Isitma chiqishi: uni tushirish usullari, turlari, tana harorati normasi


QON BOSIMI OSHISHI (GIPERTONIYA) — SABABLARI, BELGILARI, TASNIFI, DAVOLASH



Download 150,57 Kb.
bet15/24
Sana25.06.2022
Hajmi150,57 Kb.
#702676
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Isitma chiqishi QOON BOSIM GANGRENA

QON BOSIMI OSHISHI (GIPERTONIYA) — SABABLARI, BELGILARI, TASNIFI, DAVOLASH


Qon bosimi oshishi yoxud gipertoniya — bugungi kunda yurak-tomir tizimining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Kasallik arterial qon bosimining ko’tarilishi bilan namoyon bo’ladi va ko’pincha uning ko’rsatkichi 140/90 dan oshib ketadi.
Yurak-tomir kasalliklari sohasidagi ko’plab ekspertlarning fikricha, gipertoniya ko’pincha qon aylanishi buzilishlari natijasida sodir bo’ladi. Yurak yetishmovchiligi ham uning sababchilari ro’yxatiga kiradi. Mazkur kasallik bemorlarda ikkilamchi kasalliklar rivojlanishiga turtki bo’lishi mumkin, masalan insult, yurak xuruji.
Yuqori arterial qon bosimi qon tomirlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki ular qisqa vaqt davomida birdan torayadi. Juda kuchli bosimda esa ba’zi qon tomirlar bardosh bera olmay yoriladi va ichki qon ketish kuzatiladi. Gemorragik infarkt elastikligi yo’qolgan va sinuvchanlikka moyil bo’lgan tomirlar joylashgan a’zolarda sodir bo’ladi.

GIPERTONIYA KASALLIGI HAQIDA


Gipertoniya— qon tomirlarning nerv-funksional faoliyati buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Kasallik asosan 40 yoshdan kattalarda uchraydi, lekin so’nggi yillarda yoshlarda ham tez-tez kuzatilishi qayd qilinmoqda. Gipertoniyadan ayollar ham, erkaklar ham bir xil aziyat chekishadi. Bu kasallik yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan kasallangan odamlar ichida etakchi o’lim sabablaridan hisoblanadi.
Necha o’n yilliklar davomida olimlar bu kasallikni o’rganish bilan band. Tadqiqotlarga ko’ra, gipertoniya sayyoramizdagi nogironlikning asosiy sabablaridan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, qon bosimi oshganda birinchi yordam kech ko’rsatilsa, bemorlarning ahvoli juda og’irlashishi, hatto o’lim kuzatilishi ham mumkin.

QON BOSIMI OSHISHI BELGILARI VA ALOMATLARI


Gipertoniyaning asosiy alomati — bu miya tomirlarining spazmi va torayishi tufayli bosh og’rig’idir. Shuningdek, ko’pincha quloqlarda shovqin, ko’rish o’tkirligining susayishi, holsizlik, uyquning buzilishi, bosh aylanishi, boshda og’irlik hissi, yurak urishining tezlashishi namoyon bo’ladi. Bu alomatlar kasallikning erta bosqichida seziladi. Keyinchalik yurakning uzoq vaqt davomida zo’riqib ishlashi tufayli yurak yetishmovchiligi yuzaga keladi.

Download 150,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish