu matoda qizil qush tasviri tushirilgan bo`lib, uning panjalari va boshi tilla suvi bilan bezatilgan deb tasvirlaydi. Osiyo va Afrika madaniyatlarining birlashuvi (kesishuvi) matolarga rasm tushirishda ham o`z aksini topdi. Arablar koptlardan geometrik unsurlarni, naqsh va hayvonlar rasmlarini tushirishni esa sosoniylardan o`zlashtirdilar. Matolarga rasm solish san`ati fotimiylar davrida va keyingi asrlarda o`z cho`qqisiga erishdi.
Аrаb-musulmоn sаn`аtidа dеkоr, nаqsh, turmush jihоzlаrini bеzаsh mаhоrаti ulkаn rоl o`ynаgаn. Аrаblаr tоmоnidаn nаqshning gеоmеtrik (hаndаsаviy) vа nаbоtоt (islimiy) elеmеntlаri аjоyib vа g`аrоyib bir tаrzdа qo`shilib uyg`unlаshib kеtishigа аsоslаngаn “аrаbеskа” yarаtilgаn edi. Mоsul vа Irоqdаn bo`lmish hunаrmаndlаr аmаliy mаhsulоtlаri vа buyumlаri, Suriyaning gаzlаmаlаri vа emаllаngаn nаqshlаr bilаn sirkоrlаngаn shishаlаri, Misrdа ishlаb chiqаrilgаn tоq billuri, fil suyagi vа qimmаtbаhо nаvdаgi dаrахtdan yasаlgаn kаndаkоrlаb bеzаtilgаn buyumlаri vа mаhsulоtlаri Islоm оlаmi sаrhаdlаridаn tаshqаridа hаm mаshhur bo`lgаn68.
Sharq gilamlarining jozibasi haqida kim ham eshitmagan deysiz? Gilamlar Sharqning iftixori, uning bebaho boyligidir. Arablar gilamlar tayyorlashni tarixiy ma`lumotlarga ko`ra, XII asrdan bir qancha asrlar muqaddam boshlashgan. Biroq, bizgacha yetib kelgan gilam san`ati namunasi aynan XII asrga taaluqlidir. Metal buyumlar yaratish san`ati bundan bundan ham qadimiy bo`lib, uning rivojiga sosoniylar madaniyati kuchli ta`sir ko`rsatgan. Sankt-Peterburgdagi Ermetaj muzeyida saqlanayotgan qadimiy likopchalardan birida gilam ustida chordona qilib o`tirgan qirol tasvirlangan.
VII-VIII asrlarda idish buyumlar kumushdan tayyorlanardi. Keyinchalik kumush o`rnini bronza egallaydi. Shamdonlar, tamakidonlar, ko`za idishlar haykaltaroshlik unsurlari bilan bronzadan yasaldi. Yana shuningdek, arab hunarmandlarining yog`ochdan yaratgan ijod namunalari ham e`tiborimizni tortmay qolmaydi. Masjidlardagi minglab eshiklar, mehroblar, ustunlar hunarmandlarning yog`ochga o`yib ishlangan nafis naqshlari bilan bezatildi69.
Xalifalarning ko`rkam kiyimlarini (liboslarini) yaratgan kashtado`zlar, etikdo`zlar, chevarlarning mehnat namunalari taqsinga sazovordir. Bu yodgorliklar, bu san`at namunalari bugungi kundayam inson ko`zini quvontiradi. Ular nafaqat arablarning, balki dunyo madaniyatining bebaho merosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |