Islom, ayol va hayot


Albatta, muslim va muslimalar, mo'min va mo'minalar, itoatli erkaklar va itoatli ayollar, rostgo'y



Download 21,84 Kb.
bet2/2
Sana27.04.2022
Hajmi21,84 Kb.
#585790
1   2
Bog'liq
ISLOMda ayol

Albatta, muslim va muslimalar, mo'min va mo'minalar, itoatli erkaklar va itoatli ayollar, rostgo'y erkaklar va rostgo'y ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, tavozu'li (kamtar) erkaklar va tavozu'li ayollar, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar, ro'za tutuvchi erkaklar va ro'za tutuvchi ayollar, avratlarini (haromdan) saqlovchi erkaklar va (avratlarini haromdan) saqlovchi ayollar, Allohni ko'p zikr qiluvchi erkaklar va (Allohni ko'p) zikr qiluvchi ayollar – ular uchun Alloh mag'firat va ulug' mukofot (ya'ni, jannat)ni tayyorlab qo'ygandir.
Qur'on karimda ayolga yaratilish, haq-huquqlar va mas'uliyat jihatidan erkaklar bilan teng munosabatda bo’linadi. Ayol Allohning bandasi bo'lish borasida erkak bilan tengdir. Asosiy huquq va majburiyatlar nuqtai nazaridan ayollarning mavqei erkaklarnikidan farq qilmaydi. Islom huquqiga ko’ra esa, erkak va ayol o‘rtasida yashash huquqi, ibodat va meros, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishda ba’zi juz’iy farqlar bor. Ammo, e'tiqod va fikrlash, turmush qurish va oila qurish huquqi, shaxsiy hayotining daxlsizligi kabi masalalarda erkaklar bilan teng huquqlidirlar.
Yuqoridagi misollardan ma’lum bo’ladiki, islom ayolni mustaqil shaxs sifatida ta’riflaydi. Eri yoki boshqa birov tomonidan huquqlari buzilgan taqdirda, u qoziga murojaat qilishi va adolatni ta'minlanishini talab qilishga haqlidir. Erkaklar har qanday sharoitda qonuniy harakat qilishlari mumkin bo'lsa, ayollar ham xuddi shunday huquqlari buzilganda buni qilishlari mumkin. Shuningdek, islom manbalarida xotin-qizlar, o‘zlariga tegishli mol-mulklariga ularning roziligisiz daxl qilingan taqdirga u haqida qoziga shikoyat qilishlari, kerak bo’lsa chora ko’rilishini talab qilishlari mumkinligi qayd etiladi.
Таъкидлаш лозимки, Исломда аёл кишининг ишлаши ман қилинмаган, балки бу масала аёл кишининг, унинг оиласининг, жамиятининг манфаатларидан келиб чиқиб тартибга солинган. Ҳанафий фақиҳлардан Камолиддин ибн ал-Ҳумам: «Агар аёлнинг хотинларга хос фарзи кифоя ишда ҳунари бўлса, унинг эри (ишга) чиқишидан ман қила олмайди», деганлар.
Qur'oni karim axloqi bilan xulqlangan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollar haqidagi tushunchalari, tabiiyki, ilohiy oyatlarga mos edi. Soliha ayolni dunyodagi eng qimmatli boyliklardan biri deb hisoblagan Payg‘ambarimiz erkak va ayolni xuddi taroq tishlaridek teng ko‘rganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida ayollarning eng avvalo inson ekanligini, ularning haqqidan qo’rqishga chaqirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning eng yaxshilaringiz – ahli ayoliga yaxshilik qiladiganingizdir” (Imom Termiziy rivoyati), dedilar. Eng e’tiborli tomoni Rasulimiz alayhissalom ahli ayollariga eng go’zal munosabatda bo’lib butun ummatga namuna bo’ldilar.
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Бева аёлдан маслаҳат сўрамай туриб у никоҳланмайди. Қиз боладан изн олинмай туриб у никоҳланмайди» (Имом Бухорий, Муслим, Абу Довуд, Термизий, Насоийлар ривоят қилишган), дедилар.
Bir kuni, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir qiz kelib: “Otam o’zining hurmati uchun men rozi bo’lmasamda meni ukasining o‘g‘liga nikohlab bermoqchi”, deya shikoyat qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam darrov qizning otasini chaqirib, uning ixtiyorisiz uylanishga majburlay olmasligini, nikoh rizoligini qizning ixtiyoriga qo’yib berishini aytdilar. Qiz: “Men otam qilgan ishni qabul qildim. Mening niyatim otamga qarshilik qilish emas edi. Otaning qizini birovga berish haqidagi islomning hukmini bilmoqchi edim. Shu niyat bilan keldim” dedi (Imom Nasoiy rivoyati). Bu bizga shuni ko'rsatadiki, qisqa vaqt oldin xo'rlangan va hatto tiriklayin ko’milishga mahkum qizlardan biri endi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, turmushga chiqishda uning roziligi olinishi kerakligi borasida so’ray olmoqda. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam butun hayotlari davomida erkak yoki ayol deya ajratmasdan musulmonlarning ta’lim va tarbiyasiga birdek qaradilar va shunga targ’ib qildilar. Payg'ambarimiz vafotlaridan keyin, ayniqsa Oisha onamizning tafsir, hadis va boshqa ilm sohalarida nufuzli mavqega ega bo‘lganlari, siyosiy-ijtimoiy masalalarda fikri e’tiborli shaxs sifatida alohida ajralib turgani diqqatga sazovordir. Qolaversa, xalifalarni saylashda, hatto ularning boshqaruvi va harakatlarini yaqindan kuzatib, kerak bo‘lganda xatolarini eslatib, shu doirada tavsiya va takliflar bildirishda ham samarali faoliyat yuritganlarini qayd etib o’tish o’rinli.
Islom dini ayollarga e’tibor va ayol huquqlari borasida insoniyatga juda katta namuna taqdim etdi. Динимизда аёлларни қадрлаш, уларни асраб-авайлаш қаттиқ тарғиб қилинган амалдир. Чунки улар – оналаримиз, жуфтларимиз ва сингилларимиздир. Ushbu o’rinda Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 1 mart kuni xotin qizlar masalalariga bag’ishlangan yig’ilishda aytgan quyidagi fikrlarini qayd etib o’tish o’rinli: “Донишманд халқимиз ҳамиша аёлларни эъзозлаб яшаган, хотин-қизларга юксак эҳтиром кўрсатиб яшаш эл-юртимизга хос азалий қадриятга айланган. Буни муқаддас Қуръони каримнинг энг катта сураларидан бири — «Нисо», яъни «Аёллар» деб аталиши ҳам тасдиқлайди. Аллоҳ таоло ушбу сурада инсонларни аёлларга адолатли муносабатда бўлишга даъват этади”.
Darhaqiqat qадимдан Ислом динига амал қилиб келган халқимизнинг миллий қадриятларида аёл зоти эъзозланади. Musulmon adabiyotining yirik shoirlaridan biri Muhammad Iqbol Lohuri bir she’rida shunday deydi:
Jаҳонро муҳкамi аз уммаҳот аст,
Ниҳоди шон амини коинот аст.
Агар ин нуктаро қавме надонад,
Низоми кору бораш бе субот аст.
Ma’nosi: Dunyoning barqarorligi onalar bilandir, ularning (go’zal) firtati ila koinotimiz omondir. Qaysi bir qavm agar buni anglamasa, Uning butun ishi va nizomi butkul befoydadir.
Download 21,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish