Hanafiya - Asoschisi –al-Imom al-A’zam Abu Hanifa an-Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy (80-150/699-767) forslardan bo‘lib, umaviylar (661-750) va abbosiylar (750-1258) davlati ayni avj olgan davrda yashagan tobiinlardan. Abu Hanifa sakson uch mingdan ortiq masalaga javob bergan bilimdon olim edi. Abu Hanifa qiyos va istehsoni (chiqarilgan xulosadan musulmonlar uchun foydaliroq tomonini olish tamoyili) ko'p qo'llagan. Hatto zaif hadisni qiyosdan oldin qo'ygan.
- Geografiyasi: Usmoniylar imperiyasi, Misr, Suriya, Livan, Iroq, Iordaniya, Falastinda rasmiy mazhab, Bolqon, Kavkaz, Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Markaziy Osiyo respublikalari va Xitoy.
Do'stlaringiz bilan baham: |