Ishtixon tumani XTBga qarashli 5-umumiy o’rta ta’lim maktab pedagoglarini navbatdan tashqari yig’ilish
Bayoni № 5-sonli
2019 yil 25-oktabr Xalqobod qishlog’i
Yig’ilishga 62 nafar o’qituvchidan 56 nafari qatnashdi. 6 nafar sababli ravishda qatnasha olmadi.
Kun tartibi:
Umumiy o’rta ta’limda ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish borasida metodik tavsiyalarni maktab pedagoglar jamoasi orasida o’rganib chiqish. (Ma’ruzachi O’TIBDO’: T.Ziyatdinov).
Yig’ilish ra’si: Sh.Turobov
Kotiba: M.Fayziyeva
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab O’TIBDO’ T.Ziyatdinov ma’ruzasi tinglandi. T.Ziyatdinov o’z ma’ruzasida quydagilarni aytdi. Ishtixon tumani XTB tomonidan berilgan tavsiyalar bo’yicha o’qituvchilarga tavsiyalar berildi. Unda maktabda ta’lim – tarbiyani sifatli tashkil etishda uslubiy birlashmalar fanlar kesimida va maktab metodik kengashi ish faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, ta’limni sifat jihatdan yuqori sifat jihatdan yuqori bosqichga ko’tarishga ahamiyati katta ekanligini aytdi. Maktab uslubiy kengashi va metodik birlashmalarini ish faoliyatini yoritilishi to’g’risida to’liq birma-bir tushunchalar berdi . Shuningdek Davlat Talim Standartlari bajarilish normalari, o’quv adabiyotlari, darslikla, labaratoriya mashg’ulotlari olimpiada hujjatlari, ona tili va adabiyot tili bo’yicha qilinadigan ishlar dars tahlillari va uning turlari o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish metodikasi hamda ta’limning eng ustuvor masalalaridan biri “Ustoz – shogird” masalalari, o’qituvchilar metodik kunlari bo’yicha tavsiyalar kabinetlarni jihozlanishi, ko’rgazmali qurollardan foydalanish, AKTlardan foydalanish samaradorligini tashkil etishlari to’g’risida gaprib o’tdi. Atroflicha tushunchalar berdi.
Shu masala yuzasidan maktab direktori so’zga chiqib quydagilarni aytdi. Maktabda ta’lim tarbiyani to’g’ri etishning eng muhim omili maktabda va jamoada sog’lom muhitni shakillantirish maktab rahbariyati va xodimlari o’rtasida, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida, Ota-onalar va maktab, mahalla hamkorlik munosabatlarini to’g’ri yulga quyish to’g’risida gapirdi.
Shu masala yuzasidan MMIBDO’ S.Norqulov , o’qituvchilardan M.Baxtiyorov, G.Rashidova so’zga chiqib yuqoridagi fikirlarni maqullagan holda o’z fikirlarini bildirishdilar. Kun tartibidagi masalani atroflicha o’rganib chiqib yig’ilish a’zoliri
Qaror qiladi:
1. Ushbu tavsiya qilingan metodik tavsiyalar maktab pedagogik jamoasi o’rtasida to’liq o’rganib chiqish tashkil qilinsin
2. Ushbu tavsiyalar maktab metodik kengashi va uslubiy birlashmalarda to’liq o’rganib chiqilishi va mavjud hujjatlarni ko’rib chiqish ta’minlansin
3. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash va nazorat qilish maktab O’IBDO’ T.Ziyatdinov zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish ra’si: Sh.Turobov
Kotiba: M.Fayziyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |