Derlar: jannatda hur, kavsar bo'larmish,
Ariq to'la may, sut, shakar bo'larmish.
- To'g'ri, - qichqirdi fors. - Shunday deyilgan,
shun- day!
Qadahni to'ldirib, qo'lginamga ber,
Ming nasiyadan bir naqd hushtor bo'larmish.
Ko'p yillik sharobxo'rligim davrida nimanidir
o'rgangan bo'lsam, bu ham bo'lsa, har kimning
har xil ichishidir. Bir odamni bilardim, u har
kuni bir katta ko'za may ichardi, lekin sira
g'amga botmas edi, ashula aytar, kayf qilar,
keyin ertalabgacha uxlardi. Lekin shunaqalarni
ham ko'rdimki, juda oz ichgan bo'lsalar ham
quturib ketishardi. Sharob o'shaning o'zi, lekin
bir odam xursand bo'ldi, boshqasi yovuz,
urishqoq bo'lib qoladi, shunday bo'lgach,
sharobda nima ayb?
Shu damga qul bo'lay, soqiy aytsaki:
Bir qadah mayim bor, bo'l menga hamdam.
Yana qarsaklar chalindi. Hatto Xristos ham
ularga qo'shildi. Konyaning yahudiylar
mahallasidagi nasroniyning qovoqxonasida
turli e'tiqod kishilari qadahlarni ko'tardilar va
hatto o'zimiz bir-birimizni sevmasak va
kechirmasak-da, hammamizni sevuvchi va
kechiruvchi Xudoga madhiyalar o'qidik.
Ella
2008 yil, 31 may, Nortgempton.
«Xushyor bo'l, falokatni o'tkazib yuborma, -
deb o'qigan edi Ella bir saytda. - Ko'ylaklarini
sinchiklab tekshir, lab bo'yog'i tegmaganmi va
notanish atirning isi kelmayaptimi?»
Buni Ella Rubinshteyn birinchi marta «Ering
senga xiyonat qilayotganini qanday aniqlashing
mumkin?» nomli saytga kirganida ko'rgan edi.
Ella eriga janjal qilishni istamas edi. Har
galgiday, kechasi uyga kelmagan eridan
qayoqda bo'lganini so'ramadi. Keyingi
kunlarda u asosan «Shirin shakkoklik»ni o'qish
bilan mashg'ul bo'ldi, bu ish unga indamay
yurishi uchun bahona bo'ldi. U iztirobda
bo'lgani uchun odatdagidan sekin o'qirdi.
Uqiyotganlari unga yoqayotgan edi, lekin har
safar Shamsning yangi qoidasi munosabati
bilan, o'z hayoti tobora chigallashayotganini
ham his etayotgan edi.
Bolalari yonidaligida hammasini odatdagiday
qilib ko'rsatar edi, lekin Devid bilan yolg'iz
qolganlarida Ella erining o'ziga qiziqish bilan
qarab turganini ko'rardi. Nazarida u qanday
xotin o'z erining kechasi qayoqlarda maishat
qilib yurganini so'ramasligi mumkinligini
tushunishni istayotganday edi. Ella esa o'zini
shunga javoban xatti-harakat qilishga majbur
qilishi mumkin bo'lgan hech narsani eshitishni
istamas edi. Xatti-harakat qilish nima degani
o'zi?
Erining xulqi-atvorini qancha kam o'ylasa, eri
haqida shuncha kam fikrlar edi - harqalay,
unga shunday tuyulardi. Odamlar bilimsizlikni
afzal ko'rganlari bejiz emas. Bilmasliging -
baxting.
Rubinshteynlarning bir tekisdagi hayot oqimi
faqat bir marta buzilgan edi. Bu Rojdestvoda
(Iso payg'ambarning tug'ilgan kuniga
bag'ishlangan bayram kunida), ularning pochta
qutisiga mahalliy mehmonxonadan Devid
uchun yo'llangan reklama munosabati bilan
bo'lgan edi. Unda mijoz huquqlarini
himoyalash xizmatidan muntazam
foydalanuvchi sifatida Devidga mehmonxona
xizmati yoqqan yo yoqmaganini bilish istalgan
edi. Ella xatni barcha aloqa qog'ozlari ustiga
qo'yib, stolda qoldirdi, o'sha kuni kechqurun eri
xatni qanday olishi va ochishini kuzatib turdi.
- Mijozlarning fikrlarini tahlil etishayotgan
ekan. Endi shu etmay turgan edi, - degan edi
Devid zo'r berib o'zini jilmayayotganga
solarkan. – O’tgan yili o'sha yerda
konferensiya o'tkazilgan edi. Ular
konferensiyaning barcha qatnashchilarini ham
o'z mijozlari ro'yxatiga qo'shib yuborishganga
o'xshaydi.
Ella eriga ishondi. Har holda masalaning oilani
saqlab qolish va o'z hayotida hech nimani
o'zgartirmaslikka oid qismida. Boshqa qismi
esa ishonchsiz qoldi. Shu keyingi qismi Ellani
mehmonxona telefoni nomerini axtarib
topishga va qo'ng'iroq qilib, o'zi shun- doq ham
biladigan javobni eshitishga yo'naltirdi: na bu
yil va na o'tgan yil mehmonxonada
stomatologlar konferensiyasi o'tkazilmagan
edi.
Ella ich-ichidan o'zini koyir edi. Keyingi o'n yil
mobaynida uning aqliga aql qo'shilmadi va
lekin vazniga vazn qo'shilardi. Ortgan har bir
funt barobarida o'zidagi ishqiy hayot
intensivligi ham kamaya bordi. Garchi
pazandachilik kurslarida o'zidan ko'proq va
yaxshiroq ovqat tayyorlaydigan, o'zidan ikki
baravar ozg'in ayollar ham qatnashib
kelayotgan bo'lishsa hamki, bu kurslar ham bu
borada yangi qiyinchiliklar tug'dirdi.
O'tmishiga nazar solarkan, Ella o'zini hamisha
intizom doirasida tutib kelganini anglardi.
Hech qachon o'g'il bolalar bilan nasha
chekmagan, hech qachon uni barlardan haydab
chiqarishmagan; hech qachon janjal-to'polon
qilmagan, onasini aldamagan, o'smirligida
yigitlar bilan o'pishmagan edi. Atrofidagi
barcha qizlar abortlar qildirishganida yoki bola
tug'ib, uni allaqayoqlarga topshirib
yurishganida, bularning hammasini xuddi
televizorda Efiopiyadagi ochlikka taalluqli
dasturni tomosha qilayotganday kuzatdi. Bu
ishlar Ellani xafa qilar edi, lekin shu baxtsiz
insonlar bilan bir dunyoda yashayotgani
haqidagi fikr uning xayoliga aslo kelmas edi.
Hatto o'smirlik yoshida ham Ella o'tirishlarga
bormas edi. U notanish odamlar bilan oldi-
qochdi gaplar qilib, hazillashib yurish o'rniga
yaxshi kitob bilan uyda o'tirishni afzal ko'rardi.
- Elladan ibrat olsang bo'lmaydimi? - deyishar
edi onalar qizlariga. - Qaragin, u sira ham hech
qanday mushkul ahvolga tushmagan.
Onalari Ellani ibrat qilib ko'rsatsalar, bolalari,
aksincha, uni befarosat deb hisoblashar edi. Bir
kuni birga o'qiydigan sinfdoshi unga:
- Sening aybing nimaligini bilasanmi? Sen
haddan ortiq jiddiysan. Sen bilan o'lguday
zerikib ketadi odam, - degan edi.
Ella uning gapini diqqat bilan eshitgan va bu
haqida o'ylab ko'rishini aytgan edi.
Shundan buyon ko'p yillar o'tgan bo'lsa hamki,
uning Hatto soch turmagi ham o'zgarmagan edi
- asal rangidagi uzun va to'g'ri sochlarini yo
elkalariga tushirib yurardi, yoki bir tutam qilib
bog'lab qo'yardi. Lablariga biroz rang berishini
va qovoqlarini, qizining aytishicha,
ko'zlarining ko'kligini bo'rttirish o'rniga
yashiradigan qilib yashil qalam bilan biroz
bo'yashini hisobga olmaganda, pardozga ham
uncha qiziqmas edi.
Umuman olganda, Ella o'zida nimalardir
etishmasligini tusmol qilar edi. Goho o'z
gapida qattiq turadigan va beandisha bo'lib
ketishi mumkin edi (masalan, Janetning nikoh
borasidagi rejalariga munosabati- da), goho esa
juda passiv va yuvvosh edi (masalan, erining
xulqu atvoriga munosabatida). Go'yo ikkita
Ella borday edi: biri o'z atrofidagilarni qattiq
nazorat qilar edi, ikkinchisi ularga so'zsiz
bo'ysunar edi. Va afsuski! Ulardan qay biri
qachon amal qilishini aytib bera olmas edi.
Lekin bularning hammasini kuzatib yuradigan
va o'z vaqtu soatini kutayotgan uchinchi Ella
ham bor edi. Ayni mana shu Ella o'zining
butkul soqov holatida qolib ketgani, ammo
o'zining deyarli bo'g'ib tashlangan bu «men»i
ortida g'azab va isyon to'lqini ko'tarilayotgani
haqida gapirar edi. Agar ishlar shu zaylda
ketsa, ogohlantirar edi uchinchi Ella, u, albatta,
portlaydi. Va boshqa hech nima qilib
bo'lmaydigan bo'ladi.
Mayning so'nggi kunlari shular haqida
o'ylarkan, Ella qachonlardan buyon qilmay
qo'ygan ishini qildi. Duo o'qiy boshladi.
Xudodan o'zini butkul qamrab oladigan Ishq
nasib etishini yoki Ishqsizlikdan azob
chekmasligi uchun hamma narsaga befarq qilib
qo'yishini iltijo qilib so'radi.
-O'tinib so'rayman, qay birini ravo ko'rsang,
shunisini qil, faqat tezroq qil, - u biroz o'ylab
turdi-da, yana qo'shimcha qildi. - Balki men
allaqachon qirqqa to'lganimni unutgan bo'lsang
kerak. Va O'zing ko'rib turibsanki, men bu
ishni sira uddalay olmayapman.
Do'stlaringiz bilan baham: |