Alovuddin
1246 yil, fevral, Konьya.
Keyingi uch haftani ertayu kech otamdan faqat
bir narsani - Kimyoni menga nikohlab berishini
surashni o'ylab o'tkazdim, lekin buni aytgani
o'zimda sira jasorat topmadim. U bilan soatlab
xayolan suhbatlashdim, o'ylab qo'ygan
jumlalarimni unga takror-takror aytib,
durustroq tushuntirish yo'llarini izladim. U
bildirishi mumkin bo'lgan barcha e'tirozlar
uchun menda javoblar bor edi. Agar meni
Kimyo bilan aka-singilsizlar desa, men u bilan
tug'ishgan aka-singil emasligimizni eslataman.
Otam Kimyoni juda yaxshi ko'rishini bilganim
uchun, agar biz nikoxlansak, u biznikidan
qayoqqadir chiqib ketmasligini, doimo biz
bilan birga yashashi yaxshiligini aytmoqchi
edim. Hammasini o'ylab qo'ygan, faqat otam
bilan yolg'iz qola olmayotgandim.
Ammo bir kuni kechqurun unga to'qnash kelib
qoldim, lekin bu qulay fursat emas ekan.
Oshnalarim bilan uchrashmoqchi bo'lib endi
uydan chiqay deb turganimda, ko'chadan ikki
ko'za may ko'tarib, otam kirib kelayotgan ekan.
Men turgan joyimda qotib qoldim:
- Ota, qo'lingizdagi nima?
- Ha, bumi! - javob berdi u sira xijolat
bo'lmasdan. - Bu may, o'g'lim.
- Nima?! - baqirdim men. - Buyuk Mavlono
shunchalar o'zgarib ketiptilar! Endi may ichar
ekanlarmi?
- O'zingni bos, - degan ovoz keldi orqa
tomondan.
Bu Shams edi. U mendan ko'z uzmay qarab
turardi.
- Odam o'z otasi bilan shunday gaplashadimi?
Undan qovoqxonaga borib kelishni men iltimos
qilgan
edim
- Men bu gapdan negadir hayron qolmadim? -
dedim men, pichingimni yashira olmay.
Shams xafa bo'lsa hamki, bildirmadi chog'i.
Alovuddin, biz buni muhokama etishimiz
mumkin, dedi u pinagini buzmay. — Faqat
ko'zlaringni jahl to'sib qo'ymasa bo'lgani.
Keyin boshini yoniga egib, menga qalbimni
jilovlash borasida maslahat berdi.
- Qoidalardan birida shunday deyilgan, - dedi u
e'tiqoding mustahkam bo'lishini istasang,
qalbingni yumshat. E'tiqoding bamisoli
qoyatosh, sen esa pardan-da yumshoq
bo'lmog'ing kerak. Biz duch keladigan ko’plab
hodisalar - xastalik, baxtsizlik, judolik,
qo'rqinch kabilar - bizni o'z
muhokamalarimizda xudbinlik va keskinlikni
kamaytirishga, odamlarga nisbatan hamdardroq
va mehribonroq bo'lishga o'rgatadi. Ba'zilar bu
darslardan saboq olib yumshaydilar, boshqalar
esa, aksincha, avvalgidan ham qattiqroq bo’la
boradilar. Haqqa yaqinlashmoqning yagona
yo'li - o'z qalbingni ochmoqlikdir, toki u barcha
insonlarni qamrab olsin va unda yana IShQ
uchun joy bo'lsin.
- Siz jim tursangiz yaxshiroq bo'lar edi, -
dedim uning nutqiga javoban. - Mast darvish
gapining menga aloqasi yo'q.
- Alovuddin, uyat! — gapga aralashdi otam.
Men rostdan uyalib ketdim, lekin kechikkan
edim. Keyingi paytlar otam meni ko'p
jig'ibiyron qilganlarini esladim-u, yana badtar
tutoqib ketdim.
- Sen mendan rostdan ham nafratlanishingga
shubha qilmayman, - dedi Shams. - Lekin sen
bir on bo’lsa ham otangni yaxshi ko'rmay
qolmaysan-ku! Nahotki uni ranjitayotganingni
ko'rmayotgan bo'lsang?
- Siz esa bilarning hammamizni halok
qilayotganingizni nahotki ko'rmayotgan
bo'lsangiz?
Evoh, shundan keyin otam lablarini mahkam
qisib va o'ng qo'lini baland ko'tarib menga
tashlandi. Hozir u meni uradi, deb o'yladim.
Lekin unday qilmadi, men esa es-xushimni
yo'qotdim.
- Sen meni sharmanda qilding, - dedi otam men
tomonga qaramay.
Ko'zlarimdan yosh chiqib ketdi. Yuzimni
boshqa yoqqa burdim va kutilmaganda Kimyo
bilan yuzma-yuz bo'lib qoldim. U burchak
ortida qancha turdi va nimalarni ko'rdi ekan?
Ko'zlarida qo'rquv bor edi. U hammasini
eshitganmikin?
Otam uylanmoqchi bo'lib turgan qizim oldida
meni bunday yerga urishidan orlanib ketdim.
Tomog'imga nimadir tiqildi, og'zim taxir bo'lib
ketdi. Atrofimda hamma narsa gir aylanar,
hammayoq vayron bo'layotganday ko'rinardi.
Uyda boshqa qolgim kelmay, to'nimni oldim-u,
Shamsni itara solib, o'zimni tashqariga otdim -
Kimyodan ham nari, qolgan hammadan ham
nari, uzoq-uzoqlarga otildim.
Shams
Do'stlaringiz bilan baham: |