Ishqqa oid qirq qoida



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/67
Sana11.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#341072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Ishqqa oid qirq qoida

Qadrli ser /madam! 

Sizga Amsterdamdan salom yo'llayman. Men 

Sizga yuborayotgan tarixiy voqea Kichik 

Osiyodagi Konya shahrida sodir bo'lgan. Lekin 

shaxsan men uning hozir uchun ham, barcha 

mamlakatlar, madaniyatlar va asrlar uchun 

ham dolzarb ekaniga ishonaman. 

Umid qilamanki, o’z davrining juda buyuk 

shoiri va islom ruhiyatining yo'lboshchisi 

sifatida hurmatga sazovor bo'lgan Rumiyni 


butun hayoti turli janjallar va mojarolar bilan 

to'la tabrizlik darvish Shams bilan bog'lagan 

hayratlanarli rishtalar haqidagi bu tarixiy va 

mistik roman, «Shirin shakkoklik»ni o'qib 

chiqishga vaqtingiz topiladi. 

Hamisha muhabbat Sizga yor bo'lsin va Sizni 

hamisha muhabbat qurshab tursin. 

A.Z. Zaxara 

 

Ella aynan mana shu satrlar adabiyot 



agentligini qiziqtirib qo'yganini angladi. Lekin 

havaskor yozuvchining qo'lyozmasini o'qishga 

Stivning vaqti yo'q edi, shuning uchun uni o’z 

o'rinbosari Mishelga bergan, Mishel esa o'z 

navbatida uni yangi assistent (Ella)ga bergan 

edi. «Shirin shakkoklik» shu zaylda Ellaning 

qo'liga kelib tushgan edi. 

Ella u vaqtda bu kitob uning nafaqat birinchi 

ishi bo'lishini, balki o'zining butun hayotini 

ag'dar-to'ntar qilib yuborishini xayoliga ham 

keltirmagan edi. Zaxaraning qo'lyozmasi uning 

taqdirini o'zgartirib yuborishini tasavvur 




etmagan edi. 

Ella birinchi betni ochdi. Muallif haqidagi 

ma'lumotnomani o'qidi: 

«A.Z. Zaxara olam bo'ylab sayohatga 

chiqmagan vaqtlarida Amsterdamda o'z 

kitoblari, mushuklari va toshbaqalari 

qurshovida yashaydi». «Shirin shakkoklik» 

- Zaxaraning birinchi romani va bu oxirgisi 

bo'lishi ham mumkin. Zotan uning yozuvchi 

kasbini egallash niyati yo'q va bu kitob uning 

buyuk faylasuf, mutasavvif va shoir Rumiy va 

uning quyoshi (Bunda «Shams» ismining 

lug'aviy ma'nosi «quyosh» ekaniga ham, 

Shams Tabriziyning Rumiy hayotida o'ynagan 

roliga ham ishora jo bo'lgan) Shams Tabriziyga 

bo'lgan favquloddagi maftunligi va muhabbati 

hosilasidir. 

Ellaning ko'zi quyiroqda turgan, unga 

hayratomuz darajada juda tanish tuyulgan 

quyidagi satrlarga tushdi: «Ba'zilarning fikrlari 

aksi o'laroq, sevgi (ishq) faqat kutilmaganda 

keladigan va tez ketadigan shirin tuyg'ugina 




emas». 

O’qigan narsasi shu bugun ertalab nonushta 

vaqtida o'zining katta qiziga aytgan gapiga 

shunchalar zid ediki, Ellaning hayratdan og'zi 

ochilib qoldi. U bir zum qotib qoldi, keyin 

g'alati mistik tuyg'udan seskanib ketdi: 

qandaydir bir kuch yoki o'zi bog'lanib qolgan 

bu muallif, u kim bo'lsa hamki, nazarida uni 

kuzatayotganday edi. Balki kitobni u birinchi 

bo'lib kim o'qishini oldindan bilib yozganday 

edi. Romanni yozganida uni ko'zda tutganday 

edi. Allaqanday tushunarsiz sababga ko'ra 

Ellani bezovtalik va hayajon qamrab oldi. 

«Juda ko'p ko'rsatkichlarga ko'ra, yigirma 

birinchi asr o'n uchinchi asrdan uncha katta 

farq qilmaydi. Har ikkisining ham tarixiga 

dinlararo misli ko'rilmagan nifoqlar, 

madaniyatlararo tushunmovchiliklar

himoyalanmaganlik va narigi dunyodan 

qo'rquv hislari birday xosdir. Bunday vaqtlarda 

ishq tuyg'usi odamlarga har qachongidan 

ko'proq kerak». 




Birdan salqin va kuchli shamol turib, eshik 

oldiga daraxtlarning to'kilgan yaproqlarini 

sochdi. Quyosh gorizont ortiga o'tgan va 

tevarak-atrof zerikarli va g'amnok bo'lib qoldi. 

«Ishq hayotning mohiyati va maqsadidir. 

Rumiy bizga eslatganiday, u hammani, hatto 

undan o'zini saqlovchilarni ham, «romantik» 

so'ziga salbiy ma'no beruv- chilarni ham zabt 

etadi». 

Ella bu satrlarni o'qir ekan: «Ertami yoki 

kechmi ishq hammani, hatto Nortgemptondagi 

Ella Rubinshteyn nomli o'rta yashar uy 

bekasini ham zabt etadi» deya o'qiganday 

bo'ldi. 


Uning ichki tuyg'usi qo'lyozmani o'qishdan 

to'xtashga, Mishelga qo'ng'iroq qilib, bu roman 

haqida yozmasligi- ni aytishga undar edi. 

Buning o'rniga Ella og'ir xo'rsinib qo'ydi, 

keyingi sahifani ochdi va o'qiy boshladi. 

 

 



 


 


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish