Kirim foydasidan kech, nari qoch undan!
Aslo Haqdan kechma zaqqum ichsang ham!
Haq izlashdan tolma, xatardan qochma!
Shonni unutgin-u, vijdondan kechma!
Zero, Xudo har kuni, har daqiqa bizdan «Seni
dunyoga yuborayotib, nimaga kelishganimiz
esingdami? Mening yashirin xazinamni kashf
etishday vazifangni anglab yetdingmi?» deya
so'rab turadi. Odatda biz bu savollarga javob
berishga tayyor bo'lmaymiz. Va bu bizni
qo'rqitadi. Lekin Xudo sabr qilguvchi
(Sobir)dir. U takror va takror bu savollarini
bizga beraveradi.
Agar qalbimdagi bu azoblar sinovning bir
qismi bo'lsa, u holda bular nihoyasi mening
yagona tilagim - Shamsni topishdir.
Kitoblarim, masjiddagi xizmatlarim, oilam,
farovon hayotim, nomim va shonim - hamma-
hammasini uni bir bora ko'rish uchun berishga
tayyorman.
Tunov kuni Kira, o'zim istamagan holda,
shoirga aylanayotganimni aytdi. Ilgarilari
she'riyatni qadrlamaganimni bo'ynimga
olaman, lekin uning bu gapi hozir meni hayron
qilmadi. Boshqa vaqt bo'lganida, balki e'tiroz
bildirgan bo'lardim, endi esa - yo'q.
G'ayriixtiyoriy ravishda tilimdan she'riy
misralar otilib chiqayapti, uni eshitgan har
qanday odam meni chindan ham shoirga
aylanayapti, deb o'ylaydi. Lekin, to'g'risini
aytsam: bu she'rlar meniki emas. Men faqat
kimdir tilimga joylayotgan so'zlarni uzatish
vositasi bo'layapman, xolos. Men she'rlarni
qog'ozga tushirayotgan qalam kabiman yoki
bastalangan kuyga ovoz bergan nay kabiman,
o'z vazifamni bajarayapman, xolos.
O, Tabrizning mo'jizaviy quyoshi!
Qayerdasan?
Shams
1247 yil, aprelь, Damashq.
Damashqda bahor. Sulton Valad meni izlab
topganida Konyadan ketganimga o'n oy bo'lgan
edi. Frantsisk ismli xristian-tarkidunyochi bilan
tiniq moviy osmon ostida shaxmat o'ynab
o'tirgan edik. Fransisk mo'minlikka erishgan,
ichki muvozanati mustahkam inson. Islomda
ichki sokinlik mo'minlikdan kelib chiqishi
nazarda tutilgani uchun, mening nazdimda,
Fransisk o'zini musulmon deb hamma yoqqa
jar soladigan ba'zi birovlardan ortiqroq
musulmon edi. Qirqinchi qoida bu borada
shunday deydi: «Mo'min degani zaiflik yoki
itoatkorlik degani emas. U fatalizm yoki
beixtiyor bo'ysunuvchanlikka ham olib
kelmaydi. Aksincha. Mo'minlikda inson ichki
dunyosida o'sib unadigan haqiqiy kuch mavjud
bo'ladi. Tabiatning muqaddas mohiyati oldida
mo'minlikni kasb etgan odam, hatto butun
olam alg'ov-dalg'ov bo'lib ketganda ham,
vazmin, sokinlikda va isyon ko'tarmay
yashaydi».
Men farzin bilan yurish qilib, Fransiskning
qiroliga taxdid qildim, u esa shartta filning
o’rnini almashtirdi. Men yutqazsam kerak deb
o'ylab, boshimni ko'targan edim, ko'zim Sulton
Valadning ko'zi bilan to'qnashdi.
- Seni ko'rganimdan xursandman, - dedim men.
Demak, harna, meni qidirib topishga qaror
qilibsan-da.
Sulton Valad istehzoli jilmaydi, keyin
jiddiylashdi: uning ichida kechgan kurashni
men bilganimdan hayron edi u. Lekin vijdoni
toza bo'lgani uchun to'g'risini tan oldi.
- Bir muncha muddat sizni izlash o'rniga
xdmma yoqda sandiroqlab yurdim. Lekin keyin
otamning oldiga sizsiz bora olmasligimni
tushundim. Keyin Damashqqa keldim va
izladim. Sizni topish uncha oson bo'lmadi.
- Sen yaxshi insonsan va yaxshi o'g'ilsan,-
dedim men. - Yaqin orada sen otangga juda
yaxshi suhbatdosh bo'lishing mumkin.
Sulton Valad xayolchan bosh chayqadi:
- Unga faqat siz keraksiz. Ketdik Konyaga. Siz
otamga keraksiz.
Buni eshitgach, miyamdan turli fikrlar o'tdi,
lekin ulardan birontasi aniq emas edi. Nafsim
odamlar meni sira ko'rishni istamaydigan joyga
qaytish haqidagi bu taklifga qo'rquv
bildirayotgan edi.
«Unga quloq solma. Sen o'z burchingni ado
etib bo'lding. Konyaga qaytishing kerak emas.
Bobo Zamon aytgan gapni esla. Bu juda
xatarli. Agar Konyaga qaytsang, u yerdan
boshqa keta olmaysan».
Men dunyo kezishni, turli odamlar bilan
uchrashishni, turli shaharlarni ko'rishni yaxshi
ko'raman. Menga Damashq yoqardi, kelgusi
qishgacha shu yerda qolishni istardim. Yangi
joylar odatda odamda yolg'izlik hissini
uyg'otadi, hijron azobiga soladi. Lekin Xudo
men bilan birga ekani uchun, men o'zimni
yolg'iz his etmas edim.
Lekin har holda... Har holda yuragim Konyada
qolganini his etar edim. Rumiyni shunchalik
sog'inar edimki, hatto ismini aytish ham
yuragimga og'riq berardi. Hamon yonimda
Rumiy yo'q ekan, qaysi shaharda
yashashimning nima farqi bor?
Men farzinni yurdim, bu men uchun xavfli
ekanini tushungan Frantsisk ko'zlarini katta
ochdi. Ammo shaxmatdan farqli o'laroq,
hayotda shunday yo'llar bo'ladi- ki, ularda
yutib chiqmoq uchun emas, shunday qilish
kerakligi uchun yurasiz.
- Iltimos, men bilan yuring, - xayolimni bo'lib
yalinardi Sulton Valad. - Sizni g'iybat qilgan va
sizga yomon munosabatda bo'lgan odamlar o'z
qilmishlariga pushaymon bo'lishgan. Va'da
beraman, endi hammasi yaxshi bo'ladi.
Men unga: «Ey, bolakay, va'da berish sening
ishing emas, boshqalarning ham ishi emas,
kishi o'zi ustidan chiqa olmaydigan va'dalarni
berishi mumkin emas» degim keldi.
Lekin buning o'rniga bosh silkitdim:
- Damashqda kun botishini yana bir bor
ko'rgim kelayapti. Konyaga esa ertaga ertalab
ketamiz.
- Rostmi? Rahmat! - xitob qildi Sulton Valad. -
Bu otam uchun nima ekanini bir tasavvur
etsangiz edi!
Keyin men qachon o'yinni davom ettirishimni
sabr bilan kutib o'tirgan Frantsiskka o'girildim.
O'ziga e'tibor qaratganimni kurgan zahoti
uning lablariga tabassum yoyilib ketdi.
- Qara, do'stim! - dedi u g'olibona. - Shoh va
mot.
Do'stlaringiz bilan baham: |