Journal of International Finance and Accounting. Issue 1. February 2021. ISSN: 2181-1016 2
muomalaga chiqarildi va O‘zbekiston milliy banki xalqaro fond bozorining emitent
sifatida ishtirokchisiga aylandi.
2021-yilda esa O‘zbekiston islom moliya bozori instrumenti bo‘lgan - sukuk
qimmatli qog‘ozlarini muomilaga chiqarishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston fond
bozorining moliyaviy instrumentlarini xilma-xilligini kengaytirishga katta ahamiyat
beryapti. Shu maqsadda BMTning O‘zbekistondagi loyihasi va Islom taraqqiyot
banki bilan hamkorlikda bir qancha ishlar amalga oshirmoqda. Xususan,
O‘zbekiston islom moliyaviy instrumenti bo‘lgan “yashil” ya’ni “sukuk” bozorini
egallashni
ko‘zda tutmoqda. Bu moliyaviy instrument moliya bozoriga nafaqat
mahalliy investorlarni balki xorijiy investorlarni ham jalb qilish imkonini beruvchi
vositalardan biridir.
Adabiyot sharhi “Islom moliyasi” va “Islom iqtisodiyoti” tushunchalari o‘tgan asrning
50-yillarida muomilaga kirib kela boshladi. Birinchi marta bu atama hind
iqtisodchisi Abul A'lo Mavdudiy tomonidan foydalanildi. Bu borada dastlabki ilmiy
ishlar, ilmiy izlanishlar Hindiston, Pokiston va Misrda olib borildi. 1975-yilda
“Islom taraqqiyot banki” va “Dubay islom banki” birinchi islom banklari sifatida
tashkil etildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda islom moliyasi bo‘yicha bir qator adabiyotlar
o‘zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi. “Islomiy moliya asoslari” va “Islomiy
moliyalar va bank tizimi” adabiyotlari shu jumladan. “Islomiy moliya asoslari”
kitobining muallifi E.Baydaulet bo‘lib, kitob tarjimasi Botirxo‘ja Jo‘rayevga
tegishlidir. Kitobda islomiy moliyalashtirish asoslari, islom moliyaviy vositalar va
mexanizmi haqida ma’lumotlar berilgan bo‘lib, kitobning beshinchi bobida “Islom
taraqqiyot banki”ning O‘zbekistondagi vakili Husan Hasanov muallifligida
O‘zbekiston Respublikasida islomiy moliyalashtirishning dastlabki va joriy holatlari
yoritib o‘tilgan. O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirishga asosan loyihalarni amalga
oshirish 2004-yildan boshlangan va bu O‘zbekistonning 2003-yil sentyabrda Islom
taraqqiyot bankining a’zoligiga qo’shilishi bilan bog’liq. 2004-yilda Islom
taraqqiyot banki tomonidan energetika va sog’liqni saqlash sohasida loyihalarni
moliyalashtirish uchun “ijara” va “murobaha” shartnomalaridan foydalanilgan [3].
“Islomiy moliyalar va bank tizimi” kitobida islomiy iqtisodiy tizimning asosiy
tartiblari, islomiy bank tizimining rivojlanishi, vazifalari va tamoyillari, islomiy
moliya bozorlari hamda islomiy sug‘urtalash tizimi haqidagi ma’lumotlar
berilgan[4].
Professor Ibrohim Vardning “ Jahon iqtisodiyotida islomiy moliya” kitobida
islomiy moliyalashtirishning nazariya va amaliyoti, zamonaviy islom moliya
evolyutsiyasi, islomiy moliya va taraqqiyot, islom moliyaviy instrumentlar va
ularning turlari tushunchalari yoritilgan bo’lib, bir qancha davlatlar kesimida
islomiy moliyalashtirishning afzallik va muammoli tomonlari tahlil qilingan [5].