Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ……………………………………….. ...38
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi barobarida xalqimiz ma‘naviyatini rivojlantirish ishiga katta ahamiyat berilmoqda, Prezident Islom Karimov ma‘naviyatni yuksalishida o‘tmish madaniy boyliklarini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish nihoyatda muhim ekanini ko‘plab ma‘ruzalarida qayta-qayta ta‘kidlab o‘tgan. ―Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma‘naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyat muhim vazifa bo‘lib qoldi.
Buyuk istiqlolimiz sharofati ila ―biz tariximiz, madaniyatimizni o‘zimiz va butun dunyo uchun ham qayta tiklayotgan‖ 2 hozirgi o‘tish bosqichida O‘zbekiston tarixi fani va uning milliy istiqlol mafkurasi, milliy g‘oya ruhida tadqiq etish va o‘qitish davlat siyosati darajasiga olib chiqildi. Ta‘lim tizimining barcha bosqichlarida Vatan tarixi o‘qitilmoqda.
Davlatimiz, shaxsan Prezidentimiz Islom Karimovning say-harakatlari, tashabbusi bilan Vatanimiz tarixiga bo‘lgan mehr-muruvvati tufayli davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi huzurida O‘zbekistonning yangi tarixi markazi tashkil etildi.
Prezident imzosi bilan faqat 1996-1998-yillarda uchta farmon va qarorlar (1996yil 18-sentabrdagi ―O`zbekistonning yangi tarixi markazini tashkil etish to`g`risida‖, 1996yil 16 dekabrdagi ―O`zbekistonning yangi tarixi‖ni tayorlash va nashr qilish to`g`risida va 1998 yil 27 iyuldagi ―O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida) qabul qilindi1”.
Dunyo sivilizatsiyalari tarixida muhim o`rin tutuvchi arab-musulmon madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida Arab Xalifaligi tarkibiga kirgan barcha xalqlar qatori Markaziy Osiyo xalqlari ham benihoya darajada ulkan hissa qo`shganlar. Ushbu madaniyat yuksalishiga hissa qo`shgan buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon ahlining hurmat-e`tiboriga sazovor bo`lib, keng miqyosda e`tirof etilmoqda. Shuningdek, arab-musulmon madaniyati jahon xalqlari madaniyatiga ta`siri shunchalik beqiyoski, Arab xalifaligi tarkibiga kirgan Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlaridan tashqari, hatto Yevropa davlatlari ham ushbu ta`sirdan chetda qolmadi. Madaniyat umuminsoniy hodisadir. Faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o`zigina yaratgan sof madaniyat bo`lmaydi va bo`lishi ham mumkin emas. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millatning o`zi yaratgan bo`lsa-da, unda jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning ulushi va ta`siri bo`ladi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganidek, “Ma`lumki, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma`naviy qarashlari o`z-o`zidan, bo`sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo`lishini hammamiz yaxshi tushunamiz2”.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ushbu bitiruv malakaviy ishini dolzarbligi va ahamiyatlilik darajasini belgilaydigan bo`lsak, u quyidagilarda namoyon bo`ladi:
Ko`p yillar davomida sharqshunoslikka oid adabiyotlarda VII-XI asrlarda shakllanib taraqqiy etgan madaniyatning yaratuvchilari faqatgina arablar deb noto`g`ri talqin etib kelindi. Aslida esa bu madaniyat Arab xalifaliga tarkibiga kirgan barcha mamlakat xalqlari yaratgan umumiy madaniyat ekanligini, unda buyuk ajdodlarimizning ham hissasi buyuk ekanligini e`tirof etish bugungi kunda nihoyatda dolzarbdir.
Arab-musulmon madaniyatini o`rganishning dolzarbligi shundaki, mustaqil ijtimoiy-siyosiy taraqqiqyot yo`lida borayotgan musulmon Sharqi, va umuman, ko`plab Osiyo va Afrika mamlakatlaridagi madaniy-ma’naviy meros va madaniy qadriyatlarning hozirgi jamiyatda, uning ma’naviyati va mafkurasida tutgan o`rni muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Musulmon dunyosi yaratgan madaniy merosning nafaqat Sharq, balki G`arb mamlakatlarining ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan roli, shuningdek, arab-musulmon madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishiga qo`shgan ulkan hissasini xolisona yoritish, uni to`laqonli tadqiq etish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu bois yuqoridagi masalalarni yangicha qarashlar va mezonlar asosida o`rganish tadqiqotimizning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |