4.1 Ishonchililikning asosiy atama va tariflari
Buyum deganda element, tizim yoki ularning qismlari tushuniladi. Barcha turdagi
avtomobillar va ularning agregat, uzel, detallari ham buyumdir.
Buyumning ekspluatatsiyasi deganda esa, uning ishi davomidagi hamma fazalari
majmuyi, shu jumladan uni eltish (tashish) va saqlash muddati, vazifasi bo‘yicha
ishga tayyorlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash va h.k.lar tushuniladi.
Tiklash
-
ishlash qobiliyatini yo‘qotgan Ob’ektni ishlash qobiliyatiga o‘tkazish
jarayoni.
Xizmat ko‘rsatiladigan Ob’ekt – me’yoriy-texnik hujjatlarda texnik xizmat
ko‘rsatish belgilangan Ob’ekt.
Tiklanadigan Ob’ekt – ko‘rilayotgan holat uchun me’yoriy-texnik hujjatlarda
ishlash qobiliyatini tiklash belgilangan Ob’ekt.
Ta’mirlanadigan Ob’ekt – ta’mirlash me’yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan va
muhim bo‘lgan Ob’ekt.
Do'stlaringiz bilan baham: |