Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg’ambar a.s.ning AbudDardo, Abu Zarr,
Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo
islomdagi asketikmistik oqimning shakllanishi VIII asrning o’rtalari IX asrning
boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, qussoslar,
Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar,
shu jumladan islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda sufiy yoki
(tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so’zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu
jamiyatidagi birinchi ikki asr davomidagi siyosiyijtimoiy beqarorlik, diniy
hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma`naviyg’oyaviy izlanish
Ilk davr sufiylarining, aniqrog’i zohid va obidlarining o’ziga xos xususiyatlaridan -
Qur`oni Karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur`on va Payg’ambar a.s.
sunnatlariga qat`iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o’tkazish,
kunduzlari ro’za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim
va harbiylardan o’zini uzoq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara‘),
o’zini Alloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va hokazolarni ta`kidlash mumkin.
Jumladan, faqr, rizo, sabr xususiyatlari ularga xos edi.
Sufiylik ta`limotlari mu‘taziliylardagi mavhum ilohiyotga oid fikrlar, obro’li
shaxslarga ko’rko’rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so’zmaso’z itoat
etishdan farqli o’laroq, insonga asosiy ob`ekt sifatida qaraydi: insonning amallarini
boshqaradigan ruhoniyatining mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy
kechinmalarga e`tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish ularga
xos xususiyatlardan edi. Shuning uchun ham ziyrak psixolog, «‘ilm alqulub
valxavotir» - «qalblar va fikrlar ilmi»ga asos solgan alHasan alBasriy bekorga
sufiylikning asoschilaridan hisoblanmaydi.
AlHasan alBasriyning ashoblari, basralik zohidlar - Raboh ibn ‘Amr, Rabi‘iy
al‘Adaviy, adDoroniylarning (VIIIIX asrlar) va`z va ma`ruzalarida Allohga
bo’lgan sof muhabbat, unga yaqinlashishga bo’lgan intilish haqidagi fikrlar paydo
bo’ldi.
O’sha davrdan boshlab ular sufiylikka aniq mistik xarakter bag’ishlab, sufiylik
mafkurasining o’ziga xos xususiyatiga aylandi.
IX asr davomida Tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg’in
harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag’dod va Xuroson sufiylik
maktablari eng nufuzli maktablar sifatida yuzaga keldi. Ularning namoyandalari
avvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e`tiborni qaratar edilar. Ularning
«ahvol», «maqomot»lariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta`limotlar
kabi unga sufiy bosib o’tganida «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga
yaqinlashishiga sabab bo’ladigan yo’l (
tari
q) sifatida qaradilar. «Niyatlar» haqidagi
ta`limot yanada chuqurlashtirildi. Bunda o’zo’zini nazorat (muroqaba, muhosaba)
qilishga erishish uchun uning «ixlos» va «sadoqat» bilan bo’lishiga asosiy urg’uni
berdilar. Bag’dodlik ilohiyotchi alMuhosibiy tomonidan shakllantirilgan bunday
ta`limotning Xurosonda ko’plab tarafdorlari topildilar va ularni «malomatiylar»
deb atadilar.
Tasavvufda Allohga etishish faqatgina yuzini ko’rish bilan emas, unga qo’shilib
ketish (fano’/baqo’) bilan bo’lishi ham mumkin degan fikr ilgari surildi. Mansur
alHalloj, ibn ‘Ato, ‘Ayn alQudot alHamadoniy kabi kishilarning qatl etilishi
boshqa sufiylarni xushyorlikka chaqirdi.
Tasavvuf - manbalarning keltirishicha, ba`zi musulmonlar kalom va mantiq
ilmlaridagi turli ko’rinishdagi tortishuvlardan, quruq bahslardan o’z qalblarini
saqlab, Alloh taoloning muhabbati yo’lida zuhd va taqvoni o’zlariga kasb qilib
oldilar. Bu kabi kishilarga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy
nomini olganlardan Abu Hoshim Shomiy (vaf. 160/776-77 y.), tasavvuf usuliga
birinchi marta sharh bergan kishi Imom Molikning shogirdi bo’lmish Zunnuni
Misriy (vaf. 256/869-70 y.), minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga
chaqirgan kishi Shibliy (vaf. 334/945-46 y.), tasavvuf usulini kengaytirib tartibga
solgan kishi Junayd Bag’dodiy (vaf. 398/1007-08 y.) edi. Ayollardan birinchi sufiy
bo’lgan kishi Robi’a ‘Adaviyya (vaf. 135/752-53 y.)dir. Umuman olganda
tasavvufning rivojlanish yo’li islom tarixining ajralmas bir bo’lagidir.
Movarounnahrga sufiylik Eron orqali kirib kelgan. Movarounnahrda juda keng
tarqalgan sufiylik oqimi aqoid olimi Shayx Abu Ya‘qub Yusuf al-Hamadoniy (vaf.
535/1140-41 y.) maktabidan boshlangan. Yusuf Hamadoniyning maktabi ikki
tarmoqqa ajralgan edi.
Birinchisi, «Xuroson madrasasi» ya`ni, shahar va shahar atroflarida rivojlangan
va xalq orasida keng tarqalgan. Bu oqimga Xoja Yusuf Hamadoniyning mashhur
shogirdi Xoja ‘Abd al-Xoliq al-¢ijduvoniy (vaf. 1179 y.) murshidlik qilgan.
Keyinchalik bu oqimga Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband (1318-1389)
murshidlik qilgan va bu davrda naqshbandiyya tariqati butun islom olamiga
tarqalgan.
Ikkinchisi, Shayx Ahmad Yassaviy (1105- 1166) va uning shogirdlari nomi bilan
bog’liqdir. Ahmad Yassaviy sufiylik tariqatining targ’ibotchisi bo’lish bilan birga
shoir ham edi. U qadimiy o’zbek (turkiy) tilida ijod qilgan. Yassaviy asarlari
majmuasi 1878 yili nashr etilgan «Devoni hikmat» nomi bilan ma`lum. Bu asar
islom mafkurasining sodda ifodasi bo’lib, sufiylik asoslarini targ’ib qiladi. Uning
fikricha, dunyoning noz-ne`matlarini so’ragan kishi sufiy emas, balki zuhd va
taqvoni ixtiyor etib, umrini toat-ibodat hamda yig’i bilan o’tkazgan kishi sufiydir.
Uning «Hikmat»i xalq orasida mashhurdir. Yassaviyya tariqati XII asrda
Movarounnahrda paydo bo’lgan va Eronga ham keng yoyilgan. Yassaviylik ruhiy
osoyishtalikka, sufiylik yo’liga kirishga, pirning rahbarligida «kamolot» sari
borishga da`vat etgan. Yassaviyya keyinchalik naqshbandiyya tariqati bilan
birlashib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: