Ishqqa oid qirq qoida



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/67
Sana31.05.2021
Hajmi1,34 Mb.
#65685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Bog'liq
Ishqqa oid qirq qoida

2008 yil, 8 may, Nortgempton. 

Devid va Janet bilan bo'lib o'tgan janjallaridan 

keyin Ella o'zini suvi siqib olingan limonday 

his etdi, bir muddatga «Shirin shakkoklik»ni 

nari surdi. Nazarida qattiq biqirlab (jo'sh urib) 

turgan qozonning qopqog'i biroz ochilgan-u, 

undan bug' bilan birga janjal va ranju alamlar 

erkinlikka yorib chiqayotganday edi. Baxtga 

qarshi, qopqoqni uning o'zi surib qo'ygan - 

Skottga telefon qilib, undan qizini o'z holiga 

qo'yishini iltimos qilgan edi. 



Ella keyinroq o'zining telefonda Skottga aytgan 

gaplari uchun qattiq afsuslandi. Lekin may 

oyining o'sha kunida Ella to'g'ri ish 

qilayotganiga shunchalar amin ediki, hatto 

o'zining bu aralashuvi qanday oqibatlarga olib 

kelishi mumkinligini bir daqiqa bo'lsa ham 

xayoliga keltirmagan edi. 

- Salom, Skott. Men Ellaman, Janetning oyisi. - 

Ella xuddi qizining do'stiga har kuni telefon 

qilib yurganday quvnoq ohangda gapirishga 

harakat qildi. - Sen bir daqiqaga bo'shmisan? 

- Missis Rubinshteyn, bemalol, nima xizmat? - 

sustgina ohangda, lekin odob saqlagan holda 

dedi Skott. 

Ella yana ham kuchliroq odob saqlagan holda 

shaxsan unga qarshi hech nima yo'qligini, lekin 

uylanish uchun u hali juda yoshligini va 

hayotni juda kam bilishini aytdi; vaqti kelib 

buni uning o'zi ham tushunishini va hatto o'z 

vaqtida ogohlantirgani uchun undan minnatdor 

bo'lishini aytdi. Keyin yana nikohni esdan 

chiqarishini va bu suhbatni hech kimga 




aytmasligini iltimos qildi. 

Oraga sukunat cho'kdi. 

- Missis Rubinshteyn, - dedi nihoyat Skott tilga 

kirib. - Biz Janet bilar bir-birimizni sevamiz. 

Buni tushunsangiz kerak. 

Yana sevgi haqida gapiradi-ya! Nahotki 

odamlar sevgi tufayli boshqa hamma narsaga 

ko'z yumish mumkin, deb o'ylaydigan darajada 

sodda bo'lishsa?! 

Ella buni unga aytmadi. 

- Men sening tuyg'ularingni tushunaman, - dedi 

u. 


- Menga ishon, tushunaman. Lekin sen hali 

yoshsan, oldinda esa uzun hayot turibdi. Kim 

bilsin, balki ertaga boshqa qizni sevib 

qolarsan? 

- Missis Rubinshteyn, men qo'pollik qilmoqchi 

emasman, lekin sizningcha, bu hammaga ham, 

jumladan, sizning o'zingizga ham taalluqli 

emasmi? Kim bilsin? Balki ertaga siz ham 

boshqa bir erkakni sevib qolishingiz 

mumkindir. 




Ella kinoyali kulib yubordi va bu kulgu 

kutganidan balandroq chiqdi. 

- Men turmushga chiqqan katta yoshli 

ayolman. Men allaqachon o'z tanlovimni qilib 

bo'lganman. Va erim ham shunday. Men ayni 

shu haqida gapirayapman. Nikoh 

- jiddiy ish va unga katta ehtiyotkorlik bilan 

qadam qo'yiladi. 

- Sizningcha, men bir kun kelib boshqa qizni 

sevib qolishim mumkin bo'lgani uchun, 

qizingizni sevsam ham, unga uylanmasligim 

kerakmi? - so'radi Skott. 

Suhbat hech qanday natija bermadi, ikkisining 

ham ta'bi tirriq, hafsalasi pir bo'ldi. Gap 

nihoyat tugagach, Ella oshxonaga kirdi va o'z 

yumushlariga urindi, kayfiyati yomon 

bo'lganda u hamisha shunday qilardi. Ovqat 

pishirishga kirishar edi. 

Yarim soatlardan keyin Ellaga eri telefon qildi: 

- Sen Skottga telefon qilib, qizimizga uylanma, 

debsanmi, men bunga sira ishona olmayapman. 

Unday qilmadim, deb ayt. 




Ella og'ir xo'rsindi: 

- Gap-so'zlar buncha tez tarqalmasa! Azizim, 

men sizga tushuntirib beraman. 

- Tushuntirishga hojat yo'q. Sen noto'g'ri 

qilgansan. Skott hammasini Janetga aytgan va 

qizing qattiq xafa. U bir necha kun 

dugonalarinikida yashamoqchi. Hozir esa seni 

ko'rishni istamayapti, - Devid birpas jim qoldi. 

- Va men buning uchun uni ayblay olmayman 

ham. 


Kechki ovqatga nafaqat Janet kelmadi. Devid 

xam Ellaga xabar yuborib, shoshilinch ishi 

chiqib qolganini aytdi. Qanaqa shoshilinch 

ishligini esa aytmadi. 

Tushuntirish uning odatida yo'q edi. U boshqa 

ayollar bilan o'ynashishi, birga bo'lishi ham 

mumkin edi va lekin kechqurun, albatta, qaytar 

va uyda ovqatlanardi. Oralaridagi janjal qancha 

chuqur bo'lmasin, Ella hamisha kechki ovqatni 

tayyorlar va Devid uni xursandchilik va 

minnatdorlik bilan er, likopchasiga nima solib 

bersa, hammasini eb qo'yardi. U hech qachon 




rahmat deyishni esidan chiqarmas edi va bu 

chin yurakdan aytilgan minnatdorlikni Ella 

xiyonat uchun uzr sifatida qabul qilar edi. Va 

uni kechirardi. Hamisha kechirardi. 

Bu safar eri chegaradan chiqdi, lekin buning 

uchun Ella o'zini koyidi. Har doimgidek, 

«aybdor» Ella Ru-binshteynning ikkinchi ismi 

edi. 


Egizaklari bilan stolga o'tirgach, undagi 

aybdorlik hissining o'rnini g'amginlik egalladi. 

Tashqaridan qaraganda Ella doimgiday 

g'amxo'r ona bo'lib ko'rinayotgan esa-da, lekin 

ichida tug'yon urayotgan tanglik to'lqinini his 

etayotgan, og'ziga esa birdan safroning achchiq 

ta'mi kelgan edi. 

Kechki ovqatdan keyin u oshxonadagi stol 

yonida boshlangan jimjitlik ichidagi qandaydir 

og'irlikni his etgan holda yana uzoq o'tirdi. 

Shunda unga birdan hamisha o'zi 

tayyorlaydigan ovqatlar va umuman butun 

bajaradigan uy yumushlari miyani 

o'tmaslashtiradigan darajada zerikarli bo'lib 




ko'rindi. Ella o'ziga achinib ketdi. U o'z umrini 

to'g'ri sarflay olmaganidan o'ziga achinib ketdi, 

axir u allaqachon qirq yoshga kirgan edi. 

Yuragi mehr-muhabbatga to'la edi, lekin bu 

kimga kerak? 

Ella fikran «Shirin shakkoklik»ka qaytdi, 

Shame Tabriziyning xarakteri uni hayratga 

solgan edi. 

«Shunday bir insonga ro'para kelsam yaxshi 

bo'larmidi, - fikran hazil qildi u. - Bunday 

inson bilan bir kun ham zerikish bo'lmas edi!» 

Shu dam Ella xayolan o'z ro'parasida baland 

bo'yli, charm shim kiygan, motosiklistlar 

kurtkasida, qora sochlari elkasigacha tushgan, 

yuz ifodalari jiddiy sirli erkakni ko'rdi; u rulida 

qizil shokila osilgan qizil rangli «xarli-

devidson» (markali) motosiklda edi. Ella unga 

tabassum qildi. Kelishgan norg'ul so'fiy cho'l 

yo'li bo'ylab motosiklida tez yurardi. Shunday 

yigit bilan avtostopda sayohat qilish yomon 

bo'lmas edi! 

Qiziq, Shams uning kaftini o'qiy olgan 




bo'larmidi? Balki u Ellaning xayollari nima 

uchun vaqti-vaqti bilan bunchalar 

qorong'ulashib ketishini tushuntirib bera 

olarmidi? Yoki shunday katta va mehr-

muhabbatli oilasi bo'la turib ham, u nima 

uchun o'zini bunchalar yolg'iz his etishini 

tushuntira olar? Va mening auramning rangi 

qandayligini aytar? Bu ranglar qanchalar 

yorqin? Va umuman keyingi paytlar hayotimda 

biron yaraqlagan (nurli) narsa bo'ldimi o'zi? 

Yoki keyingidan boshqa davrdachi?Ayni 

o'shanda, oshxonadagi stol yonida o'tirganida, 

Ella o'zi aytgan balandparvoz gaplariga, o'zini 

ruhan tetik tutishga urinishlariga qaramasdan, 

qalbining eng teran erida hamon sevgi orzusi 

borligini anglagan edi. 

 


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish