Ishqqa oid qirq qoida



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/67
Sana31.05.2021
Hajmi1,34 Mb.
#65685
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Bog'liq
Ishqqa oid qirq qoida

 

Shams 

1242 yil, mart, Samarqandga yaqin 

shaharchadagi karvonsaroy. 

Karvonsaroyning yuqori qavatida o'ndan ortiq 




charchagan yo'lovchilar uyquga g'arq bo'lib 

yotishipti. Men ter va mog'or isi kelib turgan 

o'rog'liq o'rin-ko'r- palarim turgan joyga etib 

borishim uchun allakimlarning qo'l yo 

oyoqlaridan sakrab o'tishimga to'g'ri keldi. 

Qorong'uda yotar ekanman, xayolimda kun 

bo'yi sodir bo'lgan hodisalarni baholar, ular 

orasida ilohiy ishora bo'lishi mumkin bo'lgan 

hech nimani shoshqaloqlik yoki jaholat tufayli 

o'tkazib yubormadimmikin, deya birma-bir 

ko'zdan kechirardim. 

Menga bolaligimdayoq turli hodisalar 

namoyon bo'lgan va men ovozlar ham eshitar 

edim. Men hamisha Xudo bilan gaplashardim 

va U ham meni javobsiz qoldirmas edi. Goho 

osongina yuqoriga, yettinchi osmonga 

ko'tarilardim. Gohida esa bahaybat emanlar va 

yer hidi kelib turgan joylar orasiga yashiringan 

qandaydir chuqur chohga qulab tushardim. 

Shunday vaqtlarda mening ishtaham yo'qolar 

va ko'p kunlar taom yemay yura olardim. Meni 

hech nima qo'rqita olmas edi va keyinchalik 




o'zim kurgan narsalarni boshqalarga xuda-

bexudaga aytavermaydigan bo'ldim. Odamlar 

odatda o'zlari tushunmaydigan narsalarga 

beparvo munosabatda bo'ladilar. Va men eng 

oldin ayni shuni esimda saqlab qoldim. 

Menga namoyon bo'lgan narsalarni noto'g'ri 

talqin etgan birinchi odam otam edilar. Men o'z 

himoyachi-farishtamni har kuni ko'ra 

boshlaganimda o'n bir yoshga to'lgan edim, 

lekin soddaligimdan hammada shunday bo'ladi, 

deb o'ylagan edim. Bir kuni otam meni 

kelgusida duradgor bo'lishimni istab, 

qarag'aydan sandiq yasashni 

o'rgatayotganlarida, men unga o'z himoyachi-

farishtam haqida aytgandim. 

- Sen xayolotga ko'p berilasan, o'g'lim, - degan 

edi u quruqqina qilib. - Bu xayollaringni 

hammaga aytaverma. Qo'ni-qo'shnilar e'tiborini 

o'zingga tortishning hech keragi yo'q. 

Gap shundaki, bir necha kun oldin 

qo'shnilarimiz mening ota-onamga o'zimni 

g'alati tutishimni, bu ularning bolalarini 




qo'rqitayotganini aytib, shikoyat qilishgan edi. 

- Men seni tushunmayman. Nima uchun o'z 

ota-onangga o'xshab yurishni istamaysan? - 

Hamma bolalar o'z ota-onalariga o'xshaydilar-

ku. Axar sening bizdan farqing yo'q. 

O'shanda men garchi ota-onamni yaxshi 

ko'rsam ham va ular meni yaxshi ko'rsalar ham, 

biz mutlaqo har xil ekanimizni tushungan 

edim. 

- Ota, boshqa bolalaringizdan farqli o'laroq 



men boshqa tuxumdan chiqqandekman. Men 

xuddi tovuq tuxum bosayotganda, tovuq 

tuxumlari orasiga solib qo'yilgan o'rdak 

tuxumidan chiqqan kabiman. Men bir 

tovuqxonada butun umrini o'tkazadigan uy 

qushi emasman. Siz suvdan qo'rqasiz, menga 

esa suv quvvat beradi. Sizdan farqim shuki, 

men suzishni bilaman va suzaman ham. 

Ummon - mening uyim. Agar men bilan bo'la 

olsangiz, birga suzaylik. Aks holda menga 

xalal bermang va tovuqxonangizda qolavering. 

Otamning ko'zlari hayratdan katta-katta ochildi 




keyin mendan chetlashayotganday ko'zlarini 

qisdi. 


- Sen hozir o'z otang bilan shunday 

gaplashsang, - dedi u g'amgin ohangda, - katta 

bo'lganingda, dushmanlaring bilan qanday 

gaplashasan? 

Katta bo'lgan sarim, turli hodisalar ko'z 

o'ngimda namoyon bo'lishdan to'xtamas va bu 

ota-onam dillarini vayron qilar edi. Aksincha, 

ular ko'payib borar, ta'sir kuchlari ortib borar 

edi. Men ota-onam qayg'uga botayotganini 

tushunar, o'zimni aybdor his etar, ammo 

ko'rayotganlarimni qanday to'xtatishni bilmas 

edim. Bilgan taqdirimda ham, balki to'xtatmas 

edim. Shundan keyin uydan butunlay ketdim. 

Shundan buyon «Shams» so'zi mening 

tilimdagi eng shirin, eng yoqimli, eng aziz 

so'zga aylandi. Bolaligimdan xotira bo'lib faqat 

uchta hid qoldi: kesilgan daraxt hidi, ko'knor 

urug'i surtib yopilgan nonning hidi va yerdagi 

yurganda g'irchillaydigan yupqa qor hidi. 

Shundan buyon men darbadar kezuvchi 




darvishman, hech erda bir kundan ortiq 

tunamayman, hech qachon bir idishdan ikki 

marta ovqat emayman va har kuni atrofimda 

har xil odamlarning yuzlarini ko'raman. Och 

qolmaslik uchun, odamlarning tushlari ta'birini 

aytib, uch-to'rt tanga pul topaman. Shu alfozda 

men Sharqu G'arbni kezib Xudoni izlab 

yuraman. Men yashashga arzirli hayotni 

izlayman va bilishga arzirli ilmni izlayman. Va 

hech yerda qo'nim topa olmayman, 

daydiganim-daydigan. 

Sayohatlarim mobaynida ko'p yo'llarni bosib 

o'tdim, barchaga ma'lum savdo-sotiq 

yo'llaridan tortib, to ko'p kunlar odam oyoq 

bosmaydigan yerlarga qadar- Qora dengiz 

bo'ylaridan tortib Eronga qadar, Osiyoning 

bepoyon cho'llaridan tortib Arabiston qum 

uyumlariga qadar. Men qalin o'rmonlarni, yam-

yashil yaylovlarni va bo'z yerlarni kezdim; 

karvonsaroylarda va mehmonxonalarda 

bo'ldim; eski kutubxonalarda olimlar bilan 

suhbatlashdim; maktablarda yosh bolalarni 




o'qitayotgan ustozlarga quloq soldim; 

madrasalardagi talabalar bilan tafsir xususida 

olib borilayotgan bahslarda qatnashdim; 

ibodatxonalarni, monastirlarni va muqaddas 

joylarni ziyorat qildim; g'orda yashayotgan 

tarkidunyochilar bilan birga ularning g'orlarida 

muroqabalar qildim; darvishlar bilan birga zikr 

tushdim; donishmandlar bilan birga ro'za 

tutdim va bid'at ahli bilan tanovul qildim; oy 

to'lgan kunda shomonlar bilan raqs tushdim. 

Men barcha din, barcha yosh va barcha kasb 

kishilari bilan birga bo'ldim; baxtsizliklar va 

mo'jizalarni kuzatdim. 

Men qashshoq qishloqlarni, yondirilgan, qop-

qora ekinzorlarni, talon-toroj etilgan, qon daryo 

bo'lib oqqan va bironta tirik erkak yoki o'n 

yoshdan katta bola qolmagan shaharlarni 

ko'rdim. Men eng yaxshini ham, eng yomonni 

ham ko'rdim. Va endi meni hech nima hayron 

qila olmaydi. 

Shu sinovlarning barchasidan o'tgach, men 

hech qaysi kitobda yozilmagan narsa haqida 




yozishga jazm etdim, zero bu narsa mening 

qalbimda tug'ildi. 

Bu men «Darbadar kezgan musulmon-

sufiylarning asosiy g'oyalari» deb atagan 

g'oyalar ro'yxati edi. Men uchun ular xuddi 

tabiat qonunlari kabi hamma jabhalarga 

taalluqli, ishonchli va o'zgarmas g'oyalar edi. 

Bular «Ishqqa oid 40 qoida» bo'lib, ular faqat 

ishq orqali hayotga qo'llanishi mumkin edi. 

Qoidalardan birida shunday deyiladi: «Haqqa 

olib boruvchi yo'lni topish boshning emas, 

yurakning ishi. Yurak senga yo'lboshchi 

bo'lishi kerak! Bosh emas. Nafsni yurak 

yordamidagina yengish mumkin. Shunda o'z 

Haqiqiy «Men»ingni topasan va natijada 

Xudoni topasan». 

Bu qoidalarni aniqlash uchun menga ko'p yillar 

kerak bo'lgan edi. Shu ishni yakunlagach, o'z 

hayotimning yakuniy bosqichiga yetganimni 

angladim. Lekin o’lish meni xafa qilmayotgan 

edi, chunki o'lim hamma narsaning yakuni 

emasligini bilar edim - men o'zimdan meros 




qoldira olmayotganimdan xafa edim. 

Yuragimda aytilishi kerak bo'lgan juda ko'p 

narsa to'planib yotar edi. Men o'z ilmim va 

g'oyalarimni ustoz bilan emas, shogird bilan 

ham emas, boshqa bir inson bilan bo'lishishni 

istar edim. O'zimga teng keladigan insonni - 

suhbatdoshni izlardim. 

- Yo, Tangrim, - shivirlar edim men qop-

qorong'u zax xonada yotar ekanman, - butun 

umr dunyo kezib Sening yo'lingda yurdim. 

Men har qanday insonni xuddi ochiq kitob, 

jonli Qur'on kabi kabi o'qiydigan bo'ldim. Men 

boshqa ko'plab ilm ahllari kabi fil suyaklari 

ustiga qurilgan qal'alarda yashamadim, o'z 

vaqtimni boshqalar bilan - jamiyatdan 

chetlashtirilgan, qochqindagi va quvg'indagilar 

bilan o'tkazishni afzal deb bildim. Endi esa 

bardoshim tugadi. Sening hikmatlaringni to'g'ri 

yo'ldagi insonga uzatmog'im uchun menga 

yordam ber. Shundan keyin O'zing meni nima 

qilsang qil. 

Shu payt xona xuddi kunduzgiday yorishib 




ketdi. Havo xuddi xonaning barcha oynalar 

keng ochib qo'yilganday toza havoga to'ldi, 

shamol esib uzoqlardagi bog'lardan lola va 

yasmin gullarining iforini ufurdi. 

- Bag'dodga bor, - himoyachi-farishtamning 

ovozi eshitildi menga. 

- Bag'dodda nima bo'ladi? - so'radim men. 

- Sen suhbatdosh so'rab iltijo qilding, 

suhbatdoshni topasan. Bag'dodda ustozni 

uchratasan va u senga qayoqqa borishing 

kerakligini aytadi. 

Mening ko'zlarimdan minnatdorlik yoshlari 

oqdi. Men endi ayonlikda ko'ringan inson o'z 

suhbatdoshim, ruhiy birodarim ekanini bilib 

olgan edim. Biz ertami yo kech uchrashishimiz 

taqdir qilingan edi. Endi men bu insonning och 

qo'ng'irrang mehrli ko'zlari nima uchun 

hamisha g'amga to'liqligi sababini bila olaman 

va nima uchun meni bahor tunida o'ldirishlari 

sababini bila olaman. 

 

 



Ella 


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish