Stendda sinash. Tormoz xususiyatlarining nazorati ko‘proq stend sinovlari uslubi
bilan olib boriladi, chunki yo‘l sinovlarining ish hajmlari ko‘proq va katta sathdagi
maydonlarni talab etadi.
Ishchi, zaxira va bekat (to‘xtagandagi) tormoz tizimlari, tormozlanish
samaradorligi parametrlari bo‘yicha stend sharoitida tekshirilganda, solishtirma tormoz
kuchining umumiy qiymati aniqlanadi. Pnevmatik yuritmali ishchi tormoz tizimi
tormozlanish samaradorligi parametrlari bo‘yicha tekshirilganda tormoz tizimining
ishlab ketish vaqti yoki tormoz yuritmasining ishlab ketish vaqti aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |