Ella
2008 yil, 9 iyun, Nortgempton.
Avvallari bir o'zi uyda qolishdan qo'rqadigan
Ella, keyingi vaqtlarda o'zi yolg'iz qolishni
yoqtirib qolganiga e'tibor berdi. U «Shirin
shakkoklik» uchun taqriz yozishga kirishib
ketdi va buning uchun Misheldan yana bir
hafta muddat so'radi. U taqrizni ertaroq yozib
tugatishi ham mumkin edi, lekin shoshgisi
kelmayotgan edi. Bu ish unga o'zini, o'z oilaviy
masalalarini, afsuski, eri bilan o'zi orasidagi
eski qarama-qarshiliklarni tushunib olishiga
yordam bergan edi.
Bu hafta Ella birinchi marta pazandachilik
darsini qoldirdi. O'zi hech kim bilan
gaplashgisi kelmayotgan edi, oxirgi
daqiqalarda tobi yo'qligini aytib bormadi.
Aziz bilan yozishmalarini hammadan sir
tutardi. Adabiyot agentidagilar uning kitob
muallifi bilan virtual iliq munosabatlarini
bilishmas edi, farzandlari bilan eri ham bilmas
edilar. Ammo Ellani hammadan ko'p hayron
qoldirayotgan narsa, bu o'zgarish o'zini sira
bezovta qilmayotgani edi. U bunday o'zgarish
bo'lishini sabr bilan kutib yurganday edi go'yo.
Lekin elektron yozishmalar endi yetarli
bo'lmay qolgan edi unga. U Azizga telefon
qildi. Vaqtda besh soat farq borligiga qaramay,
ular har kuni telefonda gaplashishardi. Aziz
uning ovozi muloyim va zaifligini aytdi.
Kulganida esa, kulgisi jur'atsiz va uzilib
chiqarkan, go'yoki kulsam bo'larmikan yo
yo'qmi deyayotganday. Bu boshqalarning
e'tiboriga ahamiyat bermaslikni bilmaydigan
ayolning kulgusi ekan.
«Sen shunchaki tabiiy bo'l, - derdi unga Aziz. -
Shunga harakat qil!»
Lekin notinch oilaviy hayotida tabiiy bo'lish
uncha oson emas edi. Avi matematikadan
xususiy darslarga qatnay boshladi, Orli esa
o'zidagi taomlanish muammosi tufayli
ruhshunos qabuliga ro'yxatda turdi. Bugun u
omletining yarmini edi, bu uning bir oy
mobaynida bir qadar to'g'ri ovqatlangani edi.
Garchi u omletda qancha kaloriya borligini
so'ragan bo'lsa-da, harqalay Ella uning shu
yeganiga ko'ngli aynab, qusmaganining o'zini
ham mo'jizaga yo'ydi. Bu orada Janet o'zining
Skott bilan aloqalari uzilganini e'lon qildi.
Ikkisiga ham shaxsiy hayot uchun maydon
kerakligi haqidagi fikrdan boshqa tushuntirish
bermadi. Ellaning xayoliga bu «shaxsiy hayot»
deganlari yangi muhabbatni anglatishi
mumkinligi fikri keldi, zero na Janet, na Skott
bu ma'noda vaqtlarini bekor o'tkazmayotgan
edilar.
Ellani hammadan ko'p hayron qilgan narsa,
odamlar orasidagi munosabatlarning qanday
katta jadallik bilan tug'ilishi va parchalanishi
edi, lekin u hech kimni ayblamaslikka harakat
qilardi. O'zining Aziz bilan yozishmalarida
qo'lga kiritgan narsasi hech bo'lmaganda shu
edi: agar xotirjamlik saqlasa, bolalar o'zlari
unga o'zlari aytadilar. U bolalarining ishiga
aralashmay qo'yganidan boshlab, ularning
o'zlari kelib hammasini aytadigan bo'lishdi.
Ella ularga yordam berishga va yupatishga
shoshilishdan voz kechishi bilanoq, hammasi
o'z-o'zidan va yaxshiroq yo'lga tusha boshladi.
U faqat hodisalar qanday kechayotganini
kuzatib borar, kun ketidan kunlar ortiqcha
zo'riqishlarsiz, birin-ketin o'tib borardi. Ella o'z
ixtiyorida bo'lmagan ishlarga aralashmay
qo'yganidan beri, ichida go'yo yana bir inson
paydo bo'lgandi - bu (ichki odam) ancha dono,
bosiq va zukkoroq edi.
- Bu o'sha beshinchi unsur, - shivirlar edi u
goho o'ziga-o'zi.
Hech qancha vaqt o'tmay, eri xotinida sodir
bo'lgan o'zgarishga e'tibor berdi. Endi u bilan
sal uzoqroq birga qolishni istayotgani boisi shu
emasmikin? Uyga ham erta qaytadigan bo'lib
qoldi, Ella endi u ayollar e'tiborini tashqaridan
izlamay qo'yganmikin, degan shubhaga bordi.
- Azizam, senga biron kori hol bo'lmadimi? -
so'rardi undan goho Devid.
- Menda hammasi joyida, - javob berardi
kulim- sirab Ella.
U o’zining sokin (ichki) maskaniga ketganidan
buyon, u xuddi uzoq yillar uxlab
o'tkazilganday bo'lib ko'rinayotgan o'z
nikohidagi tashqi odatlarini tashlaganday edi.
Endi Devid bilan risoladagidek hayot
manzarasini chizishni bas qilganidan beri, Ella
ular birgalikda yo'l qo'ygan barcha xatolarni,
birga kechirgan hayotlaridagi barcha eski
qusurlarni ravshan ko'rgan edi. Ella endi tabiiy
edi. Va Devidning ham o'z-o'zidan shunday
bo'lib qolganini his etdi.
Endi nonushta va tushlik vaqtlarida ular katta
odamlar o'z odatiy ishlarini tinchgina qilganlari
kabi, xuddi kirim va chiqimlarini
umumlashtirgan kabi muhokama qilar edilar.
Keyin xuddi boshqa gaplashadigan gaplari
yo'qligini bilganday, jim bo'lib qolishar edi.
Gohida Ella eri o'ziga undan qandaydir biron
so'z kutayotganday, e'tibor bilan qarab
turganini ko'rib qolardi. Agar Ella undan ishqiy
sarguzashtlari haqida so'rab qolsa, u jon deb
tavba-tazarru qilishi mumkinligini bilib turardi.
Lekin Ella o'zi buni istashidan shubhalanardi.
Avvallari oila qayig'ini muvozanatdan chiqarib
yubormaslik uchun eridan hech nima so'ramas
edi. Endi esa, eri kechalari uyga
qaytmaganlarida nimalar bilan shug'ullanishini
bilmaydiganga solmaydigan bo'ldi. U hamma
narsani bilishini va buning unga mutlaqo qizig'i
yo'qligini aniq sezdirib turardi. Erini esa ayni
shu narsa qo'rqitar edi. Ella uni tushunardi,
chunki qalbi tubida o'zi ham shundan qo'rqardi.
Agar Devid atigi bir oy oldin u tomonga bir
qadam ko'ygan bo'lsa edi, u eridan minnatdor
bo'lgan bo'lardi. Oilani mustahkamlash yo'lida
qo'yadigan har qanday qadamini minnatdorlik
bilan qabul qilgan bo'lardi. Lekin bir oy oldin
bu shunday edi. Endi esa avvalgi hayoti unga
haqiqiy hayot bo'lib ko'rinmas edi. Uch
bolaning onasi qanday qilib shu ko'yga tushdi?
Boz ustiga, Janet aytganiday, hamon baxtsiz
ekan, nima uchun o'zini hamma baxtsizlar
tutganlariday tutmadi? Nima uchun
vannaxonaga kirib yig'lab yurmadi,
oshxonadagi rakovinaga engashib ho'ngramadi,
tashqariga chiqib ketib yolg'iz aylanib yurmadi,
devorga idishlarni otib sindirmadi? Hech nima
qilmadi.
Ellaga g'alati sokinlik cho'kkan edi. U to'kis
ta'minlangan hayotini katta tezlik bilan tark eta
boshlagan edi, lekin ayni paytda ilgari o'zida
sira bo'lmagan barqarorlik borligini his etardi.
Ertalablari oynaga uzoq tikilar, o'z yuzidagi
o'zgarishlarni kurmoqchi bo'lardi.
Yoshardimikin? Yoqimliroq bo'ldimikin?
Lekin hech qanday farqni ko'rmas edi. Va
baribir u endi avvalgiday emas edi.
Kira
Do'stlaringiz bilan baham: |